топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqand:

Sohibqiron Amir Temur xotirasi yodga olindi

2018 yil 9 aprel kuni Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Samarqand shahridagi barcha tashkilot, korxona, muassasalar qatori Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati hamda 50 nafar talabalaridan iborat

Muxammed al-Xorezmiy atındaģı TİTU Nókis filialımız direkciyasın ha'm student jaslarımız Samarqand qalasına ziyarat sho’lkemlestirildi

Илм-фан
20.03.2018 Muxammed al-Xorezmiy atındaģı Tashkent informatciyalıq texnologiyaları universiteti Nókis filialımız direkciyasın ha'm student jaslarımızdı musılman xalqının' jan'alanıw bayramı bolg'an Nawrız bayramı menen shın kewlimizden qutlıqlaymız.

Hayratlar beshigi...

Илм-фан
Muqaddas shonli tariximiz, asriy an’analarimiz aks etgan me’moriy obidalar qad kо‘targan kо‘hna Samarqand bugun butun dunyo tamaddunini hayratga solayotgan madaniyat о‘choqlaridan biri hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “О‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “О‘zbekiston bо‘ylab sayohat qil!” Dasturi ishga tushirildi.


Buyuk zotga buyuk ehtirom

Mustaqilligimiz asoschisi, ulkan davlat arbobi va siyosatchi, jasorat sohibi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi Samarqandda ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
20180130_075233
20180130_075500

Erta tongdan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov, institutning professor-o‘qituvchilari va

Самарқанд шарқ гавҳари

Фалсафий мунозара тугараги 18 октябр Қадимий ва ҳамиша навқирон Самарқанд шаҳар кунига бағишланган тадбири булиб ўтди. Тадбирга Профессор Р.Т.Шодиев, институт Хотин-қизлар кенгаши раиси доцент М.А.Хандамова, Илмий булим бошлиғи Б.Туробов, Ижтимоий фанлар кафедраси мудири ф.ф.н.Д.Т.Амридинова ва Фалсафий мунозара тугараги аъзолари иштирок этди.

Samarqand – madaniyatlar chorrahasi

Sharq me’morchiligi durdonalari, Samarqandning muhtasham gumbazlari sayyohlar tasavvurini lol etib kelmoqda. Yaponiyaning “The Sekai Nippo” gazetasida jurnalist Mikixiko Koshio mazkur tarixiy shaharning bir qator o‘ziga xos arxitektura yodgorliklari haqida hikoya qiladi.

Mening go'zal Samarqandim

Mening go’zal Samarqandim.
Samarqand —  yer  yuzining  sayqali.  unda  o’tmishdan  qolgan tarixiy  obidalar,  tarixiy  maqbaralar  va  muzeylar  bor.  Samarqandda dunyoga mashhur ulamolar,  mutafakkirlar,  olimlar  tavvalud topgan.  Samarqandning 

Sharq taronalari ”XI- Xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan seminar

2017- yil 24-mart kuni SamDCHTI faollar zalida “Sharq taronalari ”XI- Xalqaro musiqa festivaliga bag’ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda SamDCHTIning barcha fakultetlaridan festival uchun tarjimon sifatida jalb qilingan o’qituvchilar va talabalar qatnashishdi.
IMG_4055
IMG_4051
IMG_4054
Seminarda  SamISI professori M.

Navro’z – tinchlik, birodarlik va qardoshlik bayrami

2017 yil 19 mart kuni Samarqand shahridagi mustaqillik maydonida Navro’z umumxalq bayrami tantanalari keng nishonlandi.
Bayram tantanalariga Samarqand shahridagi ko’pgina korxona, tashkilot, oliy ta’lim muassasalari qatori Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham o’ziga xos tayyorgarlik bilan ishtirok etdi.
13

Dasturlash bo‘yicha olimpiada

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali
Илм-фан
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

2016 yil 16 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag’ishlab  “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” nomli madaniy tadbir tashkil etildi.
IMG_0947
IMG_0949
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, buyuk o’zbek

Meninng bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
        Meninng bobom, buvim – mahallamiz faxri
                                   Reja:
           1.Qarisi bor uyning parisi bor.
           2.Bobom va buvimning mahalladagi o’rni.
           3.Mahallamizdagi faxriylar.
           4.Keksalar el ardog’ida.
           Dono xalqimiz qadim-qadimdan nuroniy otaxonlar-u onaxonlarni, keksa bobo-buvilarni ardoqlab, e’zozlab kelgan.Zero ulug’larga yordam berish,hojatini chiqarib, duosini olish-bizning qon-qonimizga, jon-jonimizga singib ketgan ezgu bir qadriyat.Qaysiki oilada bobo-buvilar bor ekan, u xonadonda qut-baraka, fayz, osoyishtalik bo’ladi.

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri
                                      Reja:
1.     Qariyalar-tajribali kishilar.
2.     Bobom va buvimning mahalladagi o’rni.
3.     Qariyalar yurt tayanchi.
 
Keksalarga hurmat,ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan.
    (I.A.Karimov.)
Qariyalar-yoshi ulug’, tajribali, ko’pni ko’rgan, beg’ubor insonlardir. Ularning tajriba va bilimlari yurt ravnaqi uchun xizmat qiladi. Qariyalar o’z umri davomida boshidan kechirgan yaxshi va yomon kunlarini yoshlarga so’zlab berib, ularni to’g’ri yo’lga boshlaydilar. Vatanga muhabbat hissini uyg’otib, har kuni ezgu ishlar qilishga undaydilar. Ana shunday Vatanparvar, namunali insonlardan biri mening bobom va buvimlardir.
    Bobom, Imomov Abduhamid, 18 yoshligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo’lganlar. O’z Vatani, xalqi uchun jang qilib, oyog’idan yarador bo’lganlar. Shunga qaramay bobom dushmanlarni yer tishlatib, qahramon bo’lib qaytganlar. Bobom juda kamtar inson bo’lganliklari sababli ko’cha-ko’yda, choyxonalarda,do’stlar davrasida sira ko’krak kermas,maqtanmas edilar. Mening bobom ana shunday  inson edilar. To’g’ri, bobom olamdan o’tganlar, biroq men ularni qalban his etaman. Dasturxon atrofida ham, yaxshi-yomon kunlarimda ham doimo bobomni yodga olaman.
Buvim… Buvimlarga qancha ta’rif bersam ham kam. Ular o’n bir farzandni dunyoga keltirib, ularga yaxshi tarbiya berib,oq yuvib, oq tarab, mehrini bolalariga bo’lib-bo’lib emas, butunlay berganlar. Vataniga foydasi tegadigan inson qilib yetishtirgan ayoldirlar. Buvimlar urush vaqtida front ortida mehnat qilganlar, o’z oilasidan tashqari, boshqa oilalarga ham yordam qo’lini cho’zganlar. Qo’ni-qo’shnilarga, qiynalib qolgan oilalarga tayanch bo’lib, to’g’ri maslahat berganlar. O’z nabiralariga juda bog’lanib qolgan edilar. Ayniqsa, meni juda yaxshi ko’rar edilar. Albatta, men ham ularni sevaman. Ularning menga yoshligimda so’zlab bergan hikoya, ertak va rivoyatlari juda yoqardi. Lekin barcha rivoyatlardan bittasini hech qachon yodimdan chiqara olmasam kerak. Ana shu rivoyatni sizga so’zlab bersam: Bir mamlakatning podshosi keksalarni “keraksiz yuk” deb hisoblar ekan. Shuning uchun mehnatga yaramay qolgan qariyalarni yurtidan badarg’a qilar ekan. Ammo bir yigit sirli ravishda o’z otasini uyida olib qolgan ekan. Podsho yurtida “keraksiz yuk”lar qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun tekshirish haqida farmon beribdi. Shunda bechora yigitning do’sti unga maslahat beribdi: “Do’stim, shohning qo’liga tushib,o’lim jazosiga hukm qilinmasligingdan, otangni tog’ning narigi tomonidagi kulbaga olib borib qo’y. U yerda bir oyga yetarli yemak qoldir. Qolganiga peshonangdagini ko’rasan”,-debdi. Yigit do’stining gapiga kirib, otasini ko’tarib yo’lga tushibdi. Tog’ning yarmiga yetgach, toliqibdi. Otasini katta toshga o’tqazib, o’zi ham dam olishga o’tiribdi. Shunda otasi unga qarab mayin jilmayibdi. Yigit hayron bo’lib: “Otajon, men sizni tog’ning narigi chekkasidagi kulbada qarovsiz qoldirib ketmoqchiman-u, siz esa jilmayyapsiz. Nechun?”-deb  so’rabdi. Otasi unga: “Men ham yoshligimda otamni zolim podshoning otasidan yashirincha olib qolganman. Vaqti kelgach, tog’ning narigi chekkasidagi o’sha kulbaga tashlab ketganman. Yo’lda toliqib, otamni men ayni damda o’tirgan toshga o’tqazib, o’zim sen o’tirgan joyga o’tirganman. Qaytar dunyo deganlari rost ekan,”-deb javob beribdi. Otasining gapi o’g’liga qattiq ta’sir qilibdi. U otasini uyiga olib ketibdi.
    Zolim podshoni taxtdan ag’darish yo’lini izlab topib, mamlakatda tinchlik o’rnatibdi.
    Bu rivoyatni eshitib bo’lgach, buvimga hech qachon ota-onamni, oilamni tashlab qo’ymayman, deb va’da berganman.
    Shunday qilib,bobom va buvimlarning nafaqat bizning oilamizda, balki butun mahallamizda o’rinlari beqiyos edi. Kimningdir boshiga tashvish tushganda ham, to’y-ma’rakalarni o’tkazishda ham qo’ni-qo’shnilarimiz bobom va buvimlardan maslahat olishar edilar. Ular hashar ishlariga, jiddiy maslahatli ishlarga doim bosh-qosh bo’lishar, yomon yo’llarga: talonchilik, o’g’rilik, ichkilikbozlikka kirib borayotganlarni fikridan qaytarishga harakat qilardilar. Bir so’z bilan aytganda bobom va buvim- mahallamiz ko’rki va faxri edilar.
    Ularning vafotidan so’ng ham mahalladoshlarimiz bobom bilan buvimlarni juda ko’p yodga olishadi. Ularning “Mahallamiz faxriylari” burchagidagi suratlarini ko’rgan insonlar: “Esiz, juda yaxshi odamlar edi. Bunday insonlar kamdan kam topiladi”,-deb qo’yishadi. Darhaqiqat, ular tufayli biz mana shunday darajaga yetishib, jamiyatimizda, mahallamizda o’z o’rnimizga egamiz.
     Mustaqillik yillarida Yurtboshimiz bobom va buvimga o’xshagan ko’plab nuroniy otaxon va onaxonlarga katta e’tibor qaratdilar. Ular uchun bepul dam olish oromgohlari, turli yo’nalishdagi sixatgohlar tashkil etildi. Har yili 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan nuroniylar va mehnat faxriylarimizga ko’plab qimmatbaho sovg’alar topshiriladi. Ayniqsa, 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinishi bunga yorqin isbot bo’la oladi. Bu keksalarga bo’lgan hurmat — e’tiborning kuchayganidan dalolatdir.
    Yosh avlodning komil inson bo’lib yetishishida qariyalarimizning o’rni beqiyos. Axir aytishadi-ku: “Qarisi bor uyning-parisi bor”deb. Ular bor yerda qut-baraka, mehr-oqibat, baxt-saodat bor. Keksalar yurtning eng katta tayanchidir.
    Men inshomni Muhammad Yusufning ajoyib she’riy parchasi bilan yakunlamoqchiman:
    Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
    Ajin tushsin, yuzlariga dog’ tushsin.
    Har kimning ham quvvat ketib belidan,
    Qo’llariga bir aso-tayoq tushsin.
 
Samarqand viloyat Narpay tuman
57-umumta’lim maktab 8-“Á” sinf o’quvchisi
Imomova Zulayho 
+998933512989 
+998943751304

Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri
                                                                 Reja;
1.    Keksalari qadr topgan yurt.
2.    Bobom va buvim-mening iftixorim.
3.    Barkamol avlod-yurt tayanchi.
                                                   
                                                     
                                                  Assalomdan boshlab so’zingiz,
                                           Yuzlariga bosib yuzingiz.
                                            Poyiga nur bo’lsin ko’zingiz,
                                            Har bir tongni savobdan boshlang,
                                            Keksalarni e’zozlab yashang.
    O’zbekiston –keksalari qadr topgan  yurt.Agar o’tmishga nazar soladigan bo’lsak, o’sha davrlarda ham keksalar ardoqda  bo’lish-
gan.Hozir ham shu an’ana davom etmoqda. Agar shu nuroniy
otaxon-u onaxonlarimiz bo’lmaganda edi biz o’tmishimiz haqida
tasavvurga ega bo’lmas edik. Prezidentimiz ta’kidlaganidek; ,,Ta-
rixiy xotirasiz –kelajak yo’q’’.Ota –bobolarimiz biz uchun, mana
shu yurt uchun suv kechgan, loy kechgan. Ular vatanlari uchun
jonlaridan kechishga ham tayyor turishgan.Bizga mana shunday
ozod va obod, erkin va farovon hayot qurib berganlar ham keksa-
lar bo’lishadi. Ular duoga qo’l ochib shu yurt tinchligini, farzand-
lari kamolini,yomonlarning esa jazosini berishni so’rashadi.Biz
erta tongda turgunimizcha uyimizni fayz-u barakaga to’ldirib tur-
gan bobojon, momojonlarimiz allaqachon turib,uyimizni charog’on
nur ila yoritib turgan bo’ladi.Bu ziyo nuridan odamlar ya’ni biz
bolalar, ularning shirindan-shakar nabiralari ma’naviy ozuqa ola-
miz.Ota –bobolarimiz tarixda kim uchun jon fido qilishgan. Kim uchun bunchalik jonkuyar bo’lishgan.Axir, o’z jonlarini o’ylab
dushman tarafga o’tib, xavf-xatardan forig’ bo’lganda bo’lar edi-
ku. Lekin bunday qilmadi. Aksincha, o’z nabiralari, oilasini o’y-
lab janga yeng shimarib kirdi.G’alaba qilishlariga astoydil ishon-
di.Tarixda ko’plab bobokalonlarimizni ,,xalq dushmani’’ sifatida
qatl qilishgan.Ularning bir aybi –bizga ilm o’rgatganida, savodli
qilganida edi. Zero, yurtboshimiz ta’kidlaganidek; ,,Har qaysi xalq
milliy qadriyatlarini o’z maqsad- muddaolari, shu bilan birga,
umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’-
naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tari-
xiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni ,tarixiy xotira
tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zi-
ning muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina china-
kam tarix bo’ladi’’.SHu tamoyilga asosan, bizning ozod va obod
vatanimiz uchun jon fido qilgan keksa bobolarimiz xotirasini aba-
diylashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
1999-yil 12-maydagi farmoyishiga binoan ,yurtimizda 9-may
,,Xotira va qadrlash kuni’’ sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
SHu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining  ,,Vatan va xalq ozodligi yo’lida qurbon bo’lgan fidoyilar
xotirasini abadiylashtirish to’g’risida’’gi qarori e’lon qilindi.
Endilikda o’tgan ajdodlarimizni xotirlash va mo’tabar zamondosh-
larimiz hurmatini joyiga qo’yishda ,,Xotira va qadrlash kuni’’ning
nishonlanishi katta ahamiyat kasb etmoqda.SHu jumladan,Prezi-
dentimizning qariyalarga ko’rsatgan fidokorona ishlari, jasoratiga
javob sifatida 2015-yilni tantanali ravishda ,,Keksalarni e’zozlash
yili’’deb e’lon qildi. SHu yil munosabati bilan joylarda keksalarni
sharaflovchi,ularga tashakkur bildiruvchi tadbirlar bo’lib o’tmoqda.
Keksalarga berilayotgan e’tibor biz yoshlarni ham bobo-buvilarimizga bo’lgan hurmat va mehrimizni tobora ortib borishiga
Sabab bo’lmoqda.Bobo-buvilarimizga davlat tomonidan bir yilda
bir marta biror sihatgohda bepul dam olish imkoniyati yaratib
berildi. Bundan tashqari bepul tibbiy xizmat ko’rsatish ularga
urushda jasorat ko’rsatganliklari uchun rag’batlantirish ham bu-
ning yaqqol timsolidir.Mana urush tugaganiga ham 70 yil bo’ldi.
 
Medali topshirildi. Bu ham keksalarga yanada g’ayratiga g’ayrat,
Shijoatiga shijoat qo’shmoqda.Ular davlat tomonidan berilayotgan
Bunday imtiyoz, rag’batlantirishlar uchun Prezidentimizga mingdan
ming tashakkurlar bildirishmoqda.Masalan,bizning maktabimizda
ham ,,Keksalari qadr topgan yurt’’ mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
SHu munosabat bilan hammamiz keksalarni sharaflovchi, ularni
Borligiga shukr qiluvchi sh’er va qo’shiqlar bilan hammani xur-
sand qildik.Bizning mahallamizda ham shunday otaxonlardan talay-
gina. SHulardan biri Damin bobo  bo’ladilar.Ular ham urushda ja-
sorat ko’rsatganligi sababli barcha yoshi ulug’ keksalar qatori
davlat tomonidan rag’batlantirildi.
        Men bobom va buvimni yaxshi ko’raman. Bobom haqida
    Gapiradigan bo’lsam, ular nabiralariga juda ham mehribon
Mahallada hamma uni hurmat qilishadi.Bobom biznikiga kelganida uyimiz nurga to’lgandek bo’ladi.Bobom ,,haj’’safariga  borganligi sababli    Hoji bobo deb chaqirishadi.SHu jumladan men ham.ular bizga juda ko’p pand-nasihat qiladilar.Biz ham ularning gaplariga quloq solamiz.Onam biron ish qilmoqchi bo’lsalar darrov bobomdan maslahat so’raydilar’Bobom ham o’z fikrlarini bildiradilar.Agar bu fikr bobomga yoqsa onam o’sha ishni qilishga kirishadilar.Bobom bizning suyangan tog’imiz.Odam qarigandan so’ng qaysar bo’lib qoladi deyishadi.Bu gap mening bobomga juda mos keladi.Ular hech kimning gapiga quloq solmaydilar.Kim nima deyishidan qat’I nazar o’zlariga foydali ishni qiladilar. Bolalari ularga juda ko’p aytganlar; ,,O’zingizni urintirmang, endi oyoq uzatib yotsangiz ham bo’ladi’’-deb. Ammo hali aytganimdek,bobom juda qaysar. Aytganidan qolmaydi. Oppoq soqoli ko’ksiga tushgan bo’lsa ham, yurib turmasa bo’lmaydi. Bobom juda saxiy insonlar. Ular doim; ,,Yaxshi o’qi, odam bo’lasan’’-deb uqtirganlar.Buvim esa juda mehribon.Oddiy uy bekasi bo’lsalar ham juda tarbiyali, oqila, orasta, farishta ayollar.       Men buvimni yaxshi ko’raman. Ular doim menga onangga yordam ber, deb pand-nasihat qiladilar.Mahallada hamma ularni hurmat qiladi.Sochlari oppoq, ishni ko’zini biladigan ayollar. Onamga ham ular tarbiya berganlar. Onam oiladagi qizlar ichida eng kattasi bo’lganligi uchun ularga dastyor bo’lgan ekan. Men ham onamga o’xshab dastyor bo’lishga harakat qilaman. Buvim farzandlarini urintirmaslik uchun, ishdan qoldirmaslik uchun ularga ish buyurmaydilar. Mashinalari bo’lsa ham piyoda yuradilar. Ko’pchilik ularga; ,,Sizga nima zarur piyoda yurib, tayyor mashina turganda’’-deydi. Lekin buvim piyoda yurishni afzal lo’radilar.Ancha keksayib qolgan bo’lsalar ham, bobom turgunlaricha choy damlab, ishlarni qilib qo’yadi. Biz ham keksayib ulardek bo’lib qolami. Keksalik har kimning boshida bor. Men ham keksayganimda ularga o’xshashga harakat qilaman. Ular mening iftihorim. Xoh yaxshi bo’lsin, xoh yomon bo’lsin ular mening bobom va buvim bo’lishadi. Ular menga pand-nasihat ziyosini ulashuvchi mehr-oqibat manbayidir.
       Keksaalarga ko’rsatilayotgan bunday e’tibor hech kimni befarq qoldirmaydi. Albatta, kelajakda biz ham ularga o’shagan dono, hurfikr,hamjihat, totuv, vaqti kelsa bir mayizni qirq bo’lib yeydigan bo’-lishimiz kerak. Prezidentimizning yoshlarga berayotgan imkoniyatlari keksalarnikidan ko’p bo’lsa ko’p-ki,kamemas. Ko’plab litsey, kollej, institutlar foydalanishga topshirilmoqda. Turli xil sport maktablari, musiqa va san’at maktabida iste’dodli yoshlar tahsil olib, shu vatanning
 koriga yarash uchun harakat qilmoqda. Sport bo’yicha esa ,,Umid nihollari’’kabi yoshlarni yanada shijoatli bo’lishga undaydi… Bugungi kunda mamlakatimizda turi sohalarda amalgam oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, yurtdoshlarimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport bo’yicha erishayotgan ulkan yutuqlari ham jahon jamoatchlilgi tomonidan e’tirof etilmoqda o’ylab ko’rganmisiz, dunyo avvalo kimni tan oladi. Bu savolga   Prezdentimiz quydagicha javob beradi; ,,O’z mehnati, aql zakovati va salohiyati bilan o’zini o’zi boqadigan, o’zini  himoya qilishga  kelajagini o’z qo’li bilan qurishga qodir bo’lgan xalqni jahon ahli e’tirof etadi’’. Bularning barchasi katta bunyodkorlik maqsadlari bilan yashaydigan  xalqni dunyo ahli tan oladi. Biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab o’z oldimizga qanday maqsad va vazifalar qo’yganimiz va bugungi kunda  shu yo’lda mamlakatimizda qanday ulkan ishlar qilayotgani haqida bilamiz. Prezdentimiz Islom Karimovning tashabbusi bikan yurtimizda har bir inson tom ma’noda erkin va farovon yashaydigan yangi davlat, yangi jamiyat qurishga  haqli ekanini ta’kidlaydi;,, Ozod va obod, erkin va farovon hayot qurish pirovard maqsadimizdir’’.  Bu muqaddas vatanda azizdir inson. Men hozirda 8-sinfda o’qiyman.Mening kelajakdan orzularim ko’p. Men oliy ma’lumotli pedagog bo’lmoqchiman. Buning uchun menga bobom va buvimning  pand nasihatlari yordam beradi.
       Har bir tongni savobdan boshlang ,
       Keksalarni e’zozlab yashang.      
 
Samarqand viloyat Narpay tuman
20-umumta’lim maktabi 8-sinf
O’quvchisi Janiyeva Chinnigul    

Mening bobom,buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim – mahallamiz faxri
Reja:
         1.Inson – eng oliy xilqat.
         2.Bobom,buvim o’gitlari – ilk hayot darsim.
         3.Faxr tuyg’usini tuygan qalb ahdi.
         Inson – o’n sakkiz ming olam ichra eng buyuk kashfiyot,eng buyuk mo’jiza.U boshqa mavjudodlardan ongi,his-tuyg’ulari jihatidan ajralib turadi.Insonda ko’plab hissiyot jilolari yolqinlangan bo’lib,bu tuyg’ulardan biri bu faxr tuyg’usidir.Inson juda ko’p narsalardan faxrlanishi mumkin.Masalan,har bir kishi oilasidan,ustoz shogirdidan,shoir yozgan she’ridan,bog’bon yaratgan bog’idan,boshqa kishi yurtidan,yana biri esa ajdod-avlodiyu o’tmishidan faxrlanadi.Shu qatori men ham o’z yurtim bilan faxrlanaman.Yoshlik chog’larimda Vatan bu- oilam, hovlim deb o’ylardim.Endi bo’lsa ongim o’sib borgani sari Vatanimni chuqurroq anglab yetmoqdaman.Endi men uchun Vatan bu- keng sarhadlar,bepoyon dalalar,cheksiz ummonlar, ulkan tog’lar,jannatmakon o’rmonlar,fusunkor shaharlar,qir-adirlaru kengliklar,hattoki,mayda zarralar ham Vatandir.

Mening bobom va buvim- mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                                  Mening bobom va buvim- mahallamiz faxri
                                 
 
                              Reja:                                                                            
 
1.Mening bobom va buvim -oilamiz faxri.
2.2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”.
3.Keksalar qalbimiz ardog’ida.
 
                                                                           Ezgulikni kuylaysiz har on
                                                                           Shodlik va g’am yurar yonma-yon.
                                                                           Kimki sizga ozor yetkazsa,
                                                                           Bardosh bo’lgim kelar bobojon.
 
Qarisi bor uyning parisi bor, deydi dono xalqimiz.Darhaqiqat,keksalar bor xonadon fayzli,barakali bo’ladi.
           Mening bobom va buvim mahallamizdagi pir-u badavlat kishilardan hisoblanadi.Bobom Ahmad bobo usta dehqonlardan biri.
           “Damcha” qishlog’ida, qolaversa, “Qozikent” mahallasida bobomni hamma hurmat qiladi.Bobomning otasi Farmon bobomiz ham ajoyib inson bo’lgan.Katta bobom ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo’lgan.Buvijonim ziyoli oilada tarbiya topganligi uchun nabiralaridan foydali maslahatlarini ayamaydilar.

“Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivali

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


 


     Buguni kunga kelib yanada chiroy ochgan va ulkan muvaffaqiyatlar maskaniga aylanayotgan shahrimiz Samarqandda to’qqizinchi bor o’tkazilayotgan  “Sharqtaronalari” Xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimiga oz vaqt qoldi.


   Nufuzli anjumanga tayyorgarlik jarayonida samarqandliklar afsonaviy shaharni yanada obod, go’zal, betakror qiyofaga ega bo’lishi uchun jiddiy tayyorlanmoqdalar. Birgina qadimiy shaharning o`zida festival munosabati bilan ko’plab yangi inshootlar, so’lim go’shalar foydalanishga topshirildi, yangi va zamonaviy yo’llar barpo etildi, keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.


Самарқанд шаҳри стратегик режасининг мақсад ва стратегияларини жорий қилиш механизми

Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti
Илм-фан

Ўзбекистон Республикасининг 2015 йилгача ижтимоий-иқтисодий ривожланиш дастурида туризм республика хизмат кўрсатиш соҳасининг асосий тармоқлари қаторига киритилган.

Туризм истиқболда Самарқанд минтақасининг барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожланишини таъминлаш, ҳудуд туристик маҳсулоти мажмуини яратишга жалб қилинган бир қатор иқтисодий ва ижтимоий соҳа тармоқларининг ривожланишига туртки беришини ҳисобга олиб, Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётини ривожлантириш вазирлиги томонидан “Самарқанд минтақасида юқори самарали ва рақобатбардош туристик мажмуани шакллантириш” янги стратегик мақсад белгиланган. Ушбу мақсадга эришиш учун бугунги кунда ҳукуматнинг ва Ўзбекистон Республикаси иқтисодиётни ривожлантириш вазирлигининг асосий ҳаракати қуйидаги тактик масалаларни ечишга қаратилган:

-         Республикада туризм инфратузилмасини ривожлантириш;

-         Самарқанд минтақасига туристлар оқимини кўпайтириш;

-         Самарқанд минтақаси иқтисодиётига туризм ҳиссасини ошириш.

Туризм соҳасини ривожлантиришни давлат томонидан бошқариш ва қўллаб-қувватлашнинг асосий механизми республика даражасидаги ва шу асосида ишлаб чиқилган туризмни ривожлантириш бўйича вилоятларнинг мақсадли дастурларида ўз аксини топган. Ҳозирги кунда Самарқанд вилоятида туризм соҳасини ривожлантириш “2015 йилга қадар Самарқанд вилоятида туризмни янада ривожлантириш, туристик хизмат кўрсатиш сифатини ошириш ва йўналишларини кенгайтиришга қаратилган” дастур асосида амалга оширилмоқда.


Sharq gavhari

Me'moriy yodgorliklar
Маданият ва маърифат
Yurtimizdagi boy tarix va madaniyatga ega shaharlar orasida Samarqandning alohida o'rni bor. Qadimiy va hamisha navqiron, yer yuzining sayqali, Sharq gavhari degan ta'rifu tavsiflarga sazovor bo'lgan bu shahar azaldan ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi bo'lib kelgan. Bu yerda xalqimizning yuksak aql-zakovati, bunyodkorlik salohiyatini butun dunyoga tarannum etgan buyuk siymolar kamol topgan. Sohibqiron Amir Temur Samarqandni o'zi barpo etgan markazlashgan qudratli davlatning poytaxti sifatida yetti iqlimga mashhur qilgan, Sharqning eng go'zal shahriga aylantirgan. Mirzo Ulug'bek asos solgan astronomiya maktabi tufayli bu maskan yirik ilm-fan o'chog'i darajasiga ko'tarilgan. Jahon mumtoz adabiyotining yirik namoyandalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy Samarqandda ta'lim olib, uni o'z asarlarida eng go'zal sifatlar bilan ta'riflaganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur esa «Boburnoma»da «Rub'i maskunda Samarqandcha latif shahar kamroqdur. Samarqand shahri ajab orasta shahredur...» deb yozgan.