топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Samarqand davlat chet tillari instituti:

Institutga AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim tashrif buyurdi

2017 yil 21 sentyabr kuni AQShning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.
IMG_9213
O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Samarqand viloyatidagi vakili Z.Muxtarov hamda Samarqand viloyati hokimi o’rinbosari Sh. Qulmatovlar hamrohligidagi delegasiya

Yaponiyaning Nagoya universiteti delegasiyasi SamDChTIda

2017 yilning 18 sentyabr kuni Yaponiyaning Nagoya universiteti vise-prezidenti janob Isoda Fumio, universitetning xalqaro loyoihalashtirish Departamenti xodimi Yashiro Mayumi xonim hamda Nagoya universitetining O’zbekistondagi bo’limi (vakolatxonasi) ijochi direktori Eldorjon Elmurodovlar tashrif buyurishdi.
IMG_9088
Delegasiya va rektor I.

“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali matbuot markazi faoliyati

Joriy yilning 25-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali matbuot markazida Samarqand davlat chet tillar institutining doktorantlar va magistrantlardan iborat 20 nafarga yaqin malakali tarjimonlar guruhi faoliyat ko‘rsatib, xalqaro musiqa festivali jarayonlariga doir

“Ingliz tili” (umumkasbiy) fani bo‘yicha talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichini natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 martdagi №162-sonli “2017 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan “Ingliz tili” (umumkasbiy) fani

Ehtiyot bo’ling, multfilm…!

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Bolalik umrning beg’ubor fasli. Hozirgi kunda bu beg’ubor faslni hech bir bola  multfilmlarsiz tasavvur qila olmaydi. Agar televizorda biror qiziqroq multfilm ko’rsatilsa, bolajonlar darhol o’sha multfilmni ko’rishga oshiqishadi. Xo’sh, bolakaylarni ekran qarshisiga mixlagan bunday multfilmlar talabga javob beradimi? Ularning mavzusi qanaqa? Ularda qanday g’oyalar yoritilayapti?  Zamonaviy ota-onalar farzandlari tarbiyasini televizorga topshirib qo’ymayaptimikan? Degan savollar tez-tez  xayolimdan o’tadi. Rostdan ham, keyingi paytlarda yosh bolalar ko’proq g’arb multfilmlarini ko’rib, ularga ko’r ko’rona taqlid qilishmoqda. Masalan, o’rgimchak odam multfilimini ko’rgan bola unga taqlid qilib devorlarga tirmashaversa yoki baland joylardan sakrayversa bu uning ham sog’ligiga, ham ruhiyatiga katta ta’sir etadi. Bunday multfilmlarni ko’rgach ularning ruhiyati ham asta sekin o’zgarib boradi, ya’ni ularda beshafqatlik, jaholatga moyillik, agressivlik, asabiylik kabi illatlar  paydo bo’la boshlaydi. Va bu illatlar ularning kelgusidagi butun hayotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Psixologlarning fikriga ko’ra, bola multfilmni ko’rgach uni o’z ongida tahlil qilmaydi,aksincha, unga ko’r ko’rona taqlid qiladi. Shunday ekan, yurtimiz kelajagi bo’lmish jajji avlod vakillarining televizorda nima ko’rayotgani, bu ularga qanday ta’sir qilayotgani haqida o’ylash, fikr yuritish yurtimizning har bir fuqarosi uchun farz.