топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SamDU:

“Ochiq dars” va oppoq orzular...

img
Mexanika matematika fakulteti “Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasi o‘qituvchisi O‘tkir Nishonovning “Elastik nazariyasining asosiy tenglamalari, masalalari”; fizika fakulteti “Umumiy fizika” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Xoliq Shakarovning “Elektr va magnetizm” fanidan “Elektromagnit induksiya hodisasi” mavzusida namunaviy ochiq darslari bo‘lib o‘tdi. 

Dasturlash bo’yicha fakultet olimpiadasi

img
“Oliy ta’lim tizimida sifatli kadrlarni tayyorlash” bo’yicha O’zbekiston Respublikasi  hukumati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan shu yilning 20 dekabr kuni Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti “Axborotlashtirish texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan I kurslar o’rtasida “Dasturlash asoslari” fani bo’yicha fakultetning ichki olimpiadasi bo’lib o’tdi. 

Ijtimoiy fan – istiqbolli soha

img
Jamiyatning rivojida ijtimoiy fanlarning tutgan o‘rni beqiyos. Jahonning bir qator ilg‘or mamlakatlarida bu yo‘nalishda yirik ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsatishining o‘zi, uning davlat hayotida naqadar ahamiyatli ekanligini bildiradi. Shu jihatdan olib qaraganda Samarqand davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida davlat va jamiyat qurilishi sohasida e’tiborli ilmiy-tadqiqot ishlarining olib borilayotganini alohida ta’kidlash joiz. 

Innovatsion faoliyatni takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

img
2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 5-dekabr kuni Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining tijoratlashtirish bo‘linmalari mutaxassislarining bilimini oshirish bo‘yicha Samarqand davlat universitetida seminar o‘tkazildi.