топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SamDCHTI:

SamDCHTIda o‘quv yili yakunlandi

2015-2016 o‘quv yili ham yakunlandi. Bitiruvchi kurs bakalavr va magistr talabalari institutda o‘qishlarini namunali baholar bilan tugatishdi. Yakuniy davlat attestatsiyasiyalari, bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari ko‘tarinki ruhda risoladagidek tashkil etildi.
Institut bitiruvchilari

Впечатление наших коллег из России

Недавно в нашем институте была проведена международная конференция на тему “Общечеловеческие и национальные ценности на Великом Шелковом пути: язык, образование и культура”. На эту конференцию были приглашены профессора и преподаватели из многих стран мира. В том числе из России, профессор Санкт-Петербургского университета Римма

Yapon tili bilimdonlari aniqlandi

13 fevral kuni SamDCHTI “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti Arab tili va nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan yapontili yo’nalishi talabalari o’rtasida an’anaviy tarzda 18-marotaba “Yapon tili notiqlik san’ati” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.  Tadbirni SamDCHTI

OITSga qarshi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fajulteti 308 gurux talabalari ishtirokida «OITSga qarshi» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbati chog’ida  talabalarning OITSga qarshi  kurashigida  faolligini oshirishi,  diqqat va e’tiborli bo’lishi ta’kidlanib,  talabalar bilan tushuntirish  ishlari  olib borildii.
 
Tadbirda   SamDCHTI   bo’yicha   ma’sul vrach     Sattorova  Yu.A     va     Normurodova so’zga  chiqib, OITSga qarshi asoslari, bugungi kunda olib borilayotgan ishlar,        yurtdoshlarimizning,        shu jumladan talabalarning OITSga qarshi kurashishda   sushadigan   qo’shadigan  hissasi  haqida ma’ruza qildi. SHundan so’ng talabalar bilan      savol-javob     qilib,      jonli muloqo t uyushtirib, talabalarga kerakli maslahatlarni berib o’tdi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti “Tarjimon” jamoasi mutlaq g‘olib

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 yil 18 iyun kuni Samarqand san’at kollejining konsert zalida Samarqand viloyat hokimligining 2014 yil 5 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida “Quvnoq va zukko talabalar” koʻrik-tanlovini o'tkazish toʻgʻrisida”gi bayonida belgilangan vazifalarijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutining “Tarjimon”, Samarqand davlat universitetining “Kamolot” hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Oʻzbegim” jamoalari oʻrtasida “Quvnoq va zukko talabalar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

“Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzuidagi Respublika ilmiy – amaliy anjumani

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 yil  12-13 iyun  kunlari  Samarqand  davlat  chet  tillar  institutida  institut  rahbariyati hamda “Ingliz tili grammatikasi va tarixi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiqi”   mavzuidagi   Respublika  ilmiy – amaliy  anjumani  o’tkazildi. Ushbu anjuman doirasida ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasining faxriy professori O`.U Usmonov    tavalludining    70 yilligiga  bag‘ishlangan
“Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiqi”mavzuidagi   Respublika  ilmiy – amaliy  anjumani  bo‘lib  o‘tdi.
         Anjumanning  maqsadi:  Grammatik va semantik muammolar hamda ularning qiyosiy-tipologik tadqiq qilish, ushbu  maqsadni   amalga  oshirish  uchun  quyidagi  vazifalar  hal  qilindi: Til qurilishi va qiyosiy tipologik tahlil, semantika, stilistika va matn taxlili, tarjima va lingvo didaktika masalalari kabi   satxlarda  o‘rganilgan.

Samarqand davlat chet tillar Instituti talabasi “Xitoy tili koʻprigi” - notiqlik san`ati tanlovida “Gran-Pri” sohibi boʻldi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Joriy yilning 28-aprel kuni Respublika miqyosida oʻtkazilgan 14 — “XITOY TILI KOʻPRIGI” — notiqlik san`ati tanlovida Samarqand davlat chet tillar Instituti talabalari Munisov Zarkamol va Xudoyberdiyeva Oʻgʻiloylar ishtirok etishib, Munisov Zarkamol “Gran pri” sovrinini, Xudoyberdiyeva Oʻgʻiloy esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Mazkur tanlovda Respublikamiznig bir qator oliy taʻlim muassasalari, jumladan, O`zbеkiston davlat jahon tillari univеrsitеti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Samarqand davlat chet tillar Instituti va Toshkent Konfutsiy instituti talabalari ishtirok etishdi.

“GRAN-PRI” sovrindori Munisov Zarkamol ushbu tanlovning soʻngi bosqichi Xitoyda boʻlib oʻtadigan “Xalqaro xitoy tili koʻprigi” musabaqasida Oʻzbekiston Respublikasi vakili sifatida ishtirok etish imkoniyatini va Xitoy Xalq Respublikasida bir yillik bepul oʻqish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Sovrindorlar Xitoy xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Li Jie tomonidan munosib taqdirlandilar. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar Institutining ikkinchi vakili Xudoyberdiyeva Oʻgʻiloy faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritib, Xitoy elchixonasining maxsus sovgʻasi bilan, shuningdek, SamDChTI qoshidagi Konfutsiy institutining olti nafar oʻqituvchilari: Lyu Tao, Peng Xingge, Ma Cuiling, Li Xindi, Yu Jong Yuan va Sie Jianglar “Eng yaxshi yetakchi ustoz” faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Favvoralar sayli boʻlib oʻtdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015-yil 1-may kuni Samarqand shahrida “Favvoralar sayli” festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda tashkil etilgan ommaviy-madaniy tadbirlarda Samarqand davlat chet tillar instituti ham munosib ishtirok etdi. Bayram tadbirlari 2 qismda tashkil etilib, Dasturning birinchi qismi 10:00dan 14:00ga qadar davom etgan bo‘lsa, asosiy bayram tadbirlari soat 17:00-20:00 orasida davom ettirildi.
Institut tomonidan “Samarqand” temiryo‘l vokzali maydonidagi favvoralar majmuasi oldida tayyorlangan bayram sahnasida talabalar tomonidan bayram dasturlari namoyish etildi. Bayramda ishtirok etgan mehmonlar talabalar ijrosidagi sehrli ohanglar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar jilosidan qalblarda jo‘shqin hislarni uyg‘otuvchi musiqalarga hamohang harakatlanib, kamalak rangida ajib manzara kasb etib turgan favvoralar bilan birga bahramand bo‘lishdi.