топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Qurolli kuchlar:

Vatan tinchligi ishonchli qo’llarda

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida Ozbekiston Qurolli Kuchlar Akademiyasi bilan hamkorlikda “Vatan tinchligi ishonchli qo`llarda ” mavzuida uchrashuv bo`lib o`tdi.


 


Uchrashuvda magistrlar va “Xalq ijodiyoti” fakulteti talabalari va akademiyaning  mas`ul xodimlari butun Respublikamizda yangi yil kayfiyati kezib yurgan paytda bugungi tadbirning ahamiyati haqida gapirdilar.


 


Uchrashuvni institute ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i S. To’ychieva olib bordi. Mayor  Aziz  Asadov “Qurolli kuchlar- O’zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining kafolatidir”.mavzuida ma’ruza qildi. M’aruzada qurolli kuchlarning vazifalari, harbiy xizmatchilarga davlat tomonidan yaratilgan  shart-sharoitlar, milliy armiyamizning Vatan sarhadlarini  qo’riqlashdek sharafli xizmati haqida gap bordi.



TDTUda O’zbekiston qurolli kuchlari kuniga bagishlab o‘tkazilgan tadbir

Блог им. ruzmatov

Abu Rayhon Bеruniy nomidagi Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеtida O’zbekiston qurolli kuchlari kuniga bagishlab o‘tkazilgan tadbir

Toshkеnt sh. Qatnashdilar: III va IV kurs 14.01.2013 talabalari

 

Tadbir dasturi:

 

1. Ma’naviy va axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor Q.R.Shonazarovning kirish so‘zi.

2. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «El-yurt hurmati» ordeni, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, taniqli navoiyshunos olima Suyuma G‘aniyeva so‘zi.

3 Talabalar chiqishi.

 

Ma’naviy va axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor Q.R.Shonazarov 14 yanvar kunliga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirni ochib, «Tillar» kafеdrasi mudiri, f.f.n. dotsеnt H.Yuldashеvaga so‘z bеrdi. H.Yuldashеva bu kunning ahamiyati katta bo‘lgan hikoyatlarni hikoya qilib berdi. Shu bilan birga, ko‘ngil atalmish mulkimizni obod aylash uchun, obod ko‘ngillarda gard bo‘lmasligi gardsiz ko‘ngil esa pok bo‘lishi, vatan ximoyasi zarurligini Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, xar bir O’zbekiston fuqorosi farzi ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi. So‘z «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «El-yurt hurmati» ordeni, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, taniqli navoiyshunos olima Suyuma G‘aniyevaga berildi u o’zining chiqishida Toshkеnt davlat tеxnika univеrsitеti barcha erkak talabalarini o’z bayramlari chin dildan tabrikladi va xar bitta armiyada xizmat ko’rsatgan talabalarga chuqur minnatdorchilik bildirib ularning kelejakdagi ilmiy salohiyatida yanada chuqurroq muaffaqiyatlar tilab ulardan vatan ximoyasida bundan keyin qattiq va da’dil turishlarini iltimos qilib qoldi.

 

Olima talabalarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishlariga va kerakli bilimlarni o‘rganilishi jarayoniga alohida to‘xtaldi. Ayniqsa, davlat test attestatziyalaridan imtiyozli ravishda baxolanga armiya xizmatini o’tab kelgan talabalarning imkoniyatlar yanada yuksakroq ekanligi ta’kidlab o’tildi. Talabalar o’z chiqishlarida tadbirga atab uyushtirgan milliy va saxnaviy ko’rinishlarini taqdim qildilar. Unda jangovor armiymizning bugungi salohiyatlari, qudrati va umkoniylatlari keng ko’lamda qiziqarli namoyish qilindi.