топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navro'z:

Toshkent davlat agrar universitetida Navro'z ayyomiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi

Жамият
Ona diyorimizga barchamiz orziqib kutgan, go'zal va dilbar fasl – Navro'zi olam kirib keldi.
      Navro'z ayyomini xalqimiz naqadar orziqib va intizor bo'lib kutib olayotgani, bu bayramni eng qadimiy va asl milliy bayram sifatida ardoqlab o'tkazishimiz bejiz emas. Chunki Navro'zi olam o'lkamizga qadam qo'yishi bilan har birimiz yon-atrofimizdagi mavjudotning uyg'onishi, kurtaklar va gul-chechaklar ochilishi, yuz berayotgan o'zgarishlardan, bahor nafasidan bahramand bo'lamiz.Shu fayzli kunlarda har qanday gina va arazlar, nizo va adovatlarni unutamiz. Barcha-barchaga sog'lik-omonlik, baxt tilab, keksalar duosini olishga hozir bo'lamiz.

Наврўзинг муборак, Ўзбекистоним!

Тошкент молия институтида “Наврўзинг муборак, Ўзбекистоним!” шиори остида театрлаштирилган катта байрам сайли ўтказилди.
Азал-азалдан халқимизнинг эзгу ва гўзал қадриятларини, унинг олижаноб орзу-интилишларини ўзида мужассам этиб, қадим аждодларимиздан бизга ўлмас мерос сифатида безавол ўтиб келаётган Наврўзи олам мустақиллик йилларида

Navro'z- qadimgi va buyuk an'ana

Шеърият ва адабиёт
Bahor…
Bu faslning ko'rki o'zgacha. O'lkamizga ko'klam  nafasi kirib kelishi bilan momolarimiz qadim-qadimdan ota-bobolarimizdan qolgan buyuk meroslarimiz bo'lmish: besh tosh, kurash, uloq kabi o'yinlarimiz haqida so'zlab beradilar. Mard, jasur o'zbek o'g'lonlari kurashda, arqon tortishda o'z maxoratlarini sinovdan o'tkazadilar. Jajjigina bolalar esa tomlarga chiqib varraklar uchiradilar. Farishtadek go'zal qizlarimiz  milliy taomlarimiz bo'lmish: osh, ko'k somsa, ko'k xonim, chalpak kabi taomlarni tayyorlashga oshiqadilar. Momolarimiz doshqozonlarda sumalak tayyorlab, duolar  o'qiydilar.

Yurtimda Navro’z!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Hozirgi kunda o'lkamizda fasllar kelinchagi­­ ­– bahor shodiyonalari keng nishonlanmoqda.


 



 


Yangilanish, yasharish va nafosat ramzi, milliy xalq qadriyatlari va bayramlarining gultoji bo'lmish Navro'z ayyomi kirib keldi. O’zbek elida bu bayramga qaratilgan e’tibor juda katta. Xalqimiz orasida o’tkazilayotgan sayillar va tadbirlar bu bayramga o’zgacha hurmat va ehtirom ila kutib olinishi hech kimga sir emas. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlagandek, «Navro'z hayot abadiyligining, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, shu bilan birga necha ming yillik milliy qiyofamizning, urf-odatlarimiz mangulik ifodasi, tasdig'idir.»


Xush kelding Navro'z

Блог им. kamolka


 


Kuni kecha Olmazor tumanidagi 146-sonli maktabda Navro`z shodiyonasi bo`ldi. Tadbirga 1-sinfdan 9 — sinfgacha 100% o'quvchi qamrab olindi. Jami o'quvchilar soni 880 nafarni tashkil etadi.Tadbirda «Taxtapul» maxallasi faollari xamda «Namuna» maxallasi axolisiyam ichtirok etdi. Sport maydoni o'quvchi, o'qituvchi, maxalla axolisi bilan gavjum bo'ldi. Tadbir millliy bezaklar bilan bezatishdan boshlandi ishtirokchila milliy liboslar kiydilar.



Navro’z ayyomingiz qutlug’ bo’lsin!

Новости ZiyoNET

Bahor fasli shamoli yurtimizga Navro’zi olam nafasini baxsh etar ekan, Bahorning ulug’vorligiga monand holda Navro’z kunining jozibasi uning tusidagi iliqlik, samimiylik va jo’shqinlikka uyg’un tarzda shohona viqor hech bir faslda uchramaydi.


 


Shu boisdan, Navro’z mehr-oqibat ayyomidir. Bu kun barcha insonlarga ezgu niyat, yaxshilik va bir-biriga mehr-muhabbat ulashadigan kun. Navro’z elimizning yashnab yasharishni, ezgu maqsadini kuylagan, yurtimizning tinchligini o’ylagan, butun borliq muruvat aylagan, bag’riga benixoya ezgu muhabbat joylagan,  yomonlikdan saqlovchi, yaxshilikka boshlovchi bayramdir.


 


Mana shunday kunda siz azizlarga, ko’nglingizni hushnud aylaguvchi mehr-muhabbat, yasharish va yangilanish fasliga xos bo’lgan to’kinlik, hayotingizga barqarorlik, bag’ri butunlik, ko’tarinki kayfiyat, baxt-omad, qalbingizga quvonch tilaymiz! 


 


Navro’z ayyomingiz qutlug’ bo’lsin!


ZiyoNET RM xodimlari.

Prezident Islom Karimovning Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zi

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият



















Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Tabiat uyg'onib, bahor nafasi tobora kuchayib, ona zaminimiz yashil libosga burkanib borayotgan shu yorug' va munavvar kunlarda siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O'zbekiston xalqini yurtimizga kirib kelayotgan Navro'zi olam — yangilanish va yasharish bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.

Navro'z ayyomi barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, serhosillik va qut-baraka g'oyasini o'zida mujassam etadigan, bizning milliy tabiatimiz va qadriyatlarimizdan ajratib bo'lmaydigan, har qanday siyosatdan xoli, eng qadimiy, eng sevimli bayramimizdir.

...Har kuning o'lsin Navro'z!

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият


















Navro’z — mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarda Navro’z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o’ylari, go’zallikka, nafosatga bo’lgan munosabatlari ifodalangan. Ushbu xosiyatli bayramni nishonlashning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular davrlar o’tishi bilan mazmunan boyib, takomillashib kelmoqda.

Navro’z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar to’xtatilgan, urushganlar yarashgan, gina-gudratlar unutilgan, ota-ona, qarindosh-urug’lar, keksalar, kasalmandlar sovg’a-salom bilan yo’qlangan, yangi kiyimlar kiyilgan, turli-tuman Navro’z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, ko’chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda sayilar, o’yin-kulgi, askiyabozlik, qo’chqor, xo’roz urushtirish, kurash, ko’pkari o’tkazilgan, teatr tomoshalari tashkil etilgan.

Navro'z kelmoqda...

Блог им. feruzaxon
Tunga kundan joy talashtirib,
Qaldirg'ochga yo'l qarashtirib,
Bahorimni bir yarashtirib,
Qarang, qarang, Navro'z kelmoqda!

Yig'ishtirib qorli to'shaklar,
Qir adirga jojib chechaklar,
Ushaltirib jezgu tilaklar,
Qarang, qarang, Navro'z kelmoqda!

Oq bulutlar yoyib osmonga,
Sumalaklar solib qozonga,
Rizq tarqatib butun jahonga,
Qarang, qarang, Navro'z kelmoqda!
---
Zamin bag'rin nurga iydirib,
Maysalardan atlas kiydirib,
Yomg'irlardan suvga to'ydirib,
Qarang, qarang, Navro'z kelmoo'da!

Ko'ngillarda Navro'z shukuhi

Блог им. feruzaxon
Diyorimiz uzra Navro‘z nashidasi kezmoqda. Qish libosini yechgan borliq o‘z go‘zalligini ko‘z-ko‘z qilmoqchidek turfa rangda jilolanadi. Qut-baraka, ezgulik, mehr va muruvvat, odamiylik va oqibat ayyomi – Navro‘z dillarni surur va umidga to‘ldiradi.

Barcha bayramlar ham aziz, barcha bayramlar ham qadrli. Ammo Navro‘zning sog‘inchi va shukuhi bo‘lakcha. Yaratganga shukrlar bo‘lsinki, yurtimiz tinch, dasturxonimiz to‘kin, farzandlarimiz sog‘-salomat. Xalqimizning orzulari mo‘l, tilaklari bisyor. Nabirasini yetaklagan otaxonlar, kayvoni onaxonlar, atlaslarda yal-yal yonib kelayotgan qiz-juvonlar, sochlariga tolbargak taqqan qizaloqlar, nigohlari osmonlarda havolanayotgan varraklarga bog‘langan bolakaylar, belida belbog‘i bor bo‘z yigitlar – barcha-barcha Navro‘z sayliga oshiqadi.