топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navro'z bayrami:

Xush kelding – Navrо‘z!

Илм-фан
Shu kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli bahor boshlandi. Ayni shu kunlarda yurtimizning barcha gо‘shalarida Navrо‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Asrlar tarixiga ega bu bayram tomoshalarida xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analar, turfa marosimlar namoyish etiladi. E’tirof etish kerakki, istiqlol sharofati ila bu qadimiy bayram va uning an’analarini avaylab-asrash, uni yangi zamon ruhiga hamohang ravnaq toptirish nafaqat respublikamizda, balki jahonda keng targ‘ib qilish imkoniyatlari yuzaga keldi.

Navro’z shodiyonalari

Navro’z bayrami 21-martda nishonlansada, bu bayram shukuhi haligacha davom etmoqda. Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan bayram shodiyonasi yaqqol misol bo’la oladi.
Institut rektori I.Tuxtasinov boshchiligida o’tkazilgan bayram tadbiri haqiqiy shodiyonaga aylanib ketdi. Buni biz talaba-yoshlar hamda

Navro‘z bayrami munosabati bilan sumalak sayli o‘tkazildi

Илм-фан
Sumalak sayli azaldan xalqimizga xos qadriyat bo‘lib institutda bir necha yillardan beri mazkur tadbir o‘tkazib kelinmoqda. Sumalak sayli (bazmi) asosan ikki qismdan: sumalak tayyorlash va sumalakxo‘rlikdan iborat bo‘lgan. Sumalakni asosan ayollar tayyorlashgan. Sumalak tayyorlashning o‘ziga xos marosim tadbiri vujudga

Қалбларга муҳрланган Наврўз байрами

Жаннатмакон юртимизга байрамлар, шодиёналар ярашади. Гўзал баҳор фасли кириб келиши биланоқ, ҳар бир инсон қалбини байрамона кайфият ва ўзгача қувонч эгаллайди. Чунки, бу фаслда миллий ва нафис байрамимиз бўлмиш, Наврўз гўзалликларидан баҳра оламиз.

Ёш нотиқларнинг “Амир Темур” маҳалласига ташрифи

Наврўз — яшнаш, яшариш байрами, табиатнинг уйғониши билан боғлиқ янги куннинг бошланишидир. 21-марткеча ва кундуз тенглашган кун-Янги йил, яъни Наврўз байрами сифатида Шарқ халқлари кенг нишонлайди.Шундай Наврўз байрами шодиёналардан Самарқанд  шаҳридаги «Амир Темур» маҳалласида ҳам кўтаринки руҳда бўлиб ўтди. Байрамга маҳалланинг оқсоқоллари, момолари, фаоллари таклиф этилдилар. Уларга дастурхон ёзилди. Байрам дастурхонини " Амир Темур" маҳалла фуқаролар йиғғини раиси Зурафо Мирмўминова очиб, барча маҳалла аҳлини қутлуғғ айём билан муборакбод этди.

“Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tantanali tadbir

Илм-фан
2016 yil 17 mart kuni institutda “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali tadbir o’tkazildi. “Navro’z” bayrami munosabati bilan institut tantanalar saroyining oldi qismiga sahna qurilib gullar, sharlar, milliy matolar  bilan bayramona bezatildi, bannerlar ilindi. Tadbirni institut Ma’naviyat va ma’rifat iqtidorli yoshlar  bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov ochib, tabrik uchun so’zni institut rektori Z.M.Jumaboyevga berdi.

Визит в СамМИ представителей Республиканского Центра духовности и просветительства

Жамият
 Визит в СамМИ представителей Республиканского Центра духовности и просветительства

11 марта 2016 г. Самаркандский медицинский институт посетили представители Республиканской рабочей группы при Кабинете министров РУз по подготовке всенародного праздника «Навруз», члены Республиканского Центра духовности и просветительства,

Tо‘ylar tо‘ylarga, bayramlar bayramlarga ulansin

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Xalqimiz orasida “Tо‘ylar tо‘ylarga, bayramlar bayramlarga ulansin” degan ezgu tilak bor. Bu bejiz aytilmagan, albatta. Zero, osmoni musaffo, tinchligi barqaror yurtdagina shodiyonalar keti uzilmaydi, bayramlar bayramlarga ulanadi. Xususan, 29 mart О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida bо‘lib о‘tgan “Navrо‘z” bayram dasturi ham shundan dalolat.


 




Yurtimizga xush kelding Navro’zi olam!

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

Mana o’lkamizga fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli ham kirib keldi. Asta sekinlik bilan tabiat ham uzoq uyqudan so’ng o’z go’zalligini namoyon eta boshladi. Bir tomonda daraxtlar gullagan, bir tomonda yam-yashil maysalar quyosh tomon bo’y cho’za boshlagan, bir tomonda esa bobodehqonlarimiz dalalarda javlon urib mehnat qilishmoqda. Bahor faslning o’ziga xos bayramlari bor. Bu bayramlar ichida eng go’zali esa yashnash, yasharish bayrami bo’lmish Navro’zi olamdir. Ho’sh, Navro’z qanday bayram?, Navro’z yurtimizda qachondan beri nishonlanib kelinadi? kabi savollar barchamizni qiziqtirsa kerak.


 



 



Umumxalq Hayriya hashari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Hashar-elga yarashar, ushbu iborada qancha katta ma’no mazmun mujassam. Yurtimizda 14-15 mart kunlari Umumxalq Hayriya hashari deb e’lon qilinishi ham bejizga emas. Bu borada, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham katta obodonlashtirish, kо‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Hayriya hashariga institut professor-о‘qituvchilari hamda talabalarning faolligi о‘z aksini topdi. Institutda ariq-zovurlar, kо‘chalar, kafedralarga ajratilgan hududlar tozalandi. Manzarali daraxt kо‘chatlari о‘tqazildi. Bundan tashqari №1 va №2 talabalar turar joylarida ham hashar ishlari olib borildi. Derazalar tozalanib, kо‘chalar obodonlashtirildi.


 



 



Наврўз –миллий анъана ва қадриятларимиз кўзгуси

Блог им. kamolka


 


ЎзМТДП Олмазор туман Кенгаши “Аёллар қаноти” ва “Ёшлар қаноти” ҳамда “Себзор-ниҳол” бошланғич партия ташкилоти ҳамкорликларида 146-сонли умумтаълим мактабида “Наврўз –миллий анъана ва қадриятларимиз кўзгуси” мавзусида байрам тадбири бўлиб ўтди.


  


Наврўз байрамининг расмий тантанаси 22 март куни бўлиб ўтади

Янгиликлар





















Тошкентда Наврўз айёмига бағишланган халқ сайли 23 март куни ўтказилади, ундан бир кун олдин эса, Алишер Навоий майдонида анъанавий “янги кун” нишонланади, унда Ўзбекистон Президенти Ислом Каримов иштирок этади.

Наврўз арафасида Тошкент шаҳрининг марказий кўчалари ва майдонлари байрамона безатилган бўлиб, лола, мойчечак, елпиғич, елканлар шаклидаги янги конструкциялар ўрнатилган.

Халқ сайли кунида пойтахтдаги истироҳат боғларида 20 дан зиёд аттракцион ишлайди.

"Navro'z" o'yinlari (2)

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият
Ko'pkari:
Ko'pkari uloq — o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman, tojik xalqlarining barchasi uchun birday qadrdon. Ko'pkari — bu chavondozlar bahsi. Ota-bobo-larimiz go'dakligidan bolalik fasliga kirgan farzandlarining qo'lini halollash, bo'y etgan qizlarini uzatish, er etgan o'g'illarini uylantirish to'yla-rida xalqqa osh berib, so'ngida ko'pkari bahsi tomoshalarini ko'rsatishgan. Ko'pkari chopish — bu chavondozlik ot ustida ommaviy musobaqa shartlarini bajarib, g'olib chiqish uchun olib boradigan kurashi, janggidir. Ko'pkarining boshqa nomi bilan — uloq ham deyiladi. Ko'pkari baxsida so'yilgan uloq (echki bolasi) tanasi to'y musobaqahakamlari tomonidan o'rtaga tashlanib, ushbu kurash shartlari ana shu uloq bilan bog'liq holda bajariladi. Ko'pkari asosan yakka bahs. Musobaqa shartio'rtaga tashlangan uloq tanasini taqimga (chavondoz soni bilan arg'umoq sag'rasi orasida) qisib maydonni gir aylantirgancha, belgilangan manzilga — uloq kayvoni hakamlari yoniga birinchi bo'lib keltirib tashlash. Biroq ko'pkarida chavondozlar o'rtaga qo'yilgan sovrin-qimmatbaho buyum (soat, gilam, qo'y, mol, to'n, muayyan miqdordagi pul) larni bo'lib olsh uchun jamoa bo'lib harakat qilishlari ham mumkin. Ortaga tashlangan uloqni olishga abjir, baquvvat, uchqur otli chavandoz yigitni uning do'stlari-boshq chavandozlar qurshab, raqiblardab ihota, himoya qilib boradilar. Ana shu alfozda to hakamlar oldigacha uning atrofini qurshab, otda eladilar.

"Navro'z" o'yinlari (1)

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Kurash:

Juda qadimiy o’yinodatlarimizdan biri kurashdir. Bu o’yin-odat haqida sizlar uchun quyidagi ma’lumotlarni berishga harakatqilaman: Kurash o’yinimiz, hayriyatki, yo’qolib, izsiz ketgan udumlarimiz qatoriga kirmay qolgan. Buning sababi, obrazli qilib aytganda, har birzamon ayniqsa, bizning zamonamizda kundalik turmush, hayot kechirishning o’zi kurashdan iborat bo’libqolganligi tufayli shunday bo’lgandir… Kurash – qadimiy va erkin kurash turlariga bo’linadi. Bu odatning tarixi xalqimiz tarixi qadar uzundir. Kurash bizning xalqimiz paydo bo’lib, taraqqiyot yo’liga kirganidan buyon tarkib topib, rivojlanib, takomillashib bordi. Milliy kurashni biz hozirgi kunda sport turi sifatida qayd etamiz. Aslida esa bu odat xalq hayotining juda muhim tarmog’I bo’lib, uning taqdiri-a’molini belgilagan. Qadimda yalpi qirg’in, o’lim qurollari bo’lmagan paytlarda, pahlovonlar u yoki bu xalq, qo’shin, katta lashkar g’alabasini, bu bilan esa shu podsholikning taqdirini hal qilganlar.

Qadimiy "Navro'z" ning ko'hna tarixi

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият
Navro'z Sharq xalqlari orasida bir necha ming yillardan buyon yashab kelmoqda. Ko'p asrlar davomida makedoniyalik Aleksandr, arablar, mo'g'ullar kabi bir qancha bosqinchi qo'shinlar Sharq xalqlarining umumiy bayrami Navro'zni yo'q qilib yuborishga harakat qiladilar. Ammo Navro'z barhayotligicha qolaverdi, qayta tirilaverdi. Navro'z biron bir sanani nishonlash uchungina bayram qilinadigan hodisa hisoblanmaydi.

Navro‘z - Ogahiy ta’rifida

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият
Quyosh o'zining yillik harakati davomida ikki marta olam ekvatorini (23 gradus 27 daqiqa burchak bilan) kesib o'tadi. Birinchisi, 21 mart oqshomi sodir bo'ladi va bu paytda bahorgi teng kunlik holati kechadi. Ikkinchisi esa, ya'ni, kuzgi teng kunlik 23 sentabrga to'g'ri keladi. Shu ikki kunda kechasi ham, kunduzi ham baravar 12 soatdan bo'ladi. 21 mart qadimgi Sharq va O'rta Osiyoda, turkiy tilda «yilboshi», forsiyda esa «Navro'z» (yangi kun) deb yuritilgan. Navro'zni «sadi pok», pokiza yuz ya'ni, tabiatda yuz kunlik qish sovuqlari tugadi, deb ham ataydilar.

Ma'lumki, Navro'z ayyomida qadimgi Sharqda, jumladan, O'rta Osiyoda, yil boshi, navro'z, navbahor, gul sayri, qozon to'ldi tantanalari boshlanib ketadi. Navro'z-forscha so'z bo'lib, nav-yangi, ro'z-kun.Quyosh (shamsiya) yili hisobida yangi yil kirgan kun. Lug'atlarda bu so'zga ana shunday izoh beriladi.

XI asrda yashab ijod etgan shoir va faylasuf Yusuf Xos Hojib jahon adabiyotining eng go'zal namunalaridan bo'lgan «Qutadg'u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asarida bahor va Navro'z haqida shunday yozgan edi:

                                         Quyosh qaytdi yana kelib o'rniga,
                                         Baliq quyrug'idan Qo'zi burniga .

Ya'ni, Quyosh kecha va kunduzning  tenglik nuqtasi-olam ekvatoriga qaytib, o'rniga keldi va Baliq(Hut) burjidan Qo'zi(Hamal) yulduzlar turkumiga o'tdi, degan edi.