топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Milliy o‘zlikni anglash:

Milliy o‘zlikni anglashda tinchlik tamoyilining ahamiyati

Маданият ва маърифат
Tarixdan ma’lumki, diyorimizda ilm-fan va ma’rifat rivojiga katta imkoniyat yaratish orqali uning rivojlanishiga sabab bo‘lgan yirik saltanatlarni boshqargan Amir Temur va uning avlodlaridan Zahiriddin Muhammad Bobur kabi davlat boshliqlari hukmronlik qilganlar. Aynan shu vatandoshlarimizdan bo‘lgan davlat boshliqlarining tashqi va ichki siyosati bobidagi faoliyati boy tarixga egaki, bu ham jahon ahlining e’tiboridan chetda qolgan emas. Tarix faqat o‘zaro urushlar, bir davlatning ikkinchi davlat ustidan g‘olib chiqishi va mag‘lub bo‘lishi, davlatlarning yemirilishi, u yoki bu mamlakat aholisining boshdan kechirgan azob-uqubatlarinigina emas, balki yarashuvchilik va bunyodkorlik jarayonlari, davlatlar o‘rtasida o‘rnatilgan