создание топика, блога, фотосета или ссылки

Mehnat huquqi:

Mehnat shartnomasining taraflari

Законодательство
Mehnat shartnomasining taraflari Mehnat kodeksining 72-moddasida ko`rsatilgan.
Quyidagilar, mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadi: xodim 16 yoshga to`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxlar (Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarining o`quvchilarini ularning sog'lig'iga hamda ma`naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta`lim olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o`qishdan bo`sh vaqtida bajarishi uchun — ular o`n besh yoshga to`lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o`rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo`l qo`yiladi);

Mehnat shartnomasi tushunchasi va uning ahamiyati

Законодательство
O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasida ko`rsatilishicha, mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozimga oid ishni, ichki mehnat tartibiga bo`ysungan  taraflar kelishuvi, mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir. Mehnat shartnomasi mazmun-mohiyati jihatidan ko`p qirrali bo`lib, birinchidan, fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirish shakli; ikkinchidan, mehnatga oid huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaruvchi va muayyan vaqt davomida amal qilishni ta`minlovchi asos; uchinchidan, mehnat huquqining instituti sifatida namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, mehnat shartnomasi fuqarolarni ishga qabul qilish,

Mehnat nizolarini hal qilishga oid huquqiy munosabatlar

Законодательство
Mehnat nizolari protsessual xususiyatga ega bo`lib, sub`ektlar, ya`ni xodimlar bilan ish beruvchilar o`rtasida amaldagi mehnat to`g’risidagi qonunlar va normativ hujjatlarni, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo`llash yuzasidan kelib chiqadi (MKning 259-moddasi). Bunday yakka nizolar mehnat nizolari komissiyasida, tuman (shahar) sudlarida, ba`zi hollarda, xo`jalik sudlarida ko`rib hal etiladi.

Mehnatni muxofaza qilish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishga doir huquqiy munosabatlar

Законодательство
Ma`lumki, mehnat muhofazasi  insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyatining saqlanishiga qaratilgan turli tadbirlardan iborat. Bu boradagi qonun qoidalarining asosiy maqsadi fuqarolarning sog’ligi hamda ularning mehnatini muhofaza qilishga qaratilgan. Shu bois, barcha korxonalarda mehnat muhofazasiga oid, shuningdek mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Korxonada kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishga doir huquqiy munosabatlar

Законодательство
“Aholini ish bilan  ta`minlash to`g’risida”gi qonunda ta`kidlanganidek, davlat tomonidan fuqarolarni yangi kasbga bepul o`qitish, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo`llanmasi bilan boshqa o`quv yurtlarda stipendiya to`lab malaka oshirish imkoniyati yaratilganligi, ularning mehnat qilish huquqining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.

Mehnatga oid huquqiy munosabatlar xususiyatlari

Законодательство
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi ixtiyoriy ravishdagi aloqa bo`lib, unga ko`ra, xodim korxonada muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha o`zining mehnat vazifasini ichki mehnat tartibiga bo`ysunib,  bajarish majburiyatini oladi, ish beruvchi esa mehnat to`g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi va mehnat shartnomasida belgilangan shartlar asosida haq to`lash va amaldagi qonunchilikka ko`ra tegishli mehnat sharoitini yaratib berish majburiyatini oladi.