топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Konstitutsiya:

Konstitutsiya – inson huquqlari kafolati

Qarshi davlat universiteti
Илм-фан
Qarshi davlat universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Javliyeva Zarnigor Fayzulla qizi
 
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
xalqimizning, davlatimizning dunyodagi mavqei

КОНСТИТУЦИЯМИЗНИНГ 25 ЙИЛЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ТАНТАНАЛИ ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ

Учрашувлар
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганига бу йил 25 йил тўлмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг 1990 йил 20 июнда бўлган II сессиясида мустақиллик декларацияси қабул қилиниб, Ўзбекистоннинг давлат мустақиллиги эълон қилинди. Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллиги асослари тўғрисида Қонун қабул қилинганидан сўнг, 1992
Барча 8та расмни кўрсатиш →

“Konstitutsiya- baxtimiz poydevori!”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан
 

Qadim qadimdan har bir xalqning, millatning belgisi, davlat ramzlari bo`lgan. Mamlakatni odilona boshqarib, xalqni har tomonlama himoya qilishda Konstitutsiyaning o`rni va ahamiyati katta. Mazkur yilning 2-dekabr kuni  8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan institut talabalari orasida  plakatlar va insholar tanlov bo`lib o`tdi.

Konstitutsiya mamlakatning ustunidir!

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Qadim qadimdan har bir xalqning, millatning belgisi, davlat ramzlari bo`lgan. Mamlakatni odilona boshqarib, xalqni har tomonlama himoya qilishda Konstitutsiyaning o`rni va ahamiyati katta. Mazkur yilning 9-10-dekabr kunlari  8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayram shodiyonasi munosabati bilan institut talabalari orasida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” shiori ostida ko`rik-tanlov bo`lib o`tdi. Tanlovda 9 ta fakultetdan 9 ta komanda qatnashdi.

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetida 8 dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
      
2015 yil 4 dekabr  kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida 8 dekabr — «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.  Tadbirda Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari Sh.Djumayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori I.Nuriddinov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i X.Mamatov, Samarqand davlat universitetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Eshtayev hamda universitetning professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.

Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2015 — yilning 3- dekabr sanasida Samarqand davlat  chet tillar institutima’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkilotihamkorligida institutda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining     23 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusidainstitut faollar zalida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, fuqarolik jamiyatini shakillantirishni manitoring qilish mustaqqil institutining samarqand viloyat  bo’limi eksperti, SamDU prafessori F.Nabiev, xalq deputatlari samarqand shahar deputati Sh.Jo’raqulov, institut ijtimoiy fanlar kafedirasi huquqshunoslik fani o’qituvchisi M.Asliev, “Kamolot” YoIH institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi J.Abduraxmonov “Kamolot” YoIH institut faollari hamda  170 nafar talaba ishtirok etishdi.Tadbirda maruzachilar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar talabalarga havola etildi.

“9-Aprel Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni”

Ajiniyoz nomidagi NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Илм-фан

Mustaqilligimizning daslabki kunlaridan boshlab xalqimizning huquqiy madaniyatini shakllantirish, huquqiy savodxon yoshlarni tarbiyalash bugungi kunda mamlakatimiz siyosatining eng oliy yo`nalishi bo`lib hisoblanadi. Ta`lim-tarbiya insonning, inson orqali butun jamiyatni rivojlantiradi.  Shu sababdan o`sib kelayotgan yoshlarni komil inson darajasida tarbiyalash, ularning huquqiy ongini shakllantirish, huquqiy madaniyatini rivojlantirish jamiyatimiz a`zolarining, shuning bilan birgalikda huquqshunos o`qituvchilarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni huquqiy savodini oshirish maqsadida turli xil chora-tadbirlar ko`rilmoqda va turli xil tanlovlar tashkil qilinmoqda. 


Shunday tadbirlardan biri 2015-yil 2-aprel kuni Ajiniyoz nomidagi  Nukus  davlat  pedagogika  institutida 9-aprel Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni bayrami munosabati bilan “Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma ikki yilligi” nomli tantanali kecha bo`lib o`tdi.



O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risidagi Qonunga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

Andijon qishloq xo’jalik instituti katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlariga deputatlik sayloviga tayyorgarlik jarayoni haqida va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 22 yilligi munosabati bilan Andijon tumani xokimligi, Andijon tumani prokuraturasi bilan xamkorlikda yig’ilish bo’lib o’tdi.


Konstitutsiya – dеmokratik davlat paydеvori

NavDPI
Илм-фан








Yigirma bir yilqi xalqimiz tarixida olamshumul sana — Asosiy qonunimiz – qonsituttsiyamiz qabul qilingan qunni bayram qilar eqanmiz, ko’uzimiz ungida mamlaqatimiz qеlajagi, uning yangi milliy davlatchiliq tizimi va bu tizimning butun mazmun-mohiyati bilan namoyon bo’lavеradi.


         Mustaqiliqga erishganimizdan kеyin, 1992 yilning 7 dеqabrida  O’zbеkiston Rеspublikasining Konsitutsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, mamlaqatimizda siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma'naviy taraqqiyot yuliga qadam tashlandi, yurtimiz qiyofasi qanday bulishi kеraqligi bеlgilab bеrildi va uning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni hamda nufuzini tubdan o’zgartirish borasida huquqiy asoslar yaratilishiga kirishildi. Xususan, insonning huquq va manfaatlari, erqinliqlari davlat manfaatlaridan ustun eqanligi mustahqamlanib, axoli uchun munosib hayot sharoiti yaratish — yagona maqsadi muddao ekanligi bеlgilab qo’yildi.



Konstitutsiya va oila munosabatlari

Блог им. ttyesi

Ongli yashaydigan har bir inson yaxshi anglaydiki, bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand dеb atalmish bеbaho nе'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi.


Islom Karimov.


 


Dunyo yaralibdiki bu hayot mavjud, bu hayot mavjud ekan, dеmak insoniyat yashaydi, insoniyat yashar ekan, unda oila bo‘lishi tabiiy hol. Bugungi kunda еr yuzida oila qurmay yashayotgan xalq yoki elat bo‘lmasa kеrak. Dunyoning qaysi burchagiga bormang o‘sha joyda xalq bor, millat bor, albatta oila bor.


Oila qadim-qadimdan o‘sib kеlayotgan yosh avlodga ajdodlardan qolgan milliy udumlarimiz, milliy tarbiya, ma'naviy dunyoqarashlarni shakllantiradigan, odob-ahloq, ezgu niyatlar, qadriyatlar, eng buyuk insoniy fazilatlarni еtkazuvchi muqaddas dargohdir.



Axborot erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari (2)

Блог им. behzodbek

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis palatalarining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida taqdim etgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ommaviy axborot vositalarining yanada taraqqiy etishida yangi ufqlarni ochdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, konsepsiyada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlash yo‘nalishida belgilab berilgan strategik vazifalar milliy axborot makonimizning jahon axborot maydoni bilan integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi.


 


E'tiborga molik jihati, mazkur konsepsiyada soha ravnaqiga xizmat qiluvchi bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan ushbu qonunlarni ishlab chiqish, qabul qilish va hayotga joriy etish, o‘z navbatida, bu borada olib borilayotgan davlat siyosatining huquqiy kafolatlari mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalarining emin-erkinligi va mustaqilligini amalda ta'minlash, ularning tom ma'noda «to‘rtinchi hoki­miyat»ga aylanishlari yo‘lida barqaror qonuniy asos sifatida xizmat qilishi tabiiy.


Axborot erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari (1)

Блог им. behzodbek

Bugungi kunda O‘zbekiston erishayotgan yuksak marralar zamirida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li — “o‘zbek modeli” nechog‘lik katta ahamiyat kasb etayotganini nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat ham havas va hayrat bilan e'tirof etmoqda.


 


 


Yangi davlat, yangi jamiyatni barpo etishda ushbu tamoyillarning hayotga izchil tatbiq etilayotgani, aynan bu jabhada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining kuch va imkoniyatlariga tayanilayotgani, bu borada soha xodimlariga barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotganini alohida ta'kidlash joiz.


 




Xususan, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq axborot sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib, eng avvalo, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalariga to‘liq javob beradigan mustahkam qonunchilik bazasi shakllantirildi. Bu boradagi huqu­qiy kafolatlar, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida qat'iy belgilab qo‘yilganini alohida ta'kidlash joiz. Xususan, Bosh Qonunimizning 29-moddasida har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi, o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega ekanligi o‘z aksini topgan. Yoki 30-moddada barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi shart qilib qo‘yilgan. Va nihoyat, Konstitutsiyaning “Ommaviy axborot vositalari” deb nomlangan XV-bobining 67-moddasida ommaviy axborot vositalarining erkin ekanligi va qonunga muvofiq ishlashi, ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi, senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi eng demokratik normani ko‘rishimiz mumkin.


Toshkent davlat sharqshunoslik institutida yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun o‘tkazilgan tadbir haqida

ToshDSHI
Илм-фан

Yoshlarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini, shuningdek, mustaqil davlatchilik, uning suvereniteti, ichki va tashqi siyosatiga nisbatan bo‘layotgan ma’naviy mafkuraviy tahdidlarga nisbatan doimo ogohlik va hushyorlik ko‘nikmalarini takomillashtirishga, xususan, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ilmiy seminar o‘tkazildi.