топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Diniy-ekstremistik va destruktiv g‘oyalarga qarshi:

Diniy-ekstremistik va destruktiv g‘oyalarga qarshi kurash hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish omillari

Tarixdan ma’lumki, muayyan kuchlar va shaxslar dinni asos qilib, o‘zaro qonli urushlarga da’vat etganlar. Buning fojiali oqibatlari esa barchaga ma’lum. Afsuski, bunday urinishlar hozir ham yo‘q emas. Ammo qurol emas, undan foydalanadigan inson o‘q otishini, dinlar emas, odamlar o‘zaro urushishini yodda tutish zarur. Hatto “dinni tarqatish shiori” ostida olib borilgan urushlarda ham din emas, balki ana shu shiorning amalga oshiruvchisi bo‘lgan insonlar aybdor ekani aniq. Zero, din doimo insoniyatni taraqqiyot sari chorlab kelgan.