топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Dasturchilar:

Ada Lavleys - jahonning ilk ayol dasturchisi

Matematika fani «erkaklar shug‘ullanadigan soha» bo‘lib hisob­langan davrlarda, ziyoli, badavlat kiborlar muhitida tarbiyalanib, voyaga yetgan Ada Lavleys keyinchalik kompyuter fani (yoki informatika) deb atalgan soha bilan shug‘ullana boshladi. Bu davrda odatda, Londondagi ziyoli, kiborlarga xos oilalarda tarbiyalangan qizlar hashamatli xonadonlarda tashkil etiladigan zi­yofatlar, «bal» oqshomlariga tashrif buyurish hamda badavlat, obro‘li insonlarga turmushga chiqishni orzu qilardilar. Ada Lavleys esa ucha oladigan apparatni loyihalashtirish orzusida edi. U yangi ixtirolar haqidagi nashrlarda chop etilgan maqolalarni mutolaa qilar, orzusidagi bug‘ asosida ishlaydigan dvigatelli qurilmani yaratish haqida xayol surar, chuqur