топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Darsliklar:

10-синф дарсликлари ХТВ веб-саҳифасида

Илм-фан
ZiyoNET ахборот-таълим порталининг “Кутубхона” бўлимида 10-синф ўқувчилари учун мактаб дарсликларининг электрон талқини юклаб олиш учун тақдим этилган ҳақида хабар берилган эди.

Fidoiylar doimo e’tiborda

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Mustaqillik yillarida yurtimizning barcha sohalarida tub o’zgarishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Bugun mamalakatimizda barcha sohalar milliylik va zamonaviylik uyg’unligi asosida rivojlanib bormoqda. Dunyoda joriy etilayotgan har qanday yangilik bizga ham albatta milliy mintalitetimizdan kelib chiqqan holda joriy etilmoqda. Shunday o’zgarish va yangiliklar ko’plab joriy etilayotgan sohalardan biri bu ta’lim sohasidir. Yurtimizda yosh avlod tarbiyasi davlat siyosati darajasida va yoshlarga oid siyosatning asosiy qismi esa ta’lim sohasi bilan bevosita bog’liq. Bugungi kunda ta’lim sohasida ulkan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, maktab, kollej va oliy o’quv yurtlarida o’quvchi talabalarni o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bugun bu o’quv qo’llanmalari zamon talablariga xos tarzda va milliy an’analarimiz ruhida eng ilg’or tajribalar asosida yaratilishi sir emas. Bu sohaning ham o’ziga xos qiyinchilik va mashaqqatlari bor. Bu yo’nalishda xato qilib bo’lmaydi, chunki bu millatimiz yoshlarining tarbiyasi va dunyoqarashi bilan bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda darsliklar yaratish bilan shug’ullanayotgan fidoiy ustoz va mutaxassislarimizning mehnati yetarlicha e’tirof etilmoqda. Ular mehnatlariga yarasha taqdirlanmoqdalar.


 



Darsliklarga qo'yilgan talablar va muammolar

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
Pedagogika va xususiy metodika fanlari tizimida darslik masalasi asosiy mavzulardan biri sanaladi. Shu sababli, oliy o`quv yurtlari uchun nashr qilingan pedagogika, xususiy metodika darsliklarida, o`quv qo`llanmalarda umumiy o`rta ta’lim va o`rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun yozilajak darsliklarga alohida o`rin berilgan. Bu, albatta, tushunarli. Axir, maktab, litsey, kollej o`quvchilari darslik tufayli bilim oladilar. Ayni, vaqtda darslik o`qituvchilarning bilim berish vositasi hisoblanadi. O`quvchi nimani o`rganishi, o`qituvchi nimani o`rgatishi, pirovard, darslikka borib taqaladi. Modomiki shunday ekan, darslikning tuzilishi, mazmuni uning metodik apparati qanday bo`lishi kerak, degan muammo pedagoglar, psixologlar, metodistlarni doimo qiziqtirib  kelgan.
 Birinchidan, darsliklar “Ta’lim to`g`risida”gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlanishi kerak.