топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bayram:

“Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarga erishishimizning muxim kafolatidir” shiori ostida o’tkazilgan “kitob bayrami”

Илм-фан
Jizzax davlat pedagogika institutida Jizzax viloyat xokimining 2018 yil 21-maydagi 01-983 “O’zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasining 2018 yil 18-maydagi “Respublika Kitob bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi 01-01/1-2326-sonli yig’ilish bayoni ijrosini

Muqaddassan muqaddas ayol!

Samarqand davlat chet tillar institutida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Muqaddassan muqaddas ayol! deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayram tadbirida barcha xotin-qizlarga institut oshxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi.
 Bayram tadbirini

Kitob bayramidan taassurotlar!

 
Kitob bayrami munosabati bilan Ziyonet ta'lim tarmog'i hodimlari 26 may sanasida G'ofur G'ulom nomidagi istirohat bog'iga tashrif buyurdi. Kitobga bo'lgan qiziqish va talab yuqori ekanligi bizni quvontirdi. O'z tashrifimizni «Yangi asr avlodi» nashriyotining mahsulotlari bilan tanishishdan boshladik. Nashriyot tomonidan taqdim etilayotgan kitob turlari, sifati va best sellerlarning ko'pligi ko'zlarni shoshirdi. Bu kabi nashriyotlardan O'qituvchi, Davr press, Fan, Hilol nashr, Sharq, O'zbekiston,  Bo'ston, Akadem nashr, Cho'lpon, Tafakkur qanoti, Kamolot kutubxonasi, Bayoz,  Fan va texnika, Mumtoz so'z kabi nashriyotlar o'z kitob  va jurnal mahsulotlari bilan qatnashdilar.

Ona tilim – afsona tilim, jonu jahonim dilim

Илм-фан
“Ko’ngil maxzaning qulfi til va ul qulfning kalidin so’z bil”. Darhaqiqat, hazrat Navoiyning purma’no hikmatlarida aytilganidek, qalb xazinasining qulfi bu til, ana shu qulfni ochuvchi kalit so’zdir. Hazrat Navoiy bu fikrni o’z hayoti va faoliyati davomida nechog’lik haqiqat ekanini amalda isbot etdi.

Shu yilning 21-oktabr kuni O’zDSMI ning O’quv teatrida O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligiga 27 yil to’lishi munosabati bilan “Ona tilim-afsona tilim, jonu jahonim dilim” mavzusida ilmiy-ijodiy, badiiy kecha bo’lib o’tdi. Bu institutimizda har yilgi an’anaga aylangan.

MEHR-MURUVVATLI BO`LAYLIK

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

     Samarqand davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya bo’limi  jamoasi Samarqand shahridagi 6-son mehribonlik uyida “MEHR-MURUVVATLI BO`LAYLIK”  deb nomlangan yangi yil bayram tadbiri o`tkazdi.


Unda SamDU murabbiylar kengashi raisi  Jo`rayev O`., Biologiya bo`limining barcha guruh murabbiylari va guruhning faol talabalari hamda  mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qatnashdilar.



Navro’zi olam

JizDPI
Илм-фан


 


Viloyat markazi Jizzax shaxri har qachongiga qaraganda o’zgacha yasangan. Maydon va xiyobonlarda, maxallalar va ko’chalarda, oilalarda tantanavor ruh hukmron.Chunki o’lkamizga NAVRO’Z keldi.  Bugun ana shunday qutlug’ ayyom viloyat markazidagi Yoshlar forumi majmuasidan boshlab, barcha xiyobon va go’shalarda keng nishonlandi.



Go’zallik va nafosat bayrami

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Samarqand davlat chet tillar institutida 2014 yilning 5-mart  kuni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “8 mart — go’zallik va nafosat bayrami” deb nomlangan kecha bo’lib o’tdi.


Bayramga institutda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlar, shuningdek, institutda ko’p yillar halol mehnat qilib, hozirda nafaqada bo’lgan faxriy o’qituvchilar ham taklif etildi.


Bayram tadbirini institut rektori, professor Sh.Sirojiddinov ochdi va barcha xotin-qizlarni jamoa nomidan bayram bilan tabriklab, yurtimiz ilm-faniga munosib hissa qo’shgan va hozirda faoliyat olib borayotgan olima ayollarga, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy sohani olib borayotgan ayol-qizlarga qimmatbaho esdalik sovg’alari, faxriy yorliqlar hamda anvoyi gullar taqdim qildi.  


Tadbir davomida so’zga chiqqan faxriy onaxonlar ko’rsatilayotgan hurmat-e’tibor uchun kecha tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bayram tantanalari kuy-qo’shiqlar va raqslar jarangi ostida bo’lib o’tdi.


Tadbirdan lavhalar:


P3050082


 


 


P3050165


 


P3050117


 


P3055313

Siz bilan munavvar olam

Блог им. shirincha2011

Ko’rku nafosatin ta’riflash mahol,


Go’zallik, poklikka eng loyiq timsol.


Mehru muhabbati chashmadek zilol,


Sadoqat vafoga har doim misol.


Chin so’zni aytganda olmangiz malol,


Dunyoda eng aziz siymodir ayol.


 


Qalblami yashnatar guldek nafasi,


Olamda yagona mehrin shu’lasi.


Yaratganni bizga ulug’ tuhfasi,


Baxtiyor onlaming orzu-havasi.


Hamisha ortidan nur sochgan bahor,


Dunyoda eng aziz siymodir ayol.



8 Martga sovg`alar

Maslahat.uz
Yurtimizda bayramlar ko`p va ular bir-biridan o`z shukuhi bilan ajralib turadi. Yil davomida oila a’zolarimiz bilan juda ko`p bayramlarni ko`tarinki kayfiyatda nishonlaymiz. Shunday bayramlar orasida barchamizning quvonishimizga sabab bo`luvchi bayram – 8 mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami. Ushbu bayram barchadan ayollarga alohida e’tiborni talab qiladi.  ...Batafsil

Yangi Yilni kutib olish

Maslahat.uz
Yangi yil bayramiga ham oz qoldi. Siz bayramni qanday kutib olish haqida o’ylayapsizmi? Bayramni hamma har xil kutib oladi. Kimdir, saylgohda, restoranda, yana kimdir do’stlar bilan, ammo oila davrasida kutib olishga nima yetsin. Agar oila a’zolaringiz bilan Yangi yilni qanday qilib qiziqarli o’tkazishni o’ylayotgan bo’lsangiz maslahatlarimiz faqat siz uchun. ...Batafsil


Facebook.com/Maslahat.uz