топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bahor:

Navro'z

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Navro'z ayyomi tabiat bilan ruhiyatimizga yangila nish olib kirdi. Ko'tarinki o'tkazilgan bayram sayllari taassurotlari esa har bir qalbda bir umrga muhrlanajak. Zero, tinch va osoyishta yurtga yarashiqli sayllar barchamizga mehr-muhabbat bag'rikenglik, birdamlik va ahillik tuyg'ularimizni qonimizni singdirishga qodir. Bayram tomoshalarini ko'rib

Navro'z- qadimgi va buyuk an'ana

Шеърият ва адабиёт
Bahor…
Bu faslning ko'rki o'zgacha. O'lkamizga ko'klam  nafasi kirib kelishi bilan momolarimiz qadim-qadimdan ota-bobolarimizdan qolgan buyuk meroslarimiz bo'lmish: besh tosh, kurash, uloq kabi o'yinlarimiz haqida so'zlab beradilar. Mard, jasur o'zbek o'g'lonlari kurashda, arqon tortishda o'z maxoratlarini sinovdan o'tkazadilar. Jajjigina bolalar esa tomlarga chiqib varraklar uchiradilar. Farishtadek go'zal qizlarimiz  milliy taomlarimiz bo'lmish: osh, ko'k somsa, ko'k xonim, chalpak kabi taomlarni tayyorlashga oshiqadilar. Momolarimiz doshqozonlarda sumalak tayyorlab, duolar  o'qiydilar.

Савоб ишни ҳар кун қилиш керак

Илм-фан
      Она заминимизга қадимий ва навқирон байрамимиз “Наврўз” нафаси кириб келиши билан жаннатмакон юртимизнинг табиати, далалари, қир-у адирлари, кундан-кун яшил либос кийиб чирой очиб боради. Бу гўзалликни кўрган ҳар бир инсоннинг кўзи ва дили қувнамасдан иложи йўқ. Бу даврда барча бободеҳқонларимиз қўлларига кетмон олиб, ободонлаштириш, боғ яратиш мақсадида белларини маҳкам боғлашади.

Obod manzillar

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

О‘zbek xalqida shunday maqol bor – “Obod uyda pok odamlar yashaydi”. Darhaqiqat, xalqimiz qadim-qadimdan tozalik, ozodalikka katta e’tibor qaratib keladi. Millatimizga xos bо‘lgan bunday umuminsoniy qadriyat, ayniqsa, tabiatning yasharish, yangilanish fasli bо‘lmish bahorda yanada keng tus oladi. Qishning sovuq bag‘ridan chiqib, bahorning iliq taftiga hamma talpinadi, о‘zi ham tabiat yanglig‘ yashara boshlaydi. Kishilarimizdagi bunday kо‘tarinki kayfiyatga mamlakatimiz bо‘ylab о‘tkazilayotgan umumxalq hasharining uyg‘un tushganligi bois, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti a’zolari – murabbiylar, xodimlar va talabalar, 15-16 mart kunlari tabiat muhofazasi, atrof-muhit ozodaligi ishiga о‘z hissalarini qо‘shishdi.


 



Bahor

Блог им. shirincha2011

Oshiqaman sen tomon,


Mushtoq qalb senga hamon,


Sog’indim juda yomon,


Intizoringman bahor!


 


G’unchalar kabi kulsam,


Shabnam labida o’lsam,


Gar suvsiz qolib so’lsam,


Bir bemoringman bahor!


 


Hushboy gullarning bo’yi,


Qalbimning nafas uyi,


Kel qilamiz gul to’yi,


Gulag zoringman bahor!


 


Yaproqla yuzim silay,


Allohdan ko’rking tilay,


Husningga ta’zim qilay,


Yo’qqa boringman bahor!


 



Balandqishloqda boychechak to'yi(2)

Блог им. Nurjahon

Xonadon sohiblari boychechak jarchilariga ataganlarini berishadi. Lekin hech kimga “ko‘p berding” yoki “kam berding”, deyilmaydi. Har kim kuchi yetganicha. Ammo jarchjilar kimdan qanday qilib ko‘proq undirishning yo‘lini bilishadi:


 


Boychechak aytgan bilan to‘yamizmi?


Qadimgilar odatini qo‘yamizmi?


Bo-oychechak,


                      bo-oychechak,


                                           bo-oychechak ...


 


Jarchi bolalar oilasida o‘g‘il farzandi bo‘lmagan xonadon eshigini qoqishadi:


Balandqishloqda boychechak to'yi(1)

Блог им. Nurjahon


Har yili eski hisob bilan dalv oyining oxirlari – hut oyining boshlarida, hali qahraton qishning sovuq nafasi to‘la qaytib ulgurmagan, lekin kunlar asta-sekin iliy boshlagan ko‘klamoldi kunlarning birida, kun qaytib, qosh qoraygan bir paytda Balandqishloq ko‘chalarini to‘ldirib yurgan bolalarning sho‘x qo‘shig‘i butun qishloqnin tutadi:


 


Qattiq yerdan qatalab chiqqan


                                               bo-oychechak,


Yumshoq yerdan yumalab chiqqan


                                               bo-oychechak ...


 


Sokin kechalarning malikasi – oy shu keshasi chakkasiga yulduzlardan gulchambar taqadi. Yulduzlar boychechakning jamoliga havas qilganday jimirlashadi. Bahorning ilk darakchisi – boychechakni qo‘lida avaylabgina tutib olgan jo‘raboshi bor ovozicha qo‘shiqni davom ettiradi. Jo‘raboshi aytgan har ikki misra qoshiqdan so‘ng boshqa bolalar jo‘r ovozda qiyqirishasi:


 


Bo-oychechak,


                      bo-oychechak,


                                           bo-oychechak…


...Har kuning o'lsin Navro'z!

Наврўзинг муборак Ўзбекистоним!
Жамият


















Navro’z — mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarda Navro’z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o’ylari, go’zallikka, nafosatga bo’lgan munosabatlari ifodalangan. Ushbu xosiyatli bayramni nishonlashning o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular davrlar o’tishi bilan mazmunan boyib, takomillashib kelmoqda.

Navro’z bayrami munosabati bilan mamlakatlararo urush-janjallar to’xtatilgan, urushganlar yarashgan, gina-gudratlar unutilgan, ota-ona, qarindosh-urug’lar, keksalar, kasalmandlar sovg’a-salom bilan yo’qlangan, yangi kiyimlar kiyilgan, turli-tuman Navro’z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, ko’chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda sayilar, o’yin-kulgi, askiyabozlik, qo’chqor, xo’roz urushtirish, kurash, ko’pkari o’tkazilgan, teatr tomoshalari tashkil etilgan.