топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Amir Temur:

Sohibqiron Amir Temur xotirasi yodga olindi

2018 yil 9 aprel kuni Amir Temur tavalludining 682 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda Samarqand shahridagi barcha tashkilot, korxona, muassasalar qatori Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati hamda 50 nafar talabalaridan iborat

“Sohibqiron Amir Temur–tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi”

Joriy yilning 7 aprel kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur –tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Amir Temur Xalqaro fondining raisi N.N. Xabibullaev,

Amir Temur – buyuk jasorat sohibi

2017 yil 11 aprel kuni institutda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk jasorat sohibi” mavzusida madaniy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov kirish so’zi bilan boshlab, Amir

Amir Temur – ilm-fan va madaniyat homiysi

Илм-фан
Biz tarixni nima uchun о‘rganamiz? О‘tmishni yaxsha о‘rgansak, kelajakka dadil qadam qо‘yamiz, tarixda kelajak bor. Tarixni qancha yaxshi bilsak, oldinda qiladigan ishlarimizni tasavvur eta olamiz.
Tarixdagi ulug‘ shaxslar hayoti va ular yashagan davrni о‘rganish bugungi kunimiz uchun g‘oyat muhimligini, ularni bilishimiz, zamon bilan bog‘liqligini tuygan holda, yosh avlodga ajdodlarimizning hayot va ijod yо‘lini о‘rnak qilishimiz lozim. Tarixga haqqoniy qarash, buyuk ajdodlarimizni о‘qib-о‘rganish istiqlolimiz sharofati bilan yuzaga chiqdi. Ularning yurtimiz, millatimiz uchun, bobolarimizning asrlarga tatigulik amalga oshirgan ishlarini Vatanimizda о‘rganish bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

“Sohibqiron Amir Temur–tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi”

номли блог ttymi-man
Joriy yilning 7 aprel kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur –tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Amir Temur Xalqaro fondining raisi N.N. Xabibullaev,

Amir Temur xotirasi yodga olindi

2017 yil 9 aprel kuni Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Amir Temur haykali poyiga gul qo’yish tadbiri bo’lib o’tdi.
 Tadbirda Samarqand shahridagi barcha tashkilot, korxona, muassasalar qatori Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati hamda 50 nafar talabalaridan iborat

9 aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

9 aprel kuni poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Amir Temur – xalqimiz tarixi solnomasidagi najotkor qahramonlardan biri. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviy tiklanish va yangilanish islohotlarini ulug‘ ajdodlarimizning muborak nomi, boy merosi, xotirasi va tarixiy siymosini tiklash asosiga qurdi. Buning samarasida xalqimiz har yili Sohibqiron tavallud topgan kunni ulug‘ ajdodimiz xotirasiga ehtirom sifatida keng bayram qilmoqda.

Amir Temur- buyuk va ulug' sarkarda

Шеърият ва адабиёт
Shu o'rinda buyuk bobolarimizning ma'naviy olami xususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur xaqida alohida to'xtalishimiz tabiiydir. Chunki tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo'lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o'zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochdi.
Islom  Karimov

Amir Temur shaxsiga bir nazar

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

9 aprelda yurtimiz bo'ylab Amir Temur tavalludining 679 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan biz “Sohibqiron” deya ulug’lanuvchi, buyuk davlat asoschisi, sarkarda va noyob fazilatu xislatlar egasi bo`lmish Amir Temur shaxsi haqida to`xtalib o`tamiz.
Keling, siz bilan o’tgan dunyo ahliga ma’lum va noma’lum bo’lgan Amir Temur shaxsiyatini yana bir karra kashf etaylik. Bunda biz asosiy manba sifatida, Amir Temur bilan uchrashish baxtiga muyassar bo’lgan va shu asosida o’zining 2 qismdan iborat “ Amir Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” asarini yozgan arab tarixchisi Ibn Arabshoh fikrlarini, shuningdek, afrikalik tarixchi, jamiyatshunos olim Ibn Xaldunning Sohibqiron bilan bo’lgan suhbati asosida yaratilgan “Amir Temur va Ibn Xaldun”1 kitobigi lavhalarni ham ko’rib chiqamiz. Dastavval Ibn Arabshoh tasviridagi chizgilar: “U bexato fikrli, farosatli, ulug’vorligi, qat’iy so’zlovchi, boshiga kulfat tushganda ham haqgo’y kishi edi. U birovdan bir gap eshitganda dalil talab qiladigan, zimdan qarash va ko’z ishoralarini sezadigan idrokli kishi edi.” Dastlabki chizgilardan ko’rinib turibdiki, Sohibqiron o’ta sinchkov va sezgir, qolaversa, mamlakatida haqiqat va adolatni o’rnata olgan buyuk shaxslardan biri edi.

САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИДА БУЮК САРКАРДА ВА ДАВЛАТ АРБОБИ АМИР ТЕМУР ТАВАЛЛУДИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ТАДБИР ЎТКАЗИЛДИ

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
3 апрель куни Самарқанд давлат университетида буюк саркарда ва давлат арбоби Амир Темур таваллуд кунига бағишлаб Республика Ёзувчилар уюшмаси вилоят бўлими билан ҳамкорликда Ўзбекистон халқ ёзувчиси Муҳаммад Алининг «Улуғ салтанат» роман-тетралогияси тақдимоти ўтказилди.

Амир Темур даврида разветка ва контирразветка

JizDPI
Илм-фан

Бугунги кунда тарихимизга бўлган муносабат ўзгача тус олмоқда. Маълум бир вақт айрим тарихий шахсларимизга нисбатан нохақ фикрлар билдирилган. Жумладан, Амир Темур ва унинг қилган ишлари собиқ совет ҳукмронлиги даврида қораланган. Ваҳоланки Амир Темур қилган ишлари ниҳоятда тақсинга сазовордир. Унинг даврида жамиятнинг барча жабҳаларида ривожланиш бўлган. Ҳар бир соҳага ниҳоятда синчковлилик билан қараган. Айниқса унинг разведка ва контурразветка масалаласидаги ишлари таҳсинга сазовордир.      


Буюк саркарда Амир Темур салтанатини тузишда махфий хизмат-разветка ва контрразветкадан унимли фойдаланган. Соҳибқирон ҳаётидаги кўпгина сирли воқеалар ана шу махфий хизмат билан боғлиқдир. Махфий хизмат ҳақида ўша даврдаги манбаларда аниқ бир маълумотлар берилмаган бўлсада лекин Амир Темур ҳақида ёзилган китоблардан оз бўлсада малумотлар олишимиз мумкин.



Amir Temur tavalludining 678-yilligiga bag`ishlangan “Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz” mavzusidagi ochiq dars bo’lib o’tdi

Nizomiy nomidagi TDPU
Илм-фан

Bugun mamlakatimizda buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 678 yilligi keng nishonlanmoqda. Joylarda turli anjuman, ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. Nizomiy nomidagi TDPU O’zbek tili va adabiyoti fakultetida namunaviy ochiq murabbiylik darslarini o’tkazish an’anaga aylangan.



Amir Temur tavalludining 678 yilligiga bag’ishlangan ochiq axborot va murabbiylik darsi 102- guruh tashabbusi bilan o’tkazildi. Guruh murabbiyi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Gulbahor Ashurova Amir Temurning dunyo tamaddunida tutgan o’rni, hayoti va faoliyati haqida gapirib darsni ochib berdi. Shundan so’ng noana’naviy sahnalashtirilgan kompozitsiya talabalar tomonidan ijro etildi. Sahna ko’rinishi ozarbayjon yozuvchisi Yunus O’g’izning “Amir Temur” romani asosida sahnalashtirildi. Unda Amir Temur va ustozi Sayid Baraka obrazilari yorqin yoritib berildi. Amir Temurga bag’ishlangan she’r, qo’shiq, deklamatsiyalar talabalar tomonidan jonli ijro etildi.



Tadbir O’zbek tili va adabiyoti fakulteti binosining “O’zbekiston-Ozarbayjon” do’stlik xonasida bo’lib o’tdi. Tadbirda ozarbayjonlik mehmonlardan “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Gulu Kengerli, Kifoyatxonim Pirmamedova, Salamaxonim Fatalievalar ishtirok etishdi. Shuningdek, “Ozarbayjon-O’zbekiston” do’stlik jamiyati ijrochi direktori E.Nuriddinov, universitet xalqaro bo’lim rahbari I. Shamsmuxammedov, fakultet dekani I.Azimov, dekan muovini G. Jo’raeva, kafedra mudirlari K.Mullaxo’jaeva, M.Saparniyozova, S.Muhammedova, R.Niyozmetova va E.Abduvaliev,guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi.Ushbu ochiq dars nihoyatda qiziqarli va mulohazalarga boy tarzda o’tdi. U barcha ishtirokchilarda katta taa’ssurot qoldirdi. Dekan va kafedra mudirlari darsni tashkil etilishi, yutuqlari haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. “O’zbekiston-ozarbayjon” do’stlik xonasida o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlar G. Ashurovaning tashabbusi ekanligi e’tirof etildi.