топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ajdodlar:

Institutda o’tkazilgan ma’naviy tadbir haqida

Andijon qishloq xo'jalik instituti
Илм-фан

2015 yil 11 fevral kuni institut tantanalar saroyida institut “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashi bilan hamkorlikda mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud ayyomining 574 yilligi, shoh va shoir, tarixchi, Vatan madhi kuychisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan “O’rta asrlar sharq allomalari tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli” loyihasi asosida “Ajdodlarimizning mo’’tabar nomlari, ijodiy meroslarining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi millatimizning g’ururi, sha’nu sharafidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.