топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

кексалар ардоғимизда:

Ёшларда кексаларни қадрлаш ва эъзозлаш каби миллий фазилатларни шакллантиришда таълим тизимининг тутган ўрни ва роли

Ҳар йили Конституция куни арафасида Президентимиз ташаббуслари билан янги йилни Инсон ва унинг манфаатлари билан боғлиқ ҳолда Оила, Аёллар, Соғлом авлод, Оналар ва болалар, Карияларни қадрлаш, Обод маҳалла, Ижтимоий ҳимоя, Ёшлар йили, Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили, Баркамол авлод йили, Кичик бизнес ва тадбиркорлик йили, Мустаҳкам оила йили деб эълон қилиниши эзгу анъанага айланди. Бунинг маърифий аҳамияти шундан иборатки, йил давомида алоҳида дастур асосида одамларнинг турмуш фаровонлигини янада яхшилаш йўлида кўпдан-кўп хайрли ишлар амалга оширилади. Бу эса асосий қонунимиз ҳамиша халқимизга    хизмат қилиб келаётганидан далолат беради.


Ahillikda hikmat ko‘p

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Totuvlik va o‘zaro hamjihatlik oilalardagi sog‘lom muhitni ta’­minlab berishi barchamizga ma’lum. O‘zidan tingan, farzandlarini uyli-joyli qilib, tinch va osoyishta umr kechirib kelayotgan otaxonu onaxonlarga har qancha havas qilsak arziydi. «Istiqbol» MFYda yashovchi Akbar Sunnatillayev va Fotima Sunnatillayevalar xonadoni shu jihatdan mahalladagi namunali oilalardan biri.
76 yoshni qarshi olgan ota­xon va 68 yoshli Fotima momo bizni sa­­mimiy tabassum bilan qarshi olish­di. E’­tirofga loyiqligi, ular­ning har ik­ka­lasi ham pedagog. A. Sun­natillayev qirq yilga yaqin xalq ta’­limi so­ha­sida mehnat qilgan. Turmush o‘rtog‘i esa o‘t­tiz yilga yaqin tu­mandagi mak­tab­lar­da rus tili va ada­biyoti fa­ni­dan dars bergan. Shu bois, ta’­lim sohasi fi­doyilari bilan suhbati­miz, av­va­lo, ushbu jab­hada amalga oshi­ri­la­yotgan is­lo­hot­lar, ulkan o‘z­ga­rishlar haqida bo‘ldi.

2018 yildan pensiya uchun ma’lumotnoma yig‘ib ovora bo‘lmaysiz

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
O‘zbekistonda 2015-2017 yillarda «Pensiya» dastur majmuasi negizida pensiya ta’minoti bo‘yicha idoralararo yagona «Nafaqa» axborot tizimi joriy etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19 oktyabr kuni qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan.
«Nafaqa» tizimi qog‘oz ma’lumotnoma va tasdiqlovchi hujjatlar olishni bekor qilishi bilan keksa kishilarga qulaylik tug‘dirishi kerak. Qarorda qayd etilishicha, ushbu tizim pensiya va nafaqalarni ham o‘z vaqtida moliyalashni ta’minlab berishi lozim.
«Nafaqa» Adliya Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, «O‘zarxiv» agentligi, Oliy sud va mamlakat tijorat banklarining axborot tizimlari bilan integratsiyalanadi.

Yurt tinchligi uchun kurashganlar

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Namangan shahrining Yakkasada To’ramirza ota Dadajonov Ikkinchi jahon  urushi  janggohlarida fashizmga qarshi jasorat ko’rsatgan yurtdoshlarimizdan biri. Ayni chog’da keksalik gashtini surayotgan otaxonning xonadoni hamisha  uni yo’qlab turadigan insonlar bilan gavjum. Bugun Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi xodimlari tabarruk qariyaning hovlisiga 15 turga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari jamlamasi bilan kirib kelishdi.
-Bunday e’tibordan biz keksalar doimo e’zozdamiz, deydi To’ramirza ota Dadajanov. Mana yaqindagina “Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandim. Bunday kunlarga faqat shukrona qilishimiz kerak.

Keksalar hayoti — ibrat maktabi

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
2015 yilning «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilinishi munosabatibilan qabul qilingan Davlat dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad, keksalarninghayot darajasi si­fatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941-1945yillardagi urush va mehnat fronti fax­riylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti,tibbiy xizmat ko‘r­satishni takomillashtirish hamda keksalarning jamiyatdagio‘rnini mustahkamlashga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyatga ega.
Bu ezgu ishlarni amalga oshi­rish uchun qulay tashkiliy-hu­quqiy shart-sharoitlaryara­tishga qaratilgan qonunchilik va meyoriy-huquqiy ba­zani yanada takomillashtirishgakat­ta e’tibor qaratildi. Urush va meh­nat fronti faxriyla­ri­ni manzil­li, ijtimoiyhi­moya qilish, yolg‘iz qariyalar hamda nogironlarga ko‘rsa­tila­digan ijtimoiy, maishiyxiz­matlar ro‘yxatini kengayti­rish, ularni tizimli sog‘lom­lash­ti­rish­ni tashkil etish,profilaktika tad­bir­larini ko‘paytirish, ko‘rish va eshi­tish organlari, tayanch-harakattizi­mi, yurak-qon tomir kasal­lik­la­rini davolashning zamona­viy usullari bilanqamrab olish kabi vazifalar belgi­lab berildi.

Ulr borki, hayotimiz fayzli

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Buxoro viloyatining Peshku tumani Malishoyak qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 91 yoshli Rajab bobo Safarovning uyiga Buxoro shahridan bir guruh shifokorlar keldi. Turli zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida o‘tkazilgan tekshiruvdan so‘ng otaxonga uy sharoitida davolanish tavsiya etildi. Albatta, muolaja jarayoni qishloq vrachlik punkti shifokori nazoratida amalga oshiriladi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari hamda Buxoro Davlat tibbiyot instituti professorlaridan iborat kardiolog, terapevt, oftalmolog, stomatolog, urolog, nevropatolog, travmatolog va boshqa shifokorlar guruhlari jalb etildi.

Inson salomatligini asrash – muhim vazifa

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xalqimiz salomatligini asrash, imkoniyati cheklangan keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaydi.
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natilgan Salomatlik poyezdi ana shunday ezgu ishlardan biridir.
Joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizning olis va chekka hududlariga tashkil etilgan shunday poyezdlar tarkibidagi mutaxassislar tomonidan yetti ming nafardan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, aholiga hamda hududlardagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, tibbiy jihozlar, sanitariya-gigiyena vositalari, vitaminlar yetkazib berildi.

Yuz bilan yuzlashganlar hamisha davlatimiz e’tiborida

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Xushxabarning qanoti bor, deyishadi. Haqiqatda, chek-chegara bilmas yaxshi gap elaro tez tarqaydi. Eng ulug‘, eng aziz bayram arafasida xatirchilik Umit momo Yuldasheva muhtaram Prezidentimiz farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangani haqidagi xabar bir zumda dashtu dalalar uzra keng quloch yoydi. Asr bilan yuzlashgan momoning yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lganini eshitganlar uni qutlagani shoshilishdi. Biz yangiliktalab jurnalistlar ham tabarruk onaxon huzuriga otlandik.
Manzil tomon borar ekanmiz, nigohlarni dashtu dalalar ta­rovati o‘ziga maftun etdi. Ay­niq­sa, bepoyon Langartog‘, keng­liklar uzra yastangan qishloq­lar, bog‘u rog‘lar, obod hovli­lar jamoli diqqatimizni tort­di. Bu zamin odamlari yurt ma’murchiligi, ertangi kuni tashvishi va yaratuvchanlik ishqi bilan yonib yashayotganiga, Oltinsoy — haqiqiy fidoyi­lar maskani ekanligiga amin bo‘ldik. Yozning jazirimasi-yu, qishning qahratoniga bardosh berib, tog‘u toshloqlardan rizq-nasiba yaratayotgan inson­lar mehnatiga tasanno aytdik. Bobomeros chorvadorlik va mi­rishkorlik kasbini ulug‘lab, mu­rakkab dasht sharoitida mash­hur Oltinsoy uzumlari, Uchqora mayizlari, ta’mi til­ni yorar lalmi qovun-tarvuz­larni yetishtirayotgan yurt odam­lari hayoti, ularning od­diy turmush tarzi, bu diyor tarovatiga havasimiz ortdi.

Қариси бор уйнинг париси бор

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият

Инсон камолотида оиланинг ўрни ғоят катта. Чунки биз ана шу мўъжаз макон, Ватанимиз ичра кичик Ватан — оилада туғилиб, вояга етамиз. Жамият тараққиётига ҳисса қўшишга қодир шахс сифатида шаклланамиз. Шу азиз макон сари ҳар лаҳзада талпиниб турамиз.Чунки бу маконнинг бағри иссиқ, меҳригиёси, одамни ўзига тортиб турувчи оҳанрабоси, қалбларимизни равшан қилгувчи нурафшон зиёси бор. Бундан ҳам муҳимроғи эса, бизнинг ҳар бир қадамимизни жиддий назорат қилиб, хулқ-атворимизни одамийлик тарозиси ила ўлчаб, яхшиликларга йўллаб тургувчи ота-онамиз, бобо ва бувиларимизнинг меҳр-муҳаббати ҳоким унда. Асрлар давомида шаклланган оила қадрияти миллатимиз учун том маънодаги интеллектуал маънавий мероски, бу маънавий меросни ҳеч қандай моддият билан қиёслаб бўлмайди.

Гўзаллик ва нафосат кўриги

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Жиззахда ўтказилган “Гимнастика барча учун” спорт мусобақасида 10 ёшгача бўлган қизлар ҳамда 50 ёшдан ошган аёллардан иборат жамоалар ўзаро баҳслашди.

Ўзбекистон Республикаси Хотин-қизлар қўмитаси томонидан Маданият ва спорт ишлари вазирлиги ҳамда Гимнастика федерацияси ҳамкорлигида “Кексаларни эъзозлаш йили” Давлат дастури ижроси доирасида ташкил этилган тадбирда Президентимиз раҳнамолигида оммавий спортни ривожлантириш, жамиятда соғлом турмуш тарзини қарор топтириш орқали аҳоли саломатлигини мустаҳкамлашга алоҳида эътибор қаратилаётгани таъкидланди. “Гимнастика барча учун” анъанавий мусобақаси ҳам хотин-қизларни жисмоний тарбия ва спортга кенг жалб этишда муҳим омил бўлмоқда. 

Кексаларни эъзозлаган юрт

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Президентимизнинг 2015 йилни мамлакатимизда “Кексаларни эъзозлаш йили”, деб эълон қилгани кексаларни – хонадонларимизнинг файзу- баракаси бўлган отахон ва онахонларимизни беҳад хурсанд қилди.
 
Бу Юртбошимиз раҳнамолигида ёши улуғ инсонларни, аввало, уруш ва меҳнат фахрийларини эъзозлаб, уларга ҳурмат-эҳтиром кўрсатиш, муносиб турмуш шароити яратишга қаратилаётган улкан эътибор ва ғамхўрликнинг яна бир юксак намунаси бўлди. Мамлакатимиз раҳбари таъкидлаганидек, “2014 йилнинг ўзида уларга Давлат бюджети ҳисобидан 11 триллион 618 миллиард сўмдан ортиқ пенсия, 105 миллиард сўмдан зиёд нафақалар тўлангани бунинг амалий тасдиғидир. Дунёдаги камдан-кам давлатлар қаторида бугунги кунда давлатимиз пенсияга ажратадиган маблағнинг миқдори ўртача ойликнинг 41 фоиздан зиёдини ташкил этиши ҳам шундан далолат беради”.

Ногиронларнинг ҳуқуқлари ҳимояси йўлида

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият

Жисмоний, ақлий, руҳий ёки сенсор (сезги) нуқсонлари борлиги туфайли турмуш фаолияти чекланганлиги муносабати билан қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда ногирон деб топилган ҳамда ижтимоий ёрдамга ва ҳимояга муҳтож шахслар ногирон ҳисобланади. Статистик маълумотларга кўра, дунё давлатларида қарийб 1 миллиардга яқин ногиронлар яшайди.
Мамлакатимизда ногиронларга турмуш фаолияти чекланганлигини бартараф этиш учун шарт-шароитларни таъминловчи давлат томонидан кафолатланган иқтисодий, ижтимоий ва ҳуқуқий чора-тадбирлар тизими ишлаб чиқилган. Жумладан, 2008 йилнинг 11 июл кунидаги “Ўзбекистон Республикасида ногиронларни ижтимоий ҳимоя қилиш тўғрисида”ги Қонун, 2011 йил 30-май кунидаги “2011-2015 йилларда ёлғиз кексалар, пенсионер ва ногиронларни ижтимоий ҳимоя қилишни янада кучайтириш бўйича қўшимча чора тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори, «1941-1945 йиллардаги уруш ва меҳнат фронти фахрийларини ижтимоий қўллаб-қувватлашни янада кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги 2014 йил 13 октябрдаги ПФ-4658-сонли Фармони каби ҳуқуқий ҳужжатлар асосида, давлат ногиронлар турмуш фаолиятининг чекланганлигини баҳолаш асосида уларнинг ижтимоий ёрдам ҳамда ҳимоя чора-тадбирларига бўлган эҳтиёжлари ҳисобга олиниши таъминланишини, ногиронларни реабилитация қилиш ва ижтимоий ҳимоя қилишнинг қонун ҳужжатларида назарда тутилган турлардаги дастурларни амалга оширилишини, ногиронларнинг жамият билан уйғунлашиши учун шароитлар яратилишини, уларни камситишнинг барча шаклларидан ҳимоя қилишни таъминлаш юзасидан зарур чора-тадбирлар кўрилишини кафолатлайди.

Кексаларга барча шароит яратилган маскан

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
Пойтахтимиздаги “Чинобод” санаториясида дам олаётган икки отахоннинг суҳбати диққатимни тортди. 

– Бугунги фаровон ҳаётимизнинг қадри бўлакча. Болалар, неваралар, эвараларимни кўриб ҳавасим келади: ўқияпти, дунё кўряпти. Қайси ишга қўл урмасин, барча имконият бор. Юртимиз тинч -тотув, дастурхонимиз тўкин. 

– Нимасини айтасиз, илгарилари ота-оналаримиз қариликни бўйнига олиб, уйдан ташқарига чиқмас эди. Бугун Юртбошимиз бошчилигида биз, нуронийларга алоҳида меҳр-эътибор кўрсатилаётир. Биз каби кексалар ҳар томонлама қўллаб-қувватланмоқда. Бир йилда бир марта хоҳлаган санаторияда бепул даволаниш имконияти яратилди. Шунинг учун ҳам сизу биз мана шундай роҳатижон масканларда соғлиғимизни тиклаб, мароқли ҳордиқ олиб ўтирибмиз-да. Ёши улуғ инсонларнинг саломатликлари учун қайғуриб, тиббий кўрикдан ўтишимиз, муолажа олишимиз учун елиб-югуриб хизмат қилаётган шифокорларни дуо қиламиз.

Фахрийлар - фахримиз

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Президентимиз томонидан 2015 йилнинг мамлакатимизда “Кексаларни эъзозлаш йили” деб эълон қилиниши юртимизда нуронийлар – хонадонларимизнинг файзу баракаси бўлган отахон ва онахонларимизга бўлган юксак эътиборнинг намунасидир.
Барчамизга маълумки, юртимизда ёши улуғ инсонларни қадрлаш миллий қадрият ҳисобланади. Чунки, кексаларнинг маслаҳат ва ўгитларига амал қилиб яшаш, турмуш фаровонлигимиз ва тинчлик-осойишта ҳаётимиз мазмунига айланган. “Қариси бор уйнинг париси бор”, “Қари билганини пари билмас” каби ҳикматли иборалар неча минг йиллар мобайнида ҳаётда ўз исботини топиб келган ҳақиқат эканлигини яхши англаймиз. Аслида ҳам, бир умр меҳнат қилиб, фарзанд тарбиялаб, эл-юрт корига яраб яшаётган ҳар бир инсон кексайганда ҳурмат-иззат кўриб, эъзозланиб, ҳаётидан рози бўлиб яшашга муносибдир.

Кексалар ҳамиша эхтиромда

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият

Ҳар йилги мустақиллик байрами тантаналари арафасида юртимизда 100 ёшдан oшган нурoний oтаxoну oнаxoнларга муҳтарам Юртбoшимиз фармoнлари асoсида “Шуҳрат” мeдалини топшириш ўзига xoс анъанага айланиб қoлди.
 
Истиқлoлимизнинг 24 йиллиги арафасида ана шундай юксак давлат мукoфoти билан тақдирланган қариялар oрасида Шoфиркoн туманидаги Жўшўра маҳалласи Саврак аҳoли пунктида яшoвчи 105 ёшли Тўxта ая Амoнoванинг ҳам бoрлиги нафақат oнаxoннинг oила аъзoлари, балки бутун маҳалла аҳлининг кўксини ғурур ва ифтиxoрга тўлдирди.
 
Юртимизда инсoн қадри улуғланиб, унинг мeҳнатлари мунoсиб рағбатлантирилиши, ёшликдаги oғир мeҳнатлар, уруш йилларидаги матoнат муҳтарам Юртбoшимиз тoмoнларидан истиқлoл йилларида ўз эътирoфини тoпмоқда.
 
Бухоро вилояти Шофиркон туманидаги Жўшора маҳалласи Саврак аҳоли пунктида яшовчи 105 ёшли онахон 2015 йил “Кексаларни эъзозлаш йили” муносабати билан Давлатимиз раҳбари томонидан “Шуҳрат” мeдали билан тақдирланди.

Кексалар дуосини олайлик

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
 

Халқимиз тилидаги “Қариси бор уйнинг париси бор”, “Қари билганни пари билмас” каби ҳикматли иборалар ҳаётимизга бежиз кириб келмаган. Бу нақлларнинг ҳаётийлиги турмушда аллақачон ўз исботини топган. Чиндан ҳам юртимиз бағри кексалар ақли, ўгити, дуоси-ла обод ва нурафшон, юрт аҳлининг эса бахти баркамол, ҳаёт йўллари сабоқ ва ибрат мактаби. 
Бир умр меҳнат қилиб, фарзанд тарбиялаб, эл-юрт корига яраб яшаётган бундай инсонлар доимо ҳурмат-иззат, эьзозланиб ва азизликка муносиб. Уларнинг ўз ҳаётидан рози бўлиб яшаши, тотли, бахтли ва фаровон турмуш кечиришлари учун эса биз – ворислар масъулмиз.

O‘zbekistonda keksalar gepatit B’ga qarshi 100 foiz emlandi

Арбоблар
Жамият


“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida gumanitar yo‘nalish bo‘yicha 107,8 ming AQSh dollari miqdoridagi 15 mingta grippga qarshi hamda 677 mingta (3,5 million AQSh dollari) gepatit B’ga qarshi vaksina keltirildi va joylarga yetkazildi. 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23-martdan 1-aprelga qadar emlashning 1-bosqichi o‘tkazilgan va keksa yoshdagi 200 ming kishiga xizmat ko‘rsatilgan. 23-apreldan 23-iyungacha bo‘lib o‘tgan 2-bosqichda esa keksalar 100 foiz qamrab olindi.
23-iyundan 1-iyulgacha emlashning 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Avgust va sentabr oylarida tibbiyot xodimlari va talabalar immunizatsiyadan o‘tkazilgan. Ular o‘rtasidagi qamrov 61,2 foizni tashkil etgan va bu boradagi ishlar hali davom etmoqda.

манбаа
 

Кексаларни эъзозлаш барчамизнинг фарзандлик бурчимиздир

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
Мамлакатимизда 2015 йил Кексаларни эъзозлаш йили, деб эълон қилиниши муносабати билан Давлат дастури қабул қилинди
Кексаларни ҳурмат қилиш, уларга эътибор ва ғамхўрлик кўрсатиш жамиятимизнинг ўзига хос юксак маънавий ва маданий белгисидир. Ўзбек халқига азалдан хос бўлган бундай юксак фазилатлар истиқлолимизнинг дастлабки йилларидан мамлакатимизда давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бирига айланди.

Кексалар-хонадонимиз файзу-фариштаси

"2015- yil Keksalarni e'zozlash yili"
Жамият
 


Кўпинча суҳбатлар орасида, “Ота-онангиз ҳаётми?” деб сўрашади, шунда, “худога шукур, ота-онам ҳаётлар” деб жавоб қайтарсак суҳбатдошларимиз бизга хавас билан боқишиб, “ҳақиқатдан ҳам бахтли инсон экансиз”,- дейишади. Шунда беихтиёр кўз олдимизга ота-онамизнинг нуроний чеҳралари келиб, ёруғ хаёллларга чўмамиз.
Қайсики уйда кексалар бўлса, шу уйга гўё кўкдан нур ёғилиб турганга ўхшайди. Қариялар бор уйда тинчлик-хотиржамлик, дастурхонларда файзу-барака, қилинаётган ишларда ривож ва самара бўлади.

Кексаларни эъзозлаш - миллий қадриятларимиздан бири

Қариси бор уйнинг париси бор
Жамият
2015 йил 22 сентябр куни Яшнобод туманидаги “Усмон Носир” маҳалла фуқаролар йиғини мажлислар залида. “Кексаларни эъзозлаш — миллий қадриятларимиздан бири” мавзусида маънавий-маърифий тадбири бўлиб ўтди  тадбирда  ЎзМТДП Тошкент шаҳар Яшнободтуман Кенгаши, “Усмон Носир”маҳалла фуқаролар йиғини раиси ва аёллар қаноти бўлими қатнашди. Тадбирда бизнинг мамлакатимизда кекса авлод вакилларига эътибор ва ғамхўрлик, ҳурмат-эҳтиром, меҳр-оқибат кўрсатиш маънавий ҳаётимизнинг том маънода ажралмас қисмига айлантиришдир.