топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

илму маърифат:

Tunyuquq bitigi. (Urxun bitiglari)

Maqolalar
Илм-фан
1889 yil, kimsasiz Mo‘g‘ul cho‘li, Bepoyon kengliklarda ahyon-ahyonda odam yashaydigan kulbalar uchraydi. Oziq-ovqatni yetarlicha g‘amlamay, uzoq yo‘lga yengnl-yelpi otlangan kishi bu joylarda juda qiynaladi. Daryo sohilidan sovuq shamol esadi. Garchi iyun oyi bo‘lsa ham sovuq shamol suyak-suyakkacha o‘tib ketadi. Otda bukchayib olgan bir necha chavandoz Urxun daryosining chap sohili bo‘ylab ketyapti. Ular ketidan ikki ot aravalarni arang tortib bormoqda.