avatar
Куч
387.19
Рейтинг
+146.29

Kavsar Shirin

Мақолалар

Yor etarsen

Nazm
Kelib pinhona gar oshkor ketarsen,
Berib jonimg`a Sen ozor netarsen?
 
Sargashtai sarnigun ko`ngil uyim,
Faqat Sen gul-u chamanzor etarsen.
 
Gar Seni Mulkingga mulk bo`ldim desam,
Sen meni olamga ag`yor etarsen.
 

ShOHNING SAMARQAND ShAHRIGA ELCHI YUBORIShI VA ZARGARNI KELTIRIShI(8)

"Ma'naviyi masnaviy"

 
Shoh yubordi ul taraf ikki elchi,
Ul ikkisi odil-u haqgo’y edi.
 
Yetdilar to Samarqand ikki rasul,
Topdilar zargarni kim shangi fuzul.
 
“Ey latif ustozi komil ma’rifat,
Ko’p shahar senga bermish ulkan sifat.
 
Shohimiz senga takalluf ayladi,
Zargarlar sardori etib sayladi.
 
Berdi ushbu joma birla zarru siym,
Kelib shohimizga bo’l xosu nadim”.
 

Болалар

Блог им. kawsar
Болалар  тилини
Билинг оналар,
Қалбига сиз қулоқ
Солинг оналар.
 
Болалар кулса,
Дунё кулади...
Юрагида жўшқин
Дунё бўлади....
 
Кўзларига боқинг,
Қайноқ меҳри бор,
Овозида жажжи,
Улкан сеҳри бор.
 

Sulton va kanizak hikoyati (2)

"Ma'naviyi masnaviy"
Bor edi bir shohki bundan ilgari,
Erdi dunyo va dinni ul sardori.
 
Ittifoqo yo’lga otlandi podshoh,
Ovga xos navkarlarin etdi hamroh.
 
Ko’rdi hur qizni-yu podshoh, yo’lida,
Joni taslim bo’ldi gulyuz ko’yida.
 
Jon qushi ham o’rtar edi ul xonni,
O’rniga mol berdi olib jononni.
 
Chun olib qizni, anga yetdi diydor,
Vale taqdir kanizni qildi bemor.
 
Go’yo jabdug’siz eshaging bor edi,
Kelsa jabdug’ eshakni bo’ri yedi.
 
Ko’za bo’lsa suv topilmaydi sira,
Suv topilsa ko’za singaydir, qara. 

Nay hikoyati (1)

"Ma'naviyi masnaviy"
 
 
Anglagil nay ne hikoyatlar  qilur,
Ul judoliqdin shikoyatlar qilur.
 
Aylagach ayro nayistondin bu dam,
Tingladi erkak-ayol hasrat-la g’am.
 
Ayriliqdin pora siyna istaram,
Toki dardim shavqidin sharh aylaram.
 
Kimki ayrilgan erur o’z aslidin,
Istagay takror nishonkim vaslidin. 

Onaga xizmat

Блог им. kawsar
Boyazid Bistomiy hazratlarining hayotlaridan


Boyazid Bistomiy kichikligidan ta’lim olishni boshladi. Qunt bilan o’qishni davom ettirdi. Kunlarning birida bir oyati karimadan ta’sirlanib (Luqmon, 14) uyga qaytdi. Onasidan tashvishlanib, nega erta qaytganining sababini shunday bayon qildi: «Bugun o’rgangan oyati karimada Alloh O’ziga va sizga itoat etishimni amr etibdi. Yo faqat sizning xizmatingizni qilayin yo faqat Alloh taola ibodati bilan mashg’ul bo’layin»- dedi. Onasi: «Sen meni qo’y, Allohga ibodat qil», dedi. Shundan so’ng o’zini Allohga bag’ishladi, hech bir amriga nisbatan sustkashlik qilmadi; onasining xizmatlarini-da e’tiborsiz qoldirmadi. Uning kichkina orzusini ham farzi ayn bilib, aytgan har bir shartini bajo etmoqqa hozirlandi. Zero, Yaratganning amri ham shunday edi.

Sovuq bir qish kechasi bo’ldi. Onasi yotarkan, suv istadi. U ham darhol o’rnidan turdi. Ammo chelakda suv qolmagandi. Chashmaga borib chelakka suv to’ldirdi. Uyga kelganida onasining yana qaytib uyquga ketganini ko’rdi. Shirin uyqusini buzmay deb, qo’lida chelak bilan kutib o’ltirdi. Bir ozdan so’ng, „Suv, suv“, deya onasi yana bezovta bo’lib uyg’ondi. O’g’lining bu holda turganini ko’rib: „Bolaginamey, nega satilni qo’lingda ushlab turibsan“, dedi. U esa, „Uyg’onishingiz bilan suvni sizga bera olishim uchun chelak qo’limda kutayotgandim“, dedi. Onasi: „Yo Rabbim, men o’g’limdan roziman. Sen ham rozi bo’l“, deya duo qildi. Balki, onasining ushbu duolari sabab Alloh unga avliyolikning yuksak maqomiga erishmoqni nasib etdi.

Turk tilidan Buxoriy tarjimasi 

Dunyoni sevmoq

Блог им. kawsar
Bir necha kishi to'planib, «Zolim nafs, xoin dunyo, musibatlarning eng avvali...» kabi sifatlar bilan dunyoni yomonlashar edi. Qizig'i shundaki, ular dunyoni yomonlagani sari kayfiyatlari chog', go'yo boshqa bir olamga «sayr» qilishardi. Ittifoqo, bu majlisga kelib qolgan haqiqiy bir olim ularga: 
— Siz dunyoni naqadar sevishingizga hayron qoldim! — deya xitob qildi. 
Bu gapdan majlis ahli dovdirab qoldi, hamma sukut saqladi. Nihoyat, oralaridagi bir olim chiqib:
— Biz dunyoni maqtamayapmiz, aksincha yomonlayapmiz, basharti dunyoni sevganimizda uni maqtardik. Binobarin, sening bu so'zlaring ma'nosiz, mantiqsiz, — dedi. 

Orif zot shunday javob qildi:
— Yo'q, unday emas. Dunyo sizga yor bo'lmagani uchun ham uni yomonlash bilan qalbingiz taskin topmoqda. agar qalbingizda dunyoga qiziqish bo'lmaganida, u bilan ovora bo'lmas edingiz. Inson sevgan narsasini gapirib tasalli topadi. Siz yomonlash orqali yashirin sevgingizga tarjimon bo'lib, qalbingiz taftini bosmoqdasiz.

Hissa

Til ko'ngil tarjimonidir. Tillar ko'ngillarga bog'langan. Oshiqning fikri nima bo'lsa, zikri ham o'shadir. Qalbi pokiza, komil inson boshqasining qadrini yerga urishni ep ko'rmaydi, biroq voqealarga ibrat nazari bilan qaraydi, kerakli xulosalar chiqaradi. 

Hikmat

Dili pokning — tili pok. 

(Turk tilidan Sanobar Nuriddinova tarjimasi) «Bolalar uchun hikmatli hikoyatlar»

Sukut saqlamoq va gapirmoq

Блог им. kawsar
Aqlli bir yigit bo'lib, uning o'rganishga bo'lgan ishtiyoqi nihoyatda baland edi. Va bu qiziqish ortidan turli xil ilmlarni o'rgandi. Yigit ayni chog'da go'zal bir tabiatga sohib edi. Juda ko'p majlisda qatnashar, ammo bo'lar bo'lmas gaplarga qo'shilmasdi. Qayerda, qachon, qanday gapirishga e'tibor berardi. Yana bir majlisga yig'ildilar. Otasi ham yonida edi. Juda uzun suhbat bo'ldi, ammo yigit gapga aralashmadi. Bu holat otasi e'tiborini tortdi. Majlis tugashi bilan:
— O'g'lim! — dedi. — Sen ham bilgan narsalaring bilan nega bahsga qo'shilmading?
Yigit javob berdi: 
— Qo'rquvdan, otajonim. Bilmaganlarimni so'rab qolishsa juda uyalaman! Donolarning, «Sen gapirmaguningcha hech kimning sen bilan ishi yo'qdir. Ammo, gapirishing bilan so'zingni dalilini keltirishing kerak bo'ladi», — deganlarini eshitmaganmidingiz?

Hikmat

Gapirish foydali va chiroyli narsa bo'la oladi. Ammo sukut undan yaxshidir. Chunki gap inson boshiga bir talay ishlarni sola biladi. 

«Gulistondan javohirlar» kitobidan. 2010, Nasaf.

Билмасдилар

Блог им. kawsar


Зулқарнайн (а.с.) ярим кеча ўз қўшини билан бир ғордан ўтиб борар экан, “Оёғингиз остида учраган нарсалардан олиб кетинг” дея амр қилди. Қўшиндагилардан бир гуруҳи: “Кўп юрдик, жуда чарчаганмиз, энди кечаси билан оёғимиздаги нарсаларни ҳам йиғамизми?” – деб ҳеч нима олмадилар. Иккинчи бир гуруҳ: “Қўмондонимиз айтган экан, бир оз тўплай қолайлик, буйруққа қарши чиқмайлик. Зеро, қўмондонга бўйсуниш керак”, – деб озгина нарса оладилар. Учинчи гуруҳ эса: “Қўмондон бежизга бундай демади, бунда қандайдир ҳикмат бўлиши керак”, – дея тўрваларини тўлгунча қўлга илинган нарсалар билан тўлдирдилар. 
Кун ёришганда қарасаларки, олтин конининг ёнидан ўтишибди. Ва оёқларига теккан нарсалар олтин экан. Буни билганларида эса, ҳеч нарса олмаган биринчи гуруҳ: “Эҳ, нега олмадик а! Нега қўмондонимизнинг гапига кирмадик, қанийди олганимизда… Битта бўлса ҳам олсайдик”, – деб пушаймон бўлдилар. Озгина олган иккинчи гуруҳдагилар: “Эҳ, яна озгина олсак эди. Чўнтакларимизни, халталаримизни тўлдирсак бўлар экан...” – деб қолишди. Кўп олган учинчи гуруҳ эса: “Кошки кераксиз нарсаларимизни ташлаб юборсайдик, кўпроқ олсайдик. Ҳамма нарсаларимизни тўлдирсайдик. Бундан ҳам кўпроқ олиб қолсайдик...” – дея кўп олганларига қарамай барибир хафа эдилар. 
Ҳикмат 
Қаноат қўрғондир. – У ерга кирсанг нафс ёмонлигидан қутиласан. Тоғликдир – у ерга чиқсанг душман ва дўстга қарамликдан халос бўлурсан.
(Алишер Навоий)

(Турк тилидан Сумайро, Муна Холмуродовалар таржимаси)

Kim ko'ruptur bir quyosh...

G'azallar tahlili
Fitnalik to'qquz falak girdingda, jono, turfadur,
Kim, ko'ruptur bir quyosh davrinda mundoq holalar.

Navoiy bu yerda sayyoralarning quyosh atrofida aylanishini nazarda tutmoqda. Sening oldingda to’qqiz sayyora aylanmoqdaki, quyosh bu sayyoralarga markaz bo’lganidan buyon bu holat hali yuz bermagan edi. Sen quyoshdan ham ko’ra nurliroqsanki, natijada to’qqiz falak quyoshning gardishi atrofida emas, balki sening atrofingda aylanmoqda, demoqchi shoir. 

Bordilar ahbobu men yig'larmen o'z ahvolima,
Korvondin qolg'an it yanglig'ki, qilg'ay nolalar. 


Do’stlarim(ahbob) kelishganda meni o’z ahvolimga karvondan qolib ketgan itdek yig’layotganligimni ko’rishdi, deb tasvirlaydi Navoiy o’z lirik qahramonining holatini. Boshqa xabarlarda ko’rsatib o’tganimdek, bu yerda tamsil san’atidan foydalanilgan hamda ushbu san’atni qo’llashga “It hurar –karvon o’tar” maqoli asos qilib olingan. O’tgan asrlarda karvonning o’tayotganligini karvonning iti hurishidan bilishgan ekan. Xudo ko’rsatmasin-u, karvon iti cho’lda qolib ketsa, u o’limga mahkum qilinganligi bilan teng bo’lgan. Sababi cho’lda na suv va na yemak bor. Agarki o’zga karvon tasodif tufayli cho’ldan o’tib itni qutqarib qolmasa, albatta. Karvondan qolib ketgan itni osmonga qarab uvlashdan(nolishdan) o’zga iloji bo’lmagan. Bu yerda, oshiqning ahvoli – “hayot karvoni”dan qolib ketganligiga mengzanilmoqda. 

Ko'hi g'am bo'ldi Navoiy, lolalar-gulgun sirishk,
Tog' agar budur, bale, ashk o'lg'usidur lolalar. 


G’amlarimdan tog’ paydo bo’ldiki, ko’zyoshlarim esa bu tog’dagi lolalardir deb tashbehlaydi shoir. 

Sharh muallifi Nigora opa Umarova

uforum.uz/showthread.php?t=6270&page=10