
Inson xotirasiz nima bo'lishini xayoliga ham keltirolmaydi, ammo xotirasiz umuman oiliy mavjudot bo'lolmasligini biladi. Tirik organizmda va uning har qanday ko'rinishida keng ma'noda xotira, eng bo'lmaganda irsiy xotira bor. Shunday ekan, biz inson xotirasining hajmi, qancha ma'lumot birligini yig'ib va saqlab qolishini, qaytarib berish imkoniyatlarini bilamizmi?
Olimlarning hisoblariga qaraganda, hozirgi EHMning faol va tezjavob xotirasiz 100 000 so'zdan va nofaol, uzoq muddatli xotirasi 300 000 ma'lumot birligidan iborat. Bu imkoniyatlar texnika yutuqlari tufayli har kuni kengayib bormoqda. Inson xotirasi va uning imkoniyatlari esa, o'sha olimlarning hisoblariga ko'ra, 10 milliard ma'lumot birligidan iborat ekan. Bu joyda ta'kidlab o'tadigan yana bir qiziq tomoni shundaki, inson miyasi nihoyatda tejamkor, ya'ni EHMga qaraganda energiyani juda ham kam sarflaydi.
Inson miyasining oddiy holatidan imkoniyatiga kelsak, u -ruhshunoslarning aytishga qaraganda — chegaralangan bir vaqtda 8 ta o'nlik belgini, 7 ta aralash berilgan harflarni, 4-5 ta sonni va 5 ta sinonim, ma'nodosh so'zlarni xotirasida saqlab qola olarkan. Ko'rinib turibdiki, xotiraning narsalarini qabul qilishda uch birlikka teng bo'lsa, son va nuqtalarda 8-9 ga, harflarda 6-9 ga va handasaviy shakllarda 3-8 ga teng. Shunday ekan, biz o'z miyamizning ish faoliyati va uning asosiy xususiyati — xotirani bilamizmi?
Biz har doim o'ylaganimizdan ko'proq ma'lumot birligini yodda saqlab qolamiz, ammo hamisha ham ularni kerakli paytida o'z xotiramizning xazinasida chiqara olmaymiz. Bu shuni ko'rsatadiki, biz xotiramizda juda ko'p ma'lumotlarni saqlaymiz va ulardan iloji boricha faol foydalanamiz, ammo shunday ham bo'ladi: kerakli ma'lumotni bilamizu, lekin xotira xazinasidan chiqara olmaymiz. Bu esa shaxsiy xususiyatlarimiz bilan bog'liqdir.
Mana shu sabablarga ko'ra ba'zilar hozirjavob, boshqalar esa uning aksi bo'ladi. Miya, xotira xususiyalari sababli ba'zilar voqeaning umumiy tomonini, boshqalar esa uning mayda tafsilolarini ham o'z xotirasida yaxshi saqlaydilar.
Xotira xususiyati har bir insonda shaxsiy bo'lib, uning irsiyati bilan ham bog'liq bo'ladi. Tarbiya vositasida olingan malaka, mahorat va hayot tajribasi irsiy xususiyatga ta'sir o'tkazib va takomillashtirib boradi. Demak, biz xotiramizni takomillashtirishimiz va bu borada maxsus mashqlar bilan shug'ullanishimiz mumkin.
Biz xotirani yaxshilash mumkin dedik. Shunday ekan, yaxshi xotiraning asosi nimada? Bu savolga javob shunday bo'ladi. Yaxshi xotira asosi qo'yilgan maqsadda. Maqsad aniq bo'lsa xotira, albatta, kerakli ma'lumotni o'zida saqlab qoladi. Faqat unga yordam berish zarur. Olingan ma'lumot xotiramizda yaxshilab o'rnashishi uchun uni yengil xotiradan chuqur xotiraga ko'chirib, ya'ni ma'lum vaqt o'tishi bilan takrorlab qo'yish kerak.
Bu o'rinda ruhshunos olimlarining tavsiyalaridan bir mana bu: bir narsani bir kunda yuz marta takrorlagandan, yod olish uchun uch oy davomida bir martadan takrorlagan xush natijaliroqdir.
Yodingizda bo'lsin, xotira qabul qilingan ma'lumotni yarim soatdan keyin 40 foizga, bir kun o'tgandan keyin yana 3 foizga va bir oydan keyin yana 21 foizga o'chiradi, kamaytiradi, ya'ni yoddan chiqaradi. Qarabsizki, bir oydan keyin sizning xotirangizda faqat 5 foizgina ma'lumot saqlanib qoladi.
Hafa bo'lmang, yoddan chiqarish bu xotira yomonligidan emas, zero u miyaning eng oddiy, bir vaqtda zarur xotiraviy faoliyati va xususiyatlaridan biridir. Yoddan chiqarilgan ma'lumot xotiralash qobiliyati orqali tezgina qayta tiklanishi mumkin.
Manba: Mahmud Yo'ldoshev «Xotirada saqlash usullari»
Изоҳлар (3)
RSS ўгириш / айлантиришmumtoz
baht1962
mumtoz
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.