топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+70.69
avatar

Зулфияхоним ва унинг издошлари

Батафсил

Зулфияхоним издошиман

Шеърият ва адабиёт
Навоий давлат кончилик институтининг Зулфияхоним қизлари клубига аъзо талаба қизларга  Ўзбекистон Республикаси  Олий ва ўрта  махсус таълим вазирлигининг 2018 17 августдаги  Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил  13 августдаги  «Зулфия номидаги Давлат мукофоти комиссиясининг янгиланган таркибини

Сен баҳорни соғинмадингму

01.03.2018 куни Самарқанд давлат чет тиллар институти АРМ ўқув залида Институт хотин қизлар қўмитаси, АРМ ҳамда барча факултет хотин қизлар қўмитаси ҳамкорлигида 1- март атоқли ўзбек шоираси Зулфияхоним таваллудига бағишлаб “Сен баҳорни соғинмадингму” номли маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Тадбирни институт маънавий–маърифий

San’at osmonining “Mushtariy”si -Zulfiyaxonim izdoshi!

Шеърият ва адабиёт
Ushbu yil ko’klam ayyomining ilk kunlarida poytaxtimizdan xushxabar tarqaldi. U ham bo’lsa Zulfiya nomidagi davlat mukofotining bu yilgi sohibalari nomlari edi. Quvonarlisi, bu safar mukofot ko’plab iqtidorli o’zbek qizlari qatori Mushtariybegim Qurbonovaga ham nasib etdi. Qahramonimiz mukofotni San’at (Tasviriy

Ona qalbi bitmas tuganmas mehr manbayi

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Mana o`lkamizga fasllar kelinchagi bo`lmish bahor fasli yetib keldi.Bu fasl atrofga yashillik ,barchaga yorqin kayfiyat olib keladi.Butun tabiat jonlanib,tog`larda alvon lolalar ochilib ko`zlarni quvnatadi.Bahor fasli o`z maftunkorligi bilan bir qatorda eng go`zal bayramlarga boyligi bilan ham ajralib turadi.Bahorning ilk kuni kirib kelishi bilan

Uyg'onish fasli

Шеърият ва адабиёт
O, bahor keldingmi, Ko’p yo’llar osha,
Shamoldek yeldingmi, Biz tomon shosha?
Sog’indik bildingmi, Qilay tomosha,
Gul taqqan olamga, Senmisan o’sha?!
 
Oftob ham qizita boshladi yerni,
Dehqonbobo artdi manglaydan terni.
Bog’bonlar qadadi yerga niholin,
Zavqlandim niholning ko’rib bu holing!
 
<em style=«mso-bidi-font-style: normal;»

adabiyot

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт
Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi.U Osiyo,Afrika va Yevropadagi o`nlab davlatlarida ham bo`lib,xalqaro xotin-qizlar hamda adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etardi.Yurtboshimiz Islom Karimov ta`rificha,''Uning jahon minbarlaridan yangragan she`rlari Sharq ayolining aqlu zakovati fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida

Баҳор келди сени сўроқлаб

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт

Салқин саҳарларда, бодом гулида
Бинафша лабида, ерларда баҳор,
Қушларнинг парвози, елларнинг нози,
Бахмал водийларда, қирларда баҳор…
 
Қанча севар эдинг, бағрим, баҳорни,
Ўрик гулларининг эдинг мафтуни.
Ҳар уйғонган куртак ҳаёт берган каби
Кўзларингга суртиб ўпардинг уни

Баҳорнинг илк куни 1 март – Атоқли шоира Зулфия туғилган кун

Шеърият ва адабиёт

Зулфия (Исроилова) 1915 йил 1 мартда Тошкент шаҳрида туғилган. Ўзбекистон халқ шоири (1965). Меҳнат Қаҳрамони (1984).
    Шоир Ҳамид Олимжоннинг рафиқаси. Хотин-қизлар педагогика билим юртини тутатган (1931-34).

Mening bobom va buvim-mahallamiz faxri.

Зулфияхоним ва унинг издошлари

                               Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja:
1.     Mehr – muhabbatga sazovor insonlar
2.     Qarisi bor uyning parisi bor
3.     2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”
4.     Men buvimga o’xshashni xohlayman
5.     Mening bobom, buvim­­­­ – mahallamiz faxri
      Hayotimizda shunday insonlar borki, biz ularni e’zozlashimiz va ehtirom ko`rsatishimiz kerak. Bular keksa bobo, buvilarimiz va albatta ota – onalarimizdir. Bizning yurtimizda yashovchi har bir keksa e’zoz va ehtiromdadir. Ularning mehnatlari hamisha davlatimiz tomonidan qadrlanib kelmoqda. Yurtimiz tomonidan ular uchun keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Vatanimizning mustaqillikka, istiqlolga erishishida ularning fidokorona mehnatlari, oqilona fikrlari juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Bulardan O`zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinovni, Abdulla Oripovni, Erkin Vohidov kabi insonlarni aytib o`tish mumkin. Ana shunday insonlar albatta mehr – muruvvatga sazavordirlar. Ularga Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan mukofotlar berilgan. Bunday ehtirom, bunday mukofotlar boshqa hech qaysi mamlakatda yo`q.
      “Qarisi bor uyning parisi bor” deydilar. Haqiqatan ham keksalari bor uy fayzli, salobatli va farishtali ko`rinadi. Shu uyda tarbiya topgan farzandlar esa ma’naviyatli, vataniga, tug`ilib o`sgan joyiga, ota – onasiga mehr – muruvvatli bo`lib o`sishadi. Chet davlatlarda farzand voyaga yetishi bilan ota – onasidan mustaqil yashar ekan. Buni eshitib hayron qoldim. Bizning mentalitetimizga bunday narsalar yotdir. Hatto hadislarda ham ota – onani keksayganda e’zozlash, ularni boshimizga ko`tarish haqida yaxshi gaplar aytilgan. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi payg`ambarimizdan “Qanday ish qilsam, eng ulug` savobga ega bo`laman?” deb so`rabdi. Shunda payg`ambarimiz (s.a.v) shunday debdilar: “Ota – onangiz hayot bo`lsa,bundan ulug` savob yo`qdur” deb javob bergan ekanlar. Yurtboshimizning “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ham ota — onani, keksalarni e`zozlash, o`tmishdagi ota — bobolarimiz hayotlarini o`rganish biz yosh avlodning yuksak ma`naviyatli bo`lib o`sishimzda katta ahamiyatga ega ekanligi aytib o`tilgan.
      Prezidentimiz muhtaram I.A.Karimov 2015 – yilni “Kesalarni e`zozlash yili” deb e`lon qildilar. Shu munosabat bilan keksalarimiz uchun qator farmonlar qabul qilindi. Keksalarga bepul xizmat ko`rsatish, ularga tibbiy yordam berish, moddiy yordam berish shular jumlasidandir. Bu imtiyozlardan mening bobom va buvim ham chetda qolmadilar. Ularni yaqinda tumanda o`tkazilgan “Qo`sha qarib, qadr topganlar” tadbiriga taklif qilishdi. Tadbirda bobom, buvim hayot yo`llari haqida, ularning qilgan mehnatlari haqida gapirib berishdi, ularga hokimlikning faxriy yorliqlari va mukofatlarini topshirishdi.
      Mening bobom ilgari o`qituvchi bo`lib ishlaganlar. Hozir nafaqada bo`lishlariga qaramasdan, mahalla oq soqoli bo`lib ishlab kelmoqdalar. Keksa bo`lishlariga qaramasdan, mahallamiz obodonligi, tinchligi, ozodaligi kabi ishlarni bajarishda doimo bosh – qoshdirlar. Buvijonim  bo`lsalar  tumandagi xotin – qizlar qo`motasi a’zosidir. Ular ham nafaqadalar. Biz nevaralarini doimo yonlariga chaqirib, o`z  maslahatlarini berib turadilar.  Mahallamizda  ularni hamma hurmat qiladi. Halol mehnatlari  sharofatidan, 2012 – yilda Haj ziyoratiga borib keldilar.
      Men yoshligimdan buvimdek bo’lishni orzu qilaman. Buvim menga har doim “qiz bola ozoda bo`lishi, odobli esli – xushli va eng asosiysi tikish – bichishga chaqqon bo`lishi kerak ”, — deydilar. Buvim o`zlari har doim ko`rpa tikadilar. Hozirda ip o`tkazishga qiynalsalar-da tikishni kanda qilmaydilar. Men buvimga har doim ignaga ip o`tkazib beraman. Men ham buvimdan tikish sirlarini o`rganyapman. Chunki, qiz bola tikishni bilmasligi mumkin emas. Yana buvim menga nafaqat  tikishni,  balki shirin ovqatlar tayyorlashni  ham o`rgatadilar. Hozirda buvim shirin – shirin nonlar yopishni o`rgatyapdilar. Men ham xuddi buvimdek,  boshqalarga  o`z bilganlarimni  o`rgatama. Kecha buvimning tug`ilgan kunlari bo`lib o`tdi. Men buvimga o`z qo`llarim bilan tayyorlagan to`rtni sovg`a qildim. Bobom va buvim mazza qilib yedilar. Buvim juda xursand bo`ldilar. Chunki, qariyalar e’tiborli mehrni juda yaxshi ko`radilar. Biz ularni hech qachon unutmasligimiz, e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak.
       Mening bobom va buvim mahallamiz faxri sanaladilar. Bobom bilan buvim shu mahallada tug`ilganlaridan buyon yashab kelmoqdalar. Ular hozirgacha shu mahallada o`zlarining halol mehnatlari bilan xizmat qiladilar. Bobom va buvim mahallamiz  odamlarini o`z farzandlaridek yaxshi ko`radilar. Mahallamizda ularni barcha hurmat qiladi. Bobom bilan buvim qanchadan – qancha  yaxshi-yu yomon kunlarni birgalikda boshlaridan kechirganlar. Shunga qaramasdan yaxshi kunlar borligiga ishonganlar. Ular o’zlari och qolishsa ham o’z nonini boshqalar bilan ulashganlar. Oilalari ibratli, o`g`illari va nevaralari o`qimishli, bilimli bo`lishimizni doimo ta’kidlaydilar. Hozirgi kunda, ayniqsa nevaralari o`qishlariga, kasb – hunar egallashlariga juda katta e’tibor beradilar. Shuning uchun ham Urganch Davlat Universitetida tahsil olishmoqda. Kichik nevaralari sportning dzyudo turi bo`yicha Qozog`istonda o`tkazilgan musobaqada birinchi o`rinni olib, oltin medal bilan taqdirlandi. Mening ham ingliz tilini o`rganishimga bobom va buvijonim yo`l ko`rsatganlar. Yurtimiz tinchligi va farovonligi bu mustaqilligimiz tufayli ekanligini doimo ta’kidlab, “Avvalo mahallani, tug`ilib o`sgan joyingni, vatningni sevsang, unga foydang tegsa, albatta, baxtli bo`lasan”, deydilar bobom va buvim. Men ham kelajakda bobom va buvimdek bo`lishga, ulardek unsonlarga foydam tegishini juda xohlardim. Buning uchun hali ko`p o`qishim, o`zim sevgan kasbni egallashim kerak. Bu yo`lda albatta menga bobom va buvim maslahatlari kerak bo`ladi. Baxtimizga ular doimo sog` — omon bo`lsinlar.
 
                                          Duo qilib o`tirarlar,
                                          Nasihatlar qilarlar .
                                          O`qib olim bo`lgin deb,
                                          Qulog`imga quyarlar.
 
Rahimova Farog`at.
Xorazm viloyat
Urganch shahar
8-son IMI
Tel:99891 430 07 05
 

Mening bobom,buvim-maxallamiz faxri

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Mening bobom,buvim-maxallamiz faxri
Reja:
I.Kirish. Qarisi bor uyning parisi bor.
II.Asosiy qism:
1. Ota-piru komil
2. Ona-muhtaram,buyuk zot.
3. Keksalar- uyning chirog`i.
IV/Xulosa.
Bobo va buviga hurmat farzandlik burchdir.
Keksalarni etsang aziz-u izzat,
Senga ham keksaygach etishar hurmat.

Har bir xonadonda biz uchun qadrli va ardoqli nuroniy bobo va mo`tabar momolarimiz bor.Ular bizga hayotda ko`rgan kechirganlari asosida tarbiya beradilar,to`g`ri yo`l ko`rsatishga harakat qiladilar.Shuning uchun ham xalqimizda «Qari bilganni-pari bilmas» ,-degan naql bor.
Ota bu-buyuk inson,oilaning qalqoni,himoyachisi,or-nomusi,iftixori.
Ota erkak zotining kamolot darajasi,buyukligidir.Biz oilani mo`jaz bir mamlakatga o`xshatdik.Har bir mamlakatning podshosi,boshqaruvchisi bo`lganidek oila deb atalmish mamlakatning podshosi,boshlig’i otadir.Ona uning vaziri.Otaning hukmi oila a’zolari uchun qonun bo’lishi kerak.Oiladagi qonunga bo’sunib uni ustuvor bilib yashash kelajakda baxtli bo’lishning omilidir .Bu borada yurtboshimiz ham “Qonun ustuvorligi-taraqqiyot garovi” deb bejiz aytmaganlar .Darhaqiqat, qonun ustivorligiga rioya qilgan odam hech qachon qonunni buzmaydi.
Yuqorida otanioila posboni, oilaning bosh tarbiyachisi dedik. Xalqimiz shuning uchun ham otani buyuk pir, ya’ni “Piru komil “ deb qaraydi. Bu buyuk zotlar haqida ko’plab she’r-u dostonlar bitilgan. Xususan, Navoiyning bir she’rida:
Boshni fido qilgin ota boshiga,
Jismni qil sadqa ano boshiga.
Tun-kuningga aylagani nurfosh,
Birisin oy angla, birisin quyosh.”,-deganlar.
Ona — muxtaram,buyuk zot. Onaning inson bolasinin inson bo’lishida katta rol o’ynaydigan xususiyatlari ko’p. Bunday qarasangiz, ona mo’jiza, ona betakror buyukligiga ishonch hosil qilasiz. Onadagi bu xislatlarni bolani katta qilish mehnatlarini hisobga olib payg’ambarimiz o’zlarining hadislarida” Avval onangga, onangga, onangga va otangga xizmat qil “deb. Aytganlar Xulosa qilib shuni aytish kerakki, onaga har qancha xizmat qilsak-da oz. Shu tufayli mamlakatimizda onalarni e’zozlashga ham katta e’tibor berilmoqda. 1998-yilni “ Oila yili”, 1999- yilni “ “Ayollar yili”, 2000-yilni “Sog’lom avlod yili” deb belgilanishi zamirida ham onaga, ayol zotiga bo’lgan beqiyos hurmat mavjud. Ona og’ushiga boshini qo’yib, “ona” deb talpinib, voyaga yetgan har bir inson yaxshi kunida ham, yomon kunida ham onaga iltijo qiladi.
Ha, shoir aytganidek:
Shoirlar ulg’ayar beshigingizda,
Ertak kulib chiqar eshigingizdan.
Siz alla aytsangiz qandoq aytasiz,
Qandayin sehr bor qo’shig’ingizda?!
Xalqimizda: “Jannat onalar oyog’I ostidadir”,- degan gap bor. Bu bejizga aytilmagan.
Vaqtlar o’tishi bilan yosh ota-ona keksayib bobo va buvuga aylanishadi. Mana shu vaqt ichida hayotning yaxshi va yomon kunlarini boshidan kechiradilar. Shu lo’rgan- kechirganlarini o’z nabiralariga o’rgatib, hayotda o’z o’rnilarini topishiga yo’l ko’rsatadilar. Ular borki, oilamiz tinch va osoyishtadir. Shuning uchun xalqimiz: “Qarisi bor uyning parisi bor “,-deyishgan. Darhaqiqat, ular uyimiz ko’rki, uyimiz chirog’idir.
Bu yil, ya’ni 2015-yil”Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Bu yil keksalarimizni e’zozlash yili demakdir. Bu yorug’ dunyoda jamiki jonzotlar uchun bolasidan ko’ra azizroq narsa yo’q. “Farzand jigardan bo’ladi”,- deydi xalqimiz. Bu haqiqatdir. Chunki inson tanasidagi a’zolardan eng muhimijigar bo’lsa, keksaygan vaqtda joniga oro kiruvchi farzanddir. Har birimiz ota-onasini hurmatini joyiga qo’yadigan, ularning pand-u nasihatlariga quloq soladigan, ota-onasi keksayganda rohat- farog’atda yashashini ta’minlay oladigan insonlar bo’lib yetishmog’imiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”
2. Adabiyot darsliklari
3. “Chust haqiqati” gazetasi
4. “Saodat yo’llari” asaridan

8-sinf Rahimberdiyeva Sarvinoz

Zulfiyaning umr yo'li

Шеърият ва адабиёт
 
 
Zulfiya 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug’ilgan. Zulfiya beshta o’g’ildan keyin intiq kutilgan qizaloq edi.
 
Zulfiyaning otasi Ismoil Degrez bo’lgan,
Temirchilik ishining, Siru asrorin bilgan.
Yasab turli buyumlar, Halol mehnatin qilgan.
O’z o’rnida ota bo’lib, Yaxshi tarbiya bergan!
Ota qizcha nigohida, Qo’g’irchoq ham quyardi,
Yasab bering qo’girchoq deb, Iltimosin qilardi.
Havas bilan boqardi, otasiga Zulfiya
Mehnatsevar, halollikdan, Topdi ta’lim tarbiya!
 

She'riyat tongining yulduzi" Zulfiya (Uslubiy tavsiyanomalar )

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт


(давоми)


1-boshlovchi — Hozir Zulfiyaning bolalar uchun yozgan ajoyib she'rlaridan namunalar tinglaysiz: She'rlarni faol kitobxonlar yoddan aytib beradilar. Masalan:


 


Ona turgan xonaga


Qizi kirdi  yugurib,


Go`yo sig`may    olamga


Dedi  shoshib -ko`pirib.:


-Oyijonim,  tez   yuring,


Ko`rsataman   qiziq  gul.


Hurriyatning   tomini


Lola  qoplabdi  butkul 


 Kabi  bolalar  uchun  algan  she'rlarni  Zulfiyaning   Bulut   o`yini. -T.: Cho`lpon, 1995  to`pladan   olish   mumkin.


"She'riyat tongining yulduzi" Zulfiya

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт


Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ilgan. Otasi zaxmatkash temirchi edi, onasi Xadicha opa esa juda ko`p qo`shiq, ertak, afsona va dostonlarni bilar va bolalarga aytib berardi. 1928 yilda boshlanhich maktabni tugallab,Toshkent xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o`qishga kirdi. Ana shu yillardan boshlab,


 


Respublika bolalar kutubxonasi


«She'riyat tongining yulduzi» Zulfiya


 tavalludining 95 yilligiga


Bag`ishlangan uslubiy tavsiyanoma.


Toshkent-2010 yil


Shu yil 1 martda atoqli O`zbekiston xalq shoirasi  Zulfiyaning 95 yilligi keng nishonlanadi. Adibaning porloq xotirasi vatandoshlarimiz qalbida abadiy saqlanib qolgan. U kishining oltindan qimmat bo`lgan she'rlari, kelajak avlodlarga qoldirgan boy adabiy merosi asrlar davomida adabiyotimiz xazinasidan joy oldi. Shoirani xotirlab Respublikamizda ko`plab ommaviy tadbirlar,  adabiy--badiiy kechalar uyushtirilmoqda.


 Ushbu uslubiy qo`llanmadan  ARM va AKM  mutaxassislari, shoiraning ijodiga bag`ishlangan yubiley tadbirlarni o`tkazishda foydalanishlari, shuningdek, qo`llanmadan pedagog-o`qituvchilar, oliy o`quv yurtlari va  kollej talabalari, litsey, maktab o`quvchilari va  barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin…


Адабиёт дарси

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт


Ҳалима Аҳмедова


 


Эрта баҳор қуёши ҳовлимиз деворини пайпаслайди. Қуёш пайпаслаган девор ёнида офтобрўяда қадим пўстагини остига ташлаб, қуёш нурларини мириқиб “ичаётган” бобом сархуш чайқалади.


Кўзларини юмганча онда-сонда ниманидир хиргойи қилади.


Мен эса ҳовлимиз олдидаги катта ҳовуздан челаклаб сув ташийман. Бугун якшанба. Онам кир ювади. Ўчоққа қўйилган баҳайбат қозоннинг тезроқ тўлишини истаб, челаклаб сув ташийман.


Бирдан эсимга тушади. Эртага мактабимизга комиссия келади. Адабиёт дарсини текширади. Адабиёт муаллимимиз шоира Зулфиянинг иккита узун шеърини ёдлаб, ҳаёти ва ижодини ўқиб келишимизни тайинлаган.



Ўзбекистон халқ шоири Зулфия ҳаёти ва ижодига бағишланган сайт ишга тушди

Зулфияхоним ва унинг издошлари
Шеърият ва адабиёт


Президент Ислом Каримовнинг 2014 йил 31 октябрдаги «Ўзбекистон халқ шоири Зулфия таваллудининг 100 йиллигини нишонлаш тўғрисида»ги қарорига мувофиқ шоиранинг қутлуғ юбилейига Ўзбекистон маънавий ҳаётидаги унутилмас воқеа сифатида қизғин ҳозирлик кўрилмоқда, деб хабар бермоқда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги.


Ёшлар ижод саройида мазкур сана муносабати билан Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитаси ҳамда Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги ҳамкорлигида Зулфия ҳаёти ва ижодига бағишлаб яратилган янги веб-сайтнинг тақдимоти бўлиб ўтди. Янги ташкил этилган «Zulfiyaxonim.uz» веб-сайти шоиранинг ҳаёти, ижоди, фаолияти ҳақида ҳикоя қилади.


Ахборот технологиялари жадал тараққий этган бугунги кунда мазкур сайт ўқувчиларга ижодкорнинг шеърлари, достон ва балладаларидан кенг фойдаланиш имконини беради. Сайтнинг ўзбек, рус, инглиз тилларида яратилишида Зулфия номидаги Давлат мукофоти совриндорларининг салоҳиятидан самарали фойдаланилди.