топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“ZiyoNet” ning yangi loyihalari va bo‘limlari”

OO'MTV huzuridagi ZiyoNET bo'limi
Илм-фан

Joriy yilning 22.04.2016 sanasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyida “ZiyoNet” ning yangi loyihalari va bo‘limlari” bo‘yicha on-layn seminar bo‘lib o‘tdi.  Ushbu tadbirda akademik litseyining  professor o'qituvchilari, o'quvchi yoshlar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi ZiyoNET ta'lim tarmog'ining mutaxassislari Kamola Axmedjanova va Malika Mirtoirovalar ishtrok etdilar.  
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan portalning yangi qiyofasi, uning ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlari, bo'limlar, hamda portalga doirasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.  
ZiyoNET ta'lim tarmog'ining kutubxona, abiturient, sayt-sattelitalar, guruhlar, savol-javoblar bo'limlari haqida, qo'shimcha loyihalarda Fikr.uz, Tanlov.uz, utube.uz, umail.uz, meros.org,chakchak.uz, uradio.uz loyihalari haqida alohida to'xtalib o'tildi.  

 Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, yoshlarni manaviy-ma'rifiy yetuk, ilm-fan borasida zehnli, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan mukammal foydalanuvchi barkamol avlod sifatilarini o'zida mujassamlashtirgan holda tarbiyalashdan iborat.  
Tadbir o'quvchi yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va tadbir so'ngida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.