топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'ining loyihalari

OO'MTV huzuridagi ZiyoNET bo'limi
Илм-фан
2016 yilning 11 mayida Mirzo Ulug'bek informatika kasb hunar kollejida «ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i loyihalari» nomli tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda litsey direktori, o'qituvchilari, o'quvchi yoshlar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi ZiyoNET ta'lim tarmog'ining mutaxassislari Kamola Axmedjanova hamda Malika Mirtoirovalar ishtrok etdilar. 
 
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan portalning yangi qiyofasi, uning ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlari, bo'limlar, hamda portal doirasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.
ZiyoNET ta'lim tarmog'ining kutubxona, abiturient, sayt-satellitlar, guruhlar, savol-javoblar, O'zbekiston madaniy merosi bo'limlari haqida, qo'shimcha loyihalardan esa Fikr.uz, Tanlov.uz, utube.uz, umail.uz, meros.org, chakchak.uz, uradio.uz loyihalari haqida alohida to'xtalib o'tildi.  

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, yoshlarni manaviy-ma'rifiy yetuk, ilm-fan borasida zehnli, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan mukammal foydalanuvchi barkamol avlod sifatilarini o'zida mujassamlashtirgan holda tarbiyalashdan iborat.
Tadbir o'quvchi yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va tadbir so'ngida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.