топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ZiyoNET axborot-ta'lim tarmog'i va uning loyihalari

OO'MTV huzuridagi ZiyoNET bo'limi
Илм-фан
2017 yilning 11 yanvar kuni  “O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi  kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida «ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i loyihalari» mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi ZiyoNET bo'limining mutaxasisi Kamola Axmedjanova, Malika Mirtoirova va malaka oshirish institutida malaka oshirayotgan rahbar kadrlar ishtirok etishdi.   
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan portalning yangi qiyofasi, uning ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlari, bo'limlar va portal doirasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.
ZiyoNET ta'lim tarmog'ining kutubxona, abiturient, sayt-sattelitalar, guruhlar, savol-javoblar bo'limlari haqida Malika Mirtoirova, qo'shimcha loyihalar da Fikr.uz, Tanlov.uz, utube.uz, umail.uz, meros.org, chakchak.uz, uradio.uz, davra.uz haqida Kamola Axmedjanovalar alohida to'xtalib o'tdilar.  

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad  malaka oshirish uchun tashrif buyirgan mutaxassislarga ZiyoNET axborot-ta'lim tarmog'i haqida batafsil tushunchaga ega bo'lishlarini ta'minlash, mazkur portalning barcha loyihalari haqida ma'lumot berish va portal haqidagi umumiy tushunchani shakllantirish.




Tadbir tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va tadbir so'nggida rahbar va o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Tadbir yakunida tinglangan ma'lumotlarni qay darajada diqqatlik bilan tinglanganini tekshirish maqsadida ZiyoNET mutaxassislari tomonidan tinglovchilarga savollar berildi, to'g'ri javobni bergan tinglovchilarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.