топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida «ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i loyihalari» mavzusida seminar

OO'MTV huzuridagi ZiyoNET bo'limi
Илм-фан
2017 yilning 10 yanvar kuni  “O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi  kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutida «ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i loyihalari» mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi ZiyoNET bo'limi mutaxasisi M Mirtoirova, K Axmedjanova va  malaka oshirish institutida malaka oshirayotgan rahbar kadrlar ishtirok etishdi.  

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan portalning yangi qiyofasi, uning ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlari, bo'limlar va portal doirasidagi loyihalar bilan yaqindan tanishtirildi.
ZiyoNET ta'lim tarmog'ining kutubxona, abiturient, sayt-sattelitalar, guruhlar, savol-javoblar bo'limlari haqida, qo'shimcha loyihalarda Fikr.uz, Tanlov.uz, utube.uz, umail.uz, meros.org, chakchak.uz, uradio.uz loyihalari haqida OO‘MTV huzuridagi  ZiyoNET  bo‘lim 
mutaxasisi M Mirtoirova  alohida to'xtalib o'tdi.  
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad  tinglovchilarni  manaviy-ma'rifiy yetuk, ilm-fan borasida zehnli, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan mukammal foydalanuvchi mutaxassislarni malakasini oshirishdan iborat.

Tadbir tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi va tadbir so'nggida rahbar va o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.