топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+75.51
avatar

Чет тили

Батафсил

Hozirgi zamon oʻzbek tilidagi oʻzlashtirma soʻzlar haqida (Nemis tili misolida)

Чет тили
Tilshunoslikda etimologiyaga boʻlgan qiziqish doim dolzarb masala boʻlib kelgan. Biror bir tilni oʻrganishga kirishsak, albatta uchratgan soʻzlarimizning kelib chiqish tarixi bizni beixtiyor qiziqtirib qoladi. Til oʻz rivojlanish tarixida oʻzining tub soʻzlaridan tashqari boshqa turli tillardan soʻzlarni oʻzlashtirib kelgan. Bu jarayonda tilning

Немис тилида амалга оширилаётган янги ёзув қоидалари билан боғлиқ айрим муаммолар ҳақида

Чет тили
Чет тили
1996 йилдан бошлаб Германияда немис тили ёзувида янги ёзув қоидаларини жорий этиш устида ишлар бошланди. 1998 йилдан бошлаб эса ушбу янги  ёзув қоидалари аста-секинлик билан қўллана бошланди. Ушбу ислоҳотни амалга оширишда давлат бош ислоҳотчи ҳисобланади.
         Мана 20 йилдирки, янги қоидаларга

“Инглиз тили билимдонлари” интеллектуал мусобақаси

Чет тили
Мамлакатимизда хорижий тилларни ўрганишга юксак даражада эътибор қаратилади. Бу эса ёшларимизни дунё ёшлари билан тенгма-тенг фикрлай олишларига, замонавий билимларни пухта эгаллашларига ва хорижий давлатлар билан мустаҳкам дўстлик алоқаларини  ўрнатишга замин яратади. Ушбу мақсадларни кўзлаган ҳолда амалга оширилаётган кенг кўламли ишлар эса ёш авлоднинг инглиз, немис, француз, хитой каби халқаро тилларни осон ва равон ўрганишлари учун янада қулайликлар яратиб бермоқда. Шу мақсадда қабул қилинаётган қатор қарор ва фармонлар бу эзгу мақсадларнинг давоми сифатида амалиётга татбиқ этилаётир.
 
2016 йилнинг 4 апрелидаги Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлигининг “Умумтаълим мактабларининг юқори синф ўқувчилари ўртасида “Инглиз тили билимдонлари”

Чет тилини ўрганишга юксак эътибор

Чет тили
Президентимизнинг 2012 йил 10 декабрдаги “Чет тилларни ўрганиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори иқтидорли йигит-қизлар сафини янада кенгайтириш, уларнинг хал­қаро кўламда илм олишга бўлган қизиқишини кучайтириш, хорижий тилларни билиш даражасини юксалтиришда муҳим дастуриламал бўлмоқда. Ушбу ҳужжат замонавий педагогик ва ахборот-коммуникация технологияларидан фойдаланган ҳолда ўқи­тишнинг илғор услубларини жорий этиш йўли билан ўсиб келаётган ёш авлодни чет тилларга ўқи­тиш, хорижий тилларни пухта биладиган мутахассисларни тайёрлаш тизимини тубдан такомиллаштириш, соҳада халқаро ҳам­корлик ва мулоқотни ривожлантириш учун қулай шарт-шароит ва имкониятлар яратмоқда.

Ingliz tilida ot, son, kelishik, olmosh

Чет тили
Чет тили


                                             Ot so’z turkumi (Noun)
 
Narsa, buyumning nomini bildirib kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’lib keluvchi so’zlar ot deyiladi. Ular sanaladigan va sanalmadigan otlarga bo’linadi. Sanalmaydigan otlar faqat birlikda yoki ko’plikda ishlailadi. Sanaladigan otlarning birlik va ko’plik shakli bo’ladi. Otlarning ko’plik shakli quyidagi usullar bilan yasaladi:
 
                                               

Ролли ўйинлар асосида хорижий тил ўқитиш афзалликлари.

Чет тили
Чет тили
З.Вахобжонова –АндДУ, катта ўқитувчи
     Б.Тошбоева — АндДУ, катта ўқитувчи
           Мамлакатимизни мустақилликка эришганлиги туфайли хорижий мамлакатлар билан бўлган дипломатик ва иқтисодий муносабатларнинг ўсиши хорижий тилларни ўрганишга бўлган эҳтиёжни келтириб чиқарди. Бу эса ўз навбатида ўқув дастурларига ўзгартиришлар киритишни, тил ўрганишнинг янги, самарадор усулларини ишлаб чиқишни ҳамда турли ўқув юртларида хорижий тил ўқитиш дарсларини ташқил қилишнинг аввалдан қўлланиб келинаётган анъанавий усулдан ўзгачароқ бўлган, янада самаралироқ шаклларини топишни талаб этмоқда.
 

Maktab ingliz tili darsligi haqida shaxsiy fikrim

Чет тили
Чет тили

Umumiy o’rta ta’lim maktabida ingliz tili fanidan dars berib kelayotganimga 4 yil bo’ldi. Bu davr mobaynida chet tillarining maktablarda o’qitilish istiqbollariga doir kichik shaxsiy izlanishlar olib borish davomida maktablarimiz ingliz tili fani darsliklarining metodik, uzviylik, interaktivlik va boshqa jihatlardan ancha oqsoq ekanligini sezdim. Shaxsan men uchun hozirda tasdiqlangan 5-sinfdan 9-sinfgacha bo’lgan ingliz tili fani darsliklari asosida o’quvchilarga dars o’tish ancha qiyin. Buning bir necha sabablari bor va bu sabablarning barchasi darslikning mukammal darajada ishlab chiqilmaganligiga bog’liq.


Men ingliz tili maktab darsliklari mualliflarining ilmiy ishlariga nisbatan hech qanday salbiy fikr bildirmoqchi emasman. Ular darslikni yaratish uchun ko’p mehnat qilishgan va ularning bu ishlarini juda yuqori baholayman, xurmat qilaman. Albatta, ularning ilmiy darajalari, tajribalari va balki ingliz tili sohasi bo’yicha bilimlari ham menikidan ancha yuqoridir, ammo darslik asosida o’quvchilarga ingliz tilini o’rgatadigan oddiy o’qituvchi sifatida maktab darsligining mukammal bo’lishiga yordam beruvchi fikr va tavsiyalarimni bildirishga ahd qildim. Umid qilamanki, bugungi kunda 1-2 sinf o’quvchilari uchun ingliz tilidan yangi maktab darsliklari ishlab chiqilishi bosqichma-bosqich tarzda 9-sinflarimizgacha sifatli, izchilligi ta’minlangan, metodik jihatdan juda kuchli bo’lgan darsliklarning yaratilishida boshlang’ich qadam bo’ladi.


Ingliz-tilini-qancha-vaqtda-organish-mumkin/

Чет тили
Чет тили

Hozirga qadar saytim orqali mendan so’ralgan eng ko’p savol huddi shunday ma’noda: ingliz tilini qancha vaqtda o’rgansa bo’ladi? Tilni o’rganishga jiddiy kirishib, ancha tajribaga ega bo’lgan o’rganuvchilar ham, ingliz tilini hatto hali o’rganishni boshlab olmaganlar ham birinchi bo’lib atrofdagilardan ingliz tilini qancha vaqtda o’rganish mumkinligini so’rashadi. Shaxsan men saytim orqali berilgan bunday savollarga “Hammasi faqat o’zingizga bog’liq. Qanchalik ko’p harakat qilsangiz, shunchalik tezlikda o’rganib olasiz”, deb javob beraman. Ammo huddi shu masalaga asoslangan, olimlar tomonidan olib borilgan izlanish natijasi bir oz boshqacha natijani ko’rsatdi.


Wayne Thomas va Virginia Collier 1982-yildan 1996-yilgacha jami 700 000 ta ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchilar ustida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Ularning asosiy maqsadi ingliz tili haqida umuman tasavvurga ega bo’lmagan bu o’rganuvchilar tilni qancha vaqtda o’rganib olishlarim mumkinligini aniqlash edi. Tajriba uchun tanlab olingan 700 ming o’rganuvchilar turli mamlakatlardan kelib chiqqan bo’lib, ularning ijtimoaiy-iqtisodiy kelib chiqishlari, yashash sharoitlari, ona tili, ta’lim olganlik darajasi hamda o’qishga bo’lgan qobiliyatlari turlicha edi. Shunday ekan, bu tadqiqotning dunyo bo’ylab barcha o’rganuvchilar uchun birdek natija ko’rsatishi, barcha turdagi o’rganuvchilar turini o’z ichiga qamrab olganligi aniq.


So’z boyligingizni dastur yordamida oshiring

Чет тили
Чет тили

Ingliz tilini mukammal darajada egallashda so’z boyligining o’rni beqiyos. Qancha ko’p so’z bilsangiz, ingliz tilida gaplashishingiz ham shunchalik oson kechadi. Ingliz tilidagi so’z boyligini oshirish tilni oliy o’quv yurtlariga kirish uchun o’rganayotganlar, boshlang’ich darajadagi ingliz tili bilan tanishishga harakat qilayotganlar, tilni mukammal darajada ta’limdan tashqari maqsadlar yo’lida o’rganishni niyat qilganlarga birdek tavsiya etiladi. Ingliz tilidagi so’z boyligingizning hajmi tilni qay darajada o’rgana olishingiznigina belgilab qolmasdan, balki uni qanchalik oson o’zlashtirishingiz mumkinligini ham ko’rsatadi.


CEFR haqida umumiy ma’lumot

Чет тили
Чет тили

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til  Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.


 


Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bog’liq. XX asrning o’rtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish o’rinlari yaratilib, ko’proq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. O’sha vaqtda Yevropada Ispan, Nemis, Fransuz va Italiyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi.


XX asr ingliz tilida bezorilar shevasiga hos so’zlar

Чет тили
Чет тили

Har bir tilda bo’lgani kabi, ingliz tilida ham adabiy so’zlardan tashqari og’zaki nutqda shevaga hos so’zlardan ko’p foydalaniladi. Ingliz tili tarixida, agar Amerika ingliz tilisini misol qilib oladigan bo’lsak, XX asrda ko’p shevaga hos yangi so’zlar aynan bezorilar (gangster) to’dalari orasida paydo bo’lgan. Ular u yoki bu otni, atamani boshqa bir ot yoki atama sifatida ifoda etishgan. Shu asnoda ularning nima haqida gapirishayotganligini faqat o’zlari va ularning shevalarini yaxshi biladigan, o’zlaridan bo’lgan yaqin kishilarigina tushuna olishgan. Quyida e’tiboringizga XX asrda ingliz tilining bezorilar tomonidan ishlatilishida eng ko’p qo’llanilgan shevaga hos so’zlar va iboralar ro’yxati havola etilgan. Ularning so’zma-so’z tarjimasi va sheva ortida yashiringan ma’nosi bir-biridan tubdan farq qiladi. Ba’zilarida esa juda yaqin o’xshashlikni topishingiz ham mumkin. Demak, boshladik!


Ingliz tilida jonli muloqot uchun ajoyib imkoniyat

Чет тили
Чет тили

Odatda saytimda boshqa saytlarning taqdim etayotgan xizmatlarini targ’ib qilmas edim, ammo ingliz tilida so’zlashishni, suhbat qurishni o’rganayotgan yoshlar uchun foydali bo’lishi mumkin bo’lgan eng ishonchli resurslar haqida yozmaslik tarafdori bo’lib qola olmadim. Ingliz tilida jonli muloqot qilish tilni o’rganayotgan har bir abituriyent uchun foydadan holi bo’lmasligi aniq.


Hozirda internet tarmog’ida turli ingliz tilidagi chat xizmatlarini taqdim etuvchi saytlarni uchratish mumkin. Bu xizmatlardan foydalangan holda turli davlatda yashovchilar bir-birlari bilan do’stona, jonli muloqotga kirishishadi. Xorijliklar va ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilar uchun bu chat xizmatlari oddiy, vaqtni mazmunli suhbat bilan o’tkazish manbayi bo’lsa, ingliz tilini o’rganuvchilar uchun esa ingliz tilidagi jonli suhbat haqiqiy bilimlar sinovi bo’lishi mumkin!


Zarurat va muhimlikni bildirish fe’llari

Чет тили
Чет тили

Zarurat va muhimlikni bildirgan fe’llar “to”siz infinitiv shaklida yoki “should+infinitiv” shaklida ishlatilib, faqat ma’lum fe’llar va iboralardan keyingina qo’llaniladi. So’nggi yillarda oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida aynan mana shu mavzu asosida tuzilgan savollar ko’p uchrayapti.


Zarurat va muhimlikni anglatuvchi fe’llarning ishlatilishi va tarjimasiga e’tibor bering:


  • I suggest that he study – Men uning o’qishini maslahat beraman (uning o’qishi zarur).

  • Is it essential that we be there? – Bizning u yerda bo’lishimiz zarurmi?

  • Don recommended that you join the committee – Don Sizning qo’mitaga qo’shilishingizni tavsiya etdi (uning fikricha, Sizning qo’mitaga qo’shilishingiz muhim ekan).

Maktablarda ingliz tilini o’qitishdagi 10 muammo

Чет тили
Чет тили

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida chet tillarini, ayniqsa ingliz tilini o’qitishdagi asosiy muammolar har qanday chet tilini ikkinchi til sifatida o’qitishda kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolar bilan bir hil. Ammo gap maktab o’quvchilari, yosh jihatidan ancha kichik bo’lgan o’rganuvchilar haqida ketganda esa o’rgatish jarayoni bir necha barobarga qiyinlashgandek tuyuladi.


 


Shaxsan men maktabda ishlashdan avval katta yoshli (20-30 yoshlar) o’rganuvchilarga ingliz tilini mustaqil o’rgatuvchi sifatida o’rgatganman. Dars uslubim, tajribam ham katta yoshdagilar bilan ishlashga moslashib ulgurgan bir vaqtda maktabga ishga o’tdim va yosh o’rganuvchilar bilan til topishishim ancha qiyin kechdi. Ularga chet tilini o’rgatishda alohida uslub bilan yondoshish, katta yoshli o’rganuvchilarga nisbatan ko’proq e’tibor qaratish va ingliz tilini o’rgatishning soddalashtirilgan usullarini ishlab chiqish zaruratini sezdim.


 


Shaxsiy tajribam va kuzatishlarim natijasida maktab yoshidagi o’rganuvchilarga ingliz tilini o’qitishda quyidagi asosiy 10 ta muammo eng ko’p uchraydi, degan qarorga keldim:


Ko’plikdagi otlarning takror ko’plikda ishlatilishi

Чет тили
Чет тили

Muallif: Azamat Xodjakov 


 


Bilamizki, ingliz tilidagi ko’p sonli otlarning ko’plik shaklini yasash uchun otga “S” yoki “ES” qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan:


Computer – computers


Book – books


Chair – chairs


Tomatoe – tomatoes


Phone – phones


Ba’zi otlarning ko’plik shaklini yasash uchun esa otning o’zagi to’liq o’zgartiriladi YOKI otning birlik va ko’plish shakllari bir yil yozilish hamda o’qilishga ega bo’ladi.