топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ZiyoNET portali: Barcha uchun hamfikr

Новости ZiyoNET


Mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada olib borilayotgan islohotlar zamirida yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash, dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallashlarini ta’minlash ustuvor vazifa qilib belgilangan.



O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 11 millionga yaqinligini inobatga olsak, axborot manbai sifatida OAVdan tashqari internetdan axborotlar izlash ham kundan-kunga ko‘paymoqda. Bu esa qaysi sohaga oid bo‘lishidan qat’i nazar, internetning milliy segmentida o‘z axborotlarimizni tobora ko‘paytirib borishni taqozo etadi. Qachonki, mahalliy saytlar, portallar kerakli axborotni yetkazib bera olmas ekan, u holda foydalanuvchi xorijiy internet manbalariga murojaat qilishi tabiiy hol.


Maktablar, litseylar, kollejlar o‘quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, internet tarmog‘ining milliy segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish maqsadida hukumatimizning bir qator qaror, farmoyish hamda vazirlik buyruqlari chiqarilgan.


O‘zbekistonning turli tuzilmalari tomonidan axborotlarni uzatish tarmoqlarida ta’lim va yoshlar bo‘yicha yaratilayotgan axborot resurslari yagona ZiyoNET axborot tarmog‘iga birlashtirilgan. ZiyoNET axborot-ta’lim portalining faoliyat yuritayotganiga joriy yilning sentyabr oyida 9 yil to‘ldi. Ana shu qisqa davr mobaynida ZiyoNET tarmog‘i millionlab qalblarga, minglab dargohlarga o‘z ziyosini sochishga ulgurdi, desak bo‘ladi. Bu borada o‘quvchi-yoshlarga, pedagoglarga va, qolaversa, barcha-barchaga axborotlarni muntazam yetkazib berish, xolis xizmat qilish maqsadida tarmoqning ko‘rinishi, dizayni ham shaklan ham mazmunan bir necha bor o‘zgardi.


ZiyoNET portalida «Savol-javoblar», «Ta’lim», «Kutubxona», «Saytlar», «Arboblar», «Tadbirlar», «O‘yinlar» va «Muassasalar», «Xorijiy tillar», «Iqtidorli yoshlar» va «Guruhlar» deb nomlangan har biri alohida ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘limlar mavjud. Har bir bo‘limda o‘z mavzulari bo‘yicha ixtisoslashgan ma’lumotlar yoritiladi. Bundan tashqari, Yurtboshimiz tomonidan joriy yil Sog‘lom bola yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan, portalning yirik loyihasi — Fikr.uzda «Farzandlari sog‘lom yurt», «Sog‘lom bola yili: malakali pediatrlar tavsiyalari», «Yosh onalar va kichkintoylar uchun» nomli bloglar tashkil etilgan bo‘lib, ularda mavzu yuzasidan maqola, tavsiya, metodik qo‘llanma, maqola va yangiliklar yoritib kelinmoqda.“Keksalarni e’zozlash yili” nunosabati bilan bir qator bloglar tashkil etildi va maqolalar joylashtirildi.


Tarmoqning yana bir katta imkoniyatlaridan biri uTube.uz videoportalida bugungacha jami 18 mingta resurs joylangan bo‘lib, shundan birgina Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan 200ga yaqin videoroliklar mavjudligini ko‘rish mumkin.


2014 yil — «ZiyoNET» tarmog‘i faoliyatida esda qolarli yil bo‘ldi. Portalni yanada rivojlantirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarini to‘liq qaytadan yangilash, tarmoqni ommalashtirish maqsadida mutaxassislarimiz tomonidan tarmoq to‘liq yangicha talqinda, yangicha dizaynda, takomillashtirilgan va to‘ldirilgan bo‘limlar va yangicha ko‘rinishda ish boshladi.


Portalning yangi talqinida yengil, yoshlarbop va ayni paytda foydalanish uchun qulay bo‘lgan sayt dizayni va ZiyoNET tarmog‘ining yangi logotipi yaratildi.


Eng muhim yangilik — endi portal ijtimoiy tarmoq tusini oldi. Bundan buyon portal foydalanuvchilari o‘zlariga do‘stlar tanlab, ular bilan fikr almashishlari hamda mavzuga oid guruhlar yaratishlari, ularni kuzatib borishlari, turli xil mavzularda fikr bildirib, muhokama qilishlari, shuningdek, o‘zlarining fotoalbomlarini yaratib, media fayllar kiritib borishlari mumkin.


Portalning yangicha ko‘rinishi ishga tushirilishi bilan undan foydalanuvchilar bir qancha loyihalar amalga oshirilganligi hamda ularning bir qator afzalliklarga ega ekaniga guvoh bo‘lishdi.


Ta’limdagi yangiliklar haqida o‘z foydalanuvchilariga qulayliklar yaratib berayotgan ZiyoNET tarmog‘i o‘zining alohida tuzilishi bilan ajralib turadi. Saytda fan va ta’limga oid yangiliklar matn, foto, video format shakllarida joylashtirilganligi axborot olishda qulaylik yaratadi. Saytga pedagogika va metodikaga oid eng so‘nggi yangiliklar, dars ishlanmalari, fanlar kesimidagi test va savol-javoblarning kiritib borilishi foydalanuvchilar uchun yanada ko‘proq imkon yaratmoqda.


Kirib kelayotgan 2015 yilda ham ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘i barcha uchun hamfikr, asosiysi ishonchli hamkor, do‘st va yordam kerak paytida barchaga zaruriy manba bo‘la oladi.


Gulchehra IBROHIMOVA, ZiyoNET resurs markazining XTV huzuridagi bo‘limi yetakchi mutaxassisi


 


«Хабар» газетасидан26 декабрь, 2014

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.