топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

«Mening shahrim. Ta'lim» elektron testlari

Новости ZiyoNET

Noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning eng olis tumanlaridagi aholi ham bir necha soat ichida «Mening shahrim. Ta'lim» elektron testlarining uchta versiyasiga ega bo‘lishlari mumkin:   


                                   


— to‘liq versiya (10 ta fan)                                                                                        


— o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha testlar komplekti (aniq fanlar, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar)


— alohida fanlar bo‘yicha testlar


 


Endilikda buning uchun mintaqalarda yashovchilar Toshkentga kelishlari shart emas. WWW.MG.UZ  saytini ochib, o‘zingizga kerakliligini tanlasangiz kifoya.



Sayt orqali dasturlarning barcha imkoniyatlari va ular bilan ishlash tartiblari batafsil yoritilgan taqdimotni ham yuklab olsa bo‘ladi. 


 


Eslatib o‘tamiz, «Mening shahrim. Ta'lim» AQT bu oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarga o‘qishga kiruvchilar uchun elektron testlardir. Dasturda quyidagi fanlar bo‘yicha tayyorlov testlari mavjud: ona tili va adabiyot, matematika, fizika, biologiya, kimyo, tarix, geografiya, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili. Dasturning barcha bo‘limlari o‘zbek (lotincha) va rus tillarida ishlaydi.


 



 


Shu bilan birga, barcha mahsulotlar kasbga yo‘naltirish bo‘yicha testlarni o‘z ichiga olib, ular yoshlarga o‘zi uchun mutaxassislik tanlashda yordam beradi. 


 


Ularda, shuningdek, poytaxtimizning o‘quv dargohlari, mutaxassisliklar, qabul kvotalari haqida batafsil axborot, 2007-2014 yillarda grant va to‘lov-kontrakt asosida o‘tish ballari ma'lumotlari keltirilgan.


 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.