топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yurtboshimiz – islohotlarimiz asoschisi

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Bu yil O'zbekistonimiz mustaqilligining 25 yilligini xalqimiz nishonladi.
Hozir men O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov buyuk insonni xotirlar ekanman, uning davlatimiz rahrahbari sifatida qanchalik dono va adolatli siyosat olib borganini, inson sifatida esa juda ham kuchli va adolotparvar hamda o'z xalqini sevuvchi bo'lganini ta'kidlashimiz muhim. Islom Abdug'aniyevich Karimov o'tgan 25 yil davr davomida chin ma'noda xalqimiz otasiga aylandilar. Hindiston xalqi o'z vaqtida Mahatma Gandini millat otasi deb atashgan bo'lsa, hozirda biz yurtboshimizni O'zbekiston xalqi otasi deb hech mubolag'siz aytishimiz mumkin.
Mustaqillik qo'lga kiritilgan ilk davrda O'zbekiston juda ko'plab sohalarda rivojlanish bo'yicha sobiq sovetlar davrida so'ngi o'rinlarni egallagan. Aynan Prezidentimizning oqilona yuritgan siyosatlari va o'z vaqtida amalga oshirilgan  islohotlari tufayli hozirgi har sohada yuqori tezlikda rivojlanayotgan O'zbekistonni ko'rib turibmiz. Misol uchun, iqtisodiy sohada, ohirgi 11 yil davomida O'zbekiston YaIM ning o'sish darajasi 8 foizdan tushmayotganini, siyosiy sohada, O'zbekiston kuchli, ishonchli va barqaror hamkor sifatida shakllandi. Bundan tashqari, davlamiz yetakchi mintaqaviy kuch bo'lib yetishdi. Hozirda, nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Osiyo va hattoki jahon miqyosida mintaqaviy va global muammolarni hal etishda faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, ishlab chiqarish, sport, ilm-fan va boshqa ko`plab sohalarda yutuqlarga erishdik. Xulosa qilib aytadigan bo`lsam, yurtboshimiz ham siyosatchi ham inson sifatida xalqimiz va dunyo hamjamiyati qalbidan chuqur o`rin egalladi. Ayniqsa, biz yoshlarga ko`rsatgan e`tiborlari har birimizning qalbimizda saqlanib qoladi. Men mustaqillik tengdoshiman, va bu bilan g`ururlanaman. O`tgan 25 yil davr mobaynida yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalandim. Misol uchun, Sportning Taekvondo sport turiga muntazam qatnashib, ko`plab sovrinlarni qo`lga kiritdim. Bundan tashqari, bir nechta chet tilllarini mukammal egalladim va albatta bilim olish uchun yaratilgan barcha imkoniyatlrdan keng foydalandim. Mustaqil va jannatmakon yurtda buyuk inson rahbarligi ostida tug`ilib voyaga yetganimdan baxtiyorman.
 
 
Sevdiyor Salayev,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro munosabatlar,
 
5-kurs talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.