топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Buyuk millatning buyuk farzandi

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан
Har bir xalq o`zining milliy qahramonlariga ega. Bu qahramonlar xalq tomonidan xayoliy yoki bo`lmasa o`sha xalqning qora kunlarida unga bosh bo`lib yorug` kunlar sari eltgan haqiqiy tirik insonlardan yaratiladi.
O`zbek xalqi dunyo xalqlari orasida o`zining boy tarixi va qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri sifatida e`tirof etiladi. Ammo, bu diyorda istiqomat qiluvchi xalq eng ko`p mashaqqatlarni va og`ir sinovlarni boshdan kechirgan. Arab istilosidan tortib Chor Rossiyasi va undan keyingi sho`rolar deysizmi barcha-barchasi xalqimizni har tomonlama qullik kishanlari bilan bog`lagandi va albatta bu davrlarning yurtsevar o`g`lonlari ona vatanlarini hurriyatga yetqazish uchun jon olib, jon berganlar. Ona yurtim tarixida ana shunday shaxslardan biri Islom Abdug`aniyevich Karimovdir.
U O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining asoschisidir. Agar bu inson shaxsiyatiga biroz chizgilar beradigan bo`lsak u o`z ishini puxta biladigan va juda qat`iyatli odam edilar. Masalan, 1991-yilda Namangan viloyati hokimiyat binosidagi olomon bilan uchrashuvga yuzma-yuz borish va ularni qanoatlantiradigan murosayu – madoraga kelish voqeasini yodga oladigan bo`lsak u kishining qo`rqmas yurak sohibi ekanligidan dalolatdir.
U tufayli o`zbek xalqi o`zligini anglashga imkon topdi, tarixini o`rganmoqda va kelajak avlodlarini hurriyatda kamol toptirmoqda.  U prezident etib saylangan kundan e`tiboran Respublikadagi ijtimoiy ahvolni tushungan holda xalqqa oldinlari paxta yakkahokimligi tufayli dalaga aylantirilgan yerlarda tomorqa berila boshlandi. Bu esa o`z navbatida qullik zahmatidan endigina xalos bo`lgan xalq uchun juda katta quvonch olib keldi.
Xalqaro munosabatlarda dunyoning yetakchi davlatlari bilan diplomatik aloqalarga kirishishda katta jonbozlik ko`rsatdilar. Xususan, 1992 – yilning  ilk kunlaridan boshlab AQSH, Turkiya, Fransiya va boshqa yetakchi davlatlar bilan diplomatik va savdo-sotiq aloqalarini boshladik. Bu esa mamlakat uchun tashqi yordamning ko`lamini kengaytirdi. Iqtisodimiz sekinlik bilan jonlana boshlandi. Agar, o`tgan mana shu mustaqillikdan keyingi 25-yil davomida qilingan ishlarni sarhisob qiladigan bo`lsak mustaqillikning ilk yillarida vatanimiz nihoyatda og`ir ahvolda edi.
Iqtisod batamom agrar sohaga bog`liq va sanoat rivojlanishidan asar ham yo`q edi. Prezident sifatida bu kabi muammolarni teran anglagan Respublika rahbari iqtisodiyotni sanoatlashtirish yo`lidan bordi. Xususan, 1996-yilda Markaziy Osiyoda yagona avtomobil zavodi “ DAEWOO ” J. Koreya bilan hamkorlikda ochildi. Keyinchalik boshqa turdagi texnikalar ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.  2010-yilda esa “General Motors” ochildi.
Yuqorida ma`lumot sifatida keltirib o`tilgan gaplar quruq axborot emas, balki bugungi kunda biz uni haqiqiy mevasini ko`rib turibmiz. Bu inson bilan bog`liq mamlakatimiz tarixini faqat zarhal harflar bilan yozib qoldirish mumkin.
Islom Karimov mamlakatimiz rivoji uchun qilgan ishlarini o`ylaymanki, qog`ozga tushirish bilan ish kifoyalanmaydi chunki u qilgan ishlar sonsiz va sanoqsizdir. Xalq uchun vatan uchun umri fido o`tgan bu kabi shaxslar mamlakat-millat yuragida mangu qoladi. Zero, buyuklar hech qachon o`lmaydi, ularning bajargan ishlari ularni mangu barhayot qiladi.
Mahmayoqub Choriyev,
 
JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti 5-kurs talabasi 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.