топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Akademik S. G'ulomov: yoshlar bizdan ko’ra aqlli, innovator va sog’lom bo’lsin

Поддержка акций ZiyoNET
Илм-фан

Institut anjumanlar zalida akademik Saidaxror G'ulomovishtirokida «O'zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasini sifatli amalga oshirishda intellektual qobilyatning roli»mavzuida suhbat o’tkazildi.
Davra suhbatini institut rektori M. Rasulov ochib berdi. Tadbir mavzui, maqsadi hamda mehmoni bilan tanishtirib, so’z navbatini O‘zbekiston Fanlar akademiyasiningakademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori, professorSaidahror G‘ulomovgaberdi.
Akademik o’z so’zini joriy yil – 2018-yilga berilgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga alohida urg’u berish bilan boshladi va shunday dedi: “Innovatsiyaning maqsadi – sifatni yaxshilash. Sifat, sifat va yana sifat. Qachon taraqqiyot rivojlanadi? Qachonki sifat bo’lsa. Har tomonlama sifatni mustahkamlashimiz kerak. Avvalo, bolalar “sifati”ni yaxshilash kerak. Ularning ta’lim olish imkoniyatidagi sifatini oshirish kerak. Ta’limning ikkita modeli bor:
1.     Sog’lom miyani yaratish
2.     Keyin uni bilim bilan to’ldirish lozim.
Barchamizga ma’lumki, sog’lom aql bilangina fikr ham sog’lom bo’ladi. Shunday ekan, o’quvchi miyasini oila meditsinasi bilan rivojlantirish kerak”.
Shuningdek, professor “aqlli ta’lim”, “aqlli tibbiyot”, “aqlli oila” tushunchalari, mazmuni, Yevropa tajribasi, bu borada prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning fikrlari, ta’limning meditsina bilan bog’liqligi, intellektning o’sish omillari (innovatsiya va yangi bilim yaratish qobiliyati), intellektual rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi omillar, innovatorlik modellari, innovatsion sifatli rivojlanishning yangi terminlari xususida taqdimot asosida batafsil ma’lumotlar berdi va quyidagi so’zlar bilan yakunladi: “Shogirdlarimiz bizlardan ko’ra aqlli, innovator, sog’lom va chiroyli bo’lsin!”
Sarvinoz Nurmatova
Qurilish fakulteti talabasi
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.