топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Тўйлар ҳақида ўйлар

ОЎМТВ ҳузуридаги "Маънавият ва маърифат" маркази
Илм-фан

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan to‘y va marosimlar haqida bildirilgan tanqidiy fikr-mulohazalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi Senatining “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarori loyihasining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlar ongiga yetkazish hamda ularda mazkur masalaga nisbatan qarashlarning to‘g‘ri shakllanishi borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “To‘ylar haqida o‘ylar” mavzusida joriy yilning 16 mart kuni davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.Bazarov, Toshkent davlat yuridik universitetining dotsenti U.Shoraxmetova, Toshkent islom universitetining katta o‘qituvchisi S.Saidjalolov, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbati jarayonida to‘y va marosimlarning me’yoriy asosini yaratish va uni qonuniy tomondan mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan Qonun loyihasida o‘z aksini topgan dolzarb masalalar, ularning mazmun-mohiyati talaba-yoshlar e’tiboriga yetkazildi. Mavzudan kelib chiqqan holda, to‘y va marosimlarning xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, milliy urf-odatlarimizning islom dini doirasidagi talqini yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ko‘p davrlardan buyon bu borada to‘planib qolgan va yechimini kutayotgan muammolar, jumladan dabdababozlik, yo‘l qo‘yilayotgan ortiqcha isrofgarchiliklar va milliy mintalitetimizga yod bo‘lgan turli ko‘rinishdagi tadbirlarni bartaraf etish yuzasidan fikrlar hayotiy misollar asosida talqin etildi.
Mazkur holatlar bo‘yicha tadbirda ishtirok etgan talaba qiz va yigitlarning fikr hamda yondashuvlari eshitilib, ular tomonidan o‘z to‘ylarini ixcham holda, namunaviy ko‘rinishda hamda bugungi kun talabi doirasida o‘tkazishlari maqsadga muvofiq bo‘lishi qayd etib o‘tildi. Ularning taklif va mulohazalari muhokama qilindi. Mazkur tadbir qizg‘in va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yaratilgan “Dabdaba” nomli hujjatli film namoyish etilib, unda aks ettirilgan to‘ylardagi salbiy holatlar yuzasidan fikr almashish jarayoni amalga oshirildi.
Ushbu tadbir debocha sifatida baholanib, shu kabi mavzulardagi tadbirlarni barcha oliy ta’lim muassasalarida keng qamrovli talaba-yoshlar doirasida, tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilishiga kelishib olindi. 

 
«Ma’naviyat va ma’rifat”
          markazi direktori                                                                                                        O.Xudaynazarov

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.