топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O'zbekiston Mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g'ururimiz

ОЎМТВ ҳузуридаги "Маънавият ва маърифат" маркази
Илм-фан
Bugun O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan o'lkamizning har bir maskanida bayram tantanalari o'tkazilmoqda. Shulardan biri, joriy yilning 12 yanvar sanasida «Yoshlik» talabalar shaharchasi hududida joylashgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, Ziyo mahallasi Kengashi hamda ZiyoNET axborot ta'lim tarmog'i bilan hamkorlikda «O'zbekiston Mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g'ururimiz!» mavzusida bayram dasturi tashkil qilindi. Unda shaharcha hududida joylashgan Toshkent davlat texnika universiteti xarbiy kafedrasi talaba-yoshlari, kursantlar, ofetserlar ishtirok etishdi.



«O'zbekiston Mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g'ururimiz!» mavzusidagi tadbir dasturidan sport musobaqalari, madaniy kecha, «Zulfiyaxonim» nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining ijodidan namunalar joy oldi. «Kamolot» YIH «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, «Yoshlik» talabalar shaharchasi IIB bo'limi hamkorlik qilishdi. Tadbirda O'zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonida musiqiy ijro tadqim etildi. Tadbir davomida talabalar sport musobaqalari ya'ni tosh ko'tarish hamda armresling sport turlari orqali kuch sinashdilar.




O'zining tashabbuskorligi, faol va iqtidorini namoyon etgan, tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talaba yoshlar «Kamolot» YIH «Yoshlik» talabalar shaharchasi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir o'zgacha kayfiyat, talabalarning faol ishtiroki hamda qizg'in tarzda o'tganini ta'kidlash joizdir.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.