топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Imtihonsiz nostrifikatsiya qilinadigan OTMlarning yangi ro‘yxati tasdiqlandi

"Ёшларга оид давлат сиёсати Дастури" янгиликлари
Қонунчилик
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo‘shma qaroriga asosan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan ta’lim muassasalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxat 3 ta yirik xalqaro reytinglar asosida ishlab chiqilgan. Ular quyidagilar:
 
 

TIME reyting bo‘yicha 500 talik
ARWU reyting bo‘yicha 500 talik
QS reyting bo‘yicha 500 talik
Ro‘yxatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan fuqarolarning diplomlari“Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra maxsus sinovlarsiz nostrifikatsiya qilinadi. Nostrifikatsiya qilish uchun faqatgina diplomning haqiqiyligi tekshiriladi.
Hozirda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib, nostrifikatsiyaning amaldagi tartibini takomillashtirish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bundan tashqari hujjatlarni onlayn topshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.