топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

XALQNI BIRLASHTIRGAN YO‘LBOSHCHI

nomli blog abdulaziz2959595
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov mustaqil O‘zbekiston xalqini bir maqsad yo‘lida birlashtirish yo‘lida milliy g‘oya va mafkura konsepsiyasiga asos soldi. Milliy mafkuraning konseptual asoslarini ishlab chiqdi. U kishining taklifiga ko‘ra asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilab qo‘yildi.
Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida ish boshlagan ilk kunlaridanoq tinchlik masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tardi. Asosiy e’tibor ichki va tashqi qo‘shnichilik va dunyo mamlakatlari bilan teng ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy- ma’rifiy hamkorlik rishtalarini bog‘lashga qaratdi. Shuningdek,
O‘zbekiston far­zandlarini – harbiylarini hech qanday harbiy harakatlarda ishtirok etmasligiga urg‘u berdi. Yoshlarimiz faqat o‘z yurti sarhadlarini qo‘riqlash, Vatanimizning har bir qarich yerini muqaddas bilish tushunchalari bilan tarbiyalanishlari lozim­ligiga qat’iy e’tibor qaratdi.

Islom Abdug‘anievichning xalq oldidagi chiqishlarida  vatanparvarlik, milliy manfaatlar, milliy istiqlol,  mil­liy qadriyatlar va milliy mentalitet masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan edi. Buni ayrim siyosatchilar Islom Ka­rimovning millatchilikka yo‘l ochishi deb talqin eta bosh­lashdi. Ammo o‘zbek xalqining asrlar davomidagi ezgu niyati mustaqil davlatchiligimizni rivojlantirish, milliy man­faatlarni himoya qilish yo‘li bilan amalga oshishi oddiy haqiqat edi. U o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olija­nob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Ulug‘ Yo‘lboshchimiz nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat hamda obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan shaxs va arbob edi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mam­lakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ yurtdoshlarimiz xotirasiga munosib ehtirom ko‘rsatilayotgani har birimiz uchun ibratlidir. Ayniqsa, Islom Karimov xotirasini aba­diylashtirish bo‘yicha e’lon qilingan 2017 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarorida bir qator ezgu tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Matbuot va axborot agent­ligi tomonidan “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov faoliyati solnomasi” kitobini, “Ma’­naviyat” nashriyotida Islom Karimovning “Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir”, “Yuksak ma’na­viyat — yengilmas kuch” asarlarini, shuningdek, “Prezidentga maktublar” kitobini nashr etish hamda belgilangan tartibda oliy ta’lim, o‘rta maxsus va xalq ta’limi maskanlari, axbo­rot-resurs markazlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar va mahallalarga yetkazishga urg‘u berilgani shular jumlasidandir. Albatta, ushbu sa’y-harakatlar zamirida, olamshumul hikmat bor. Xalqimizni bir maqsad, bir g‘oya atrofida birlashtira olgan buyuk siyosatchi va davlat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasi asrlar o‘tsa-da, qalblarimizda yashab qolaveradi. Zero, buyuk insonlar yodi aslo unutilmay, xalq qalbida mangu saqlanadi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.