топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Математикадан дарс ишланмаси

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Dars ishlanmasi

MATEMATIKA DARSLARINI  O`QITISHNING NOANA`NAVIY USULLARI

 I.Q. Matmurotov – Shovot tumanidagi 5 — son

            umumiy o`rta maktab o`qituvchisi

     Ушбу мақолада умумий ўрта таълим мактабларининг оптималлаштирилган математика фани ўқув дастуридаги мавзу буйича  ўқувчиларнинг мавзуни яхши ўзлаштирилишига эришишига ёрдам берувчи ноанъанавий усул қўлланилган.
    В статье отражены нетрадиционные методы освоения темы при изучения предмета математики оптимизированных программах в общеобразовательных школах.
    In article nonconventional methods of development of a theme are reflected at studying of a subject of mathematics the optimised programs in comprehensive schools.

      5-sinf.  Matematika

Texnologik  xarita

Mavzu: Ko‘p xonali natural sonlarni ko‘paytirish

Mavzu
   

Ko‘p xonali natural sonlarni ko‘paytirish

 

Mavzu

yuzasidan

vazifalar

 
1. O‘quvchilarga ko‘paytmaning ko‘paytuvchiga bog‘liq bo‘lgan xususiy hollardagi  qoidalarini, ko‘paytirishning qonuniyatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berish.

2.   O'quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish, tartibli bardavomlikka  mulohazakorlikka mayl  uyg'otish, Buyuk matematik bobolarimizning ilmiy ishlaridan na’munalar keltirib vatanparvarlik, ahloqiy va estetik tarbiya berish.

 3. O’quvchilarda yig‘indi va ko‘paytma bog‘liqligidagi mashqlarni yechishda darslik bilan mustaqil ishlash, ko‘paytmaga doir mashqlarni o‘quvchilarning o‘zlariga tuzdirish orqali matematikaga          qiziquvchanligini oshirish, zukkolik va ziyrak tuyg’ularini rivojlantirish.

 4. Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni oquvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda suhbat- munozara orqali tarqatma materiallaridagi  matnlar qay darajada o’zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini oshirish.

 

O‘quv

jarayoning

mazmuni.
   

O‘quvchilarga aqliy hujum, bahs – munozara uyg‘unligidagi mavzuni tushuntirish davomida   topshiriqlarni bajarish orqali ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish, uning hossalari  to‘g‘risida tushuncha berish, qoidalar ustida ishlash. Savol – javob  va musobaqadagi topshiriqlar ustida ishlash orqali yangi mavzuni mustahkamlash.

 O’quv

jarayonini

amalga

oshirish

texnologiyasi


Metod:  Aqliy hujum, bahs-munozara, musobaqa,  “O‘rtog‘ingni tekshir” o’yini.

Shakl:  Amaliy mashg‘ulot  kichik guruhlarda, jamoada va individual ishlash.

Vosita: Plakatlar, tarqatma materiallar, o‘quvchilar tomonidan tuzilgan mavzuga oid misollar,.            

Usul:     Tayyor yozma  materiallar, chizmalar plakatlar asosida.

Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol- javoblar, kuzatish, o‘z –  o‘zini, o‘quvchilarning bir – birlarini  nazorat  qilishi.

Baholash: Rag’batlantirish  5 ballik tizim asosida.

 
Kutiladigan

Natijalar.

 
O‘qituvchi:

Mavzuni  qisqa vaqt ichida diqqatnio jalb qiluvchi metodlar yordamida o‘quvchilar tomonidan tez o‘zlashtirilishiga erishadi.

Faollikni, intiluvchanlikni oshiradi. O‘quvchilarda darsga nisbatan  qiziqish  uyg‘onadi. O‘z  oldiga qo‘ygan maksimalmaqsadiga erishadi

O‘quvchi:

Yangi  bilimlarni egallaydi. Yakka va guruh bo‘lib ishlash malakasini oladi.Nutqi, muloqot ko‘nikmasi rivojlanadi va eslab qolish qobilyatlari kuchayadi. O‘z-o‘zni nazorat qilishni o‘rganadi.

Qisqa vaqt ichida  ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ladi, ma’nan shakllanadi.
 

Kelgusi

rejalar

(tahlil -

o‘zgarishlar)
   

O‘qituvchi:

Yangi pedogogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsga tadbiq etish, takomillashtirish.

O‘z ustida ishlash, o‘z dunyoqarashiga mos dars berish metodlarini ishlab chiqish, mavzuni hayotiy voqealar bilan bo‘g‘lash. Pedogogik mahoratini takomillashtirib, oshirib borish.

O‘quvchi:

Olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llash, darslik bilan, qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish. O’z fikrini aniq va lo‘nda ravon bayon etish. Shu mavzu   asosida qo‘shimcha materiallar bilan ishlash. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga  kelish maslakasini hosil qilish.

  I. Dars mavzusi: Natural sonlarni ko‘paytirish va uning xossalari.

II. Dars maqsadi;

ü  A) Talimiy maqsadi:

1.        Ko‘paytmani o‘zaro teng qo‘shiluvchilar yig‘indisini yozish va hisoblashning qulay usuli sifatida   

         ko‘rsata olish.

2.        Ko‘paytmaning ko‘paytuvchiga bog‘liq bo‘lgan xususiy hollardagi qoidalarini o‘rgatish.

3.        Ko‘paytirishning qonuniyatlari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma, malaka xosil qilish.

ü  B) Tarbiyaviy maqsadi:

1.         O'quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirish, fikrlash doirasini kengaytirish

2.         Ko‘paytirishning qonuniyatlarini tushuntish davomida o‘quvchilarni tartibli bardavomlikka  

          mulohazakorlikka mayl uyg'otish

3.         Buyuk matematik bobolarimizning ilmiy ishlaridan na’munalar keltirib vatanparvarlik hissini 

          tarbiyalash.

ü  C) Rivojlanlantiruvchi maqsad:

1.        Yig‘indi va ko‘paytma bog‘liqligidagi mashqlarni yechishda darslik bilan mustaqil ishlash 

         malakasini oshirish

2.        Ko‘paytmaga doir mashqlarni o‘quvchilarning o‘zlariga tuzdirish orqali matematikaga

         qiziquvchanligini oshirish

3.        Sog‘lom raqobat muhitida nutq muomila madaniyatini shakllantirish.

ü  D)Yakuniy maqsad; Faollik. Qiziquvchanlik. Yangilik. Ijodkorlik. Hamkorlik.

III. Dars turi; Muammoli va mustaqil ishlash

IV.  Darsda foydalaniladigan metodlar; «Aqliy hujum», «Guruhlar bilan ishlash», «Bahs munozara».

V.  Dars shiori; O'qigan emas, uqqan afzal.

VI. Dars uchun qoidalar;  l.  To'liq tushunib, so'ng ishga o'tish.

                                             2. Qo'l ko'tarib javob berish.

                                             3.  Faol qatnashish.

                                            4.  Intizom rioyasi

                                            5.  Baholashni to'g'ri bajarish.

VII. Darsda O‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan minimal bilimlar

    Yig‘indi va ko‘paytma orasidagi bog‘liqlikni tushunish.
    Ko‘paytmaning ustun shaklida bajarilishidagi oddiy qoidalarni to‘liq o‘zlashtirish.
    Ko‘paytma qonuniyatlarini mashqlar yechish davomida mustaqil qo‘llay olish.

VIII. Dars jihozi; Darslik: rangli bo'rlar, tarqatma materiallar, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan kartochkalar, mavzuga oid plakatlar.

IX  Darsda vaqt taqsimoti;  1. Tashkiliy qism                                         2 daq

                                              2.  Uyga vazifani tekshirish                         4 daq

                                              3.  Yangi darsni tashkil etishga otish          2 daq

                                              4.  Yangi mavzuni yoritish                          14 daq

                                              5.  Yangi bilimlar ozlashtirilishini tekshirish

                                                   va mavzuni mustahkamlashga otish     10 daq

                                              6.  Ortogingni tekshir bellashuvi                 10 daq

                                              7.  Darsni yakunlash guruxlarni va

                                                   o‘quvchilarni baholash                           2 daq

                                             8. Uyga individual vazifa berish                   1 daq

 

X. Doskadan foydalanish rejasi;

 

 

2

Yangi mavzu

formulasi
1

Dars mavzusi

 
 

6

Uy vazifalari nomerlari ketma-ket yoziladigan soha
 

4

Mavzuni tushuntirish va mashqlar yechishda o'qituvchi foydalamladigan soha.
     

5

O'quvchilar sohasi

 

 

7 Guruhlarning bellashuvdagi baholanilib borishi
     

3

Yangi mavzu formulasiga oid oddiy mashqlar

 

XI Darsning borishi:

l.Tashkiliy qism

 

    Darsga kirib o'quvchilar bilan salomlashish
    Navbatchi ishini, sinf xonasining estetik ekologik holatini, doska, bo'r, lattalarning darsni ko'ngildagi dek o'tkazishga tayyorgarligini tekshirish.
    Davomatni, darsga kelmaganlik sabablarini aniqlash.

 

2. Uyga vazifani tekshirish

    Sinfdagi uch guruh a'lochi o'quvchilaridan tayinlangan nazoratchi o'quvchilarga o'z guruhidagi o'quvchilar uy  vazifalarini tekshirtirish.
    Ishni to‘la bajarganlarni rag'batlantirish, to‘liq bajarmaganlarni qaysi tushunchada bilimi bo'shligini aniqlash va shu o'quvchini a'lochi o'quvchi otalig'iga topshirish.

 

3. Yangi darsni tashkil etishga o'tish.

 

·  Yangi bilimlarni qabul qilishga, yo‘naltiruvchi savollar berish yordamida o‘quvchilarni tayyorlash

·  Eng past bilimli o‘quvchining ham mavzuni tushunib qabul qila olishiga ishonch hosil qilish.

 

4. Yangi mavzuga kirish

 

O‘qituvchi: Har birida 8 kg dan uzum bo‘lgan 6 ta qutida jami qancha uzum bor? Natijani topish uchun biz 

                     necha hil usuldan foydalanishimiz mumkin?

1-o‘quvchi: 8+8+8+8+8+8=48   qo‘shish  yordamida.

2-o‘quvchi: 8*6=48    ko‘paytirish yordamida.

O‘qituvchi: Qoshiluvchilari teng bo‘lgan yig‘indini,  qo‘shiluvchisini qo‘shiluvchilar soniga ko‘paytirish bilan  

                     almashtirish natijani tez va qulay hisoblashimizga olib keladi. Agar qutilar soni, sig‘imi 

                     yuqoridagilardan boshqacha bo‘lsa hisoblay olarmidik.

3-o‘quvchi: Ha, masalan… 9+9+9+9=9*4=36

4-o‘quvchi: Yoki … 7+7+7+7+7=7*5=35

O‘qituvchi: agar qutidagi mahsulot og‘irligini a, qutilar sonini n deb belgilasak, umumiy holda natija qanday  

                     ko‘rinishda bo‘lishini keltirib chiqara olamizmi?

5-o‘quvchi: U holda a+a+a+…+a= a*n bo‘ladi.

O‘qituvchi: Barakalla. 8*6 yozuvimizda 8 ham, 6 ham ko‘paytuvchi deb ataladi. 8*6=48 yozuvimizda 8*6 ham, 

                    48 ham ko‘paytma deb ataladi. Biz shu paytgacha ishlagan ko‘paytma qatnashgan misollarimizda 

                    faqat bir xonali ko‘paytuvchilar qatnashganmi?

O‘quvchilar; Yo‘q, ko‘p xonali sonlar qatnashgan ko‘paytmalari bor mashqlar ham ko‘p uchragan.

 O‘qituvchi: Ko‘p xonali sonlarni “ustun usuli” da ko‘paytirish qulay. Bunga doir misollar bilan tanishaylik

 

                                    1-misol.     537*8 ko‘paytmani hisoblang

 

Yechish:    537

                *     8

                     56

               +  240

                  4000

                  4296

Ikkinchi  sonni  birinchi  sonning  birliklari, onliklari, yuzliklariga alohida alohida  kopaytirib  song  natijalarini  qoshsak, fikrimizni jamlab,  xotiramizni  ishga  solsak shu misoldagi ko‘paytirish va qo‘shishni bir vaqtda bajarish orqali qisqacha ustun shaklida ko‘paytirishni quyidagicha tasvirlash mumkin.

                       537

                     *     8

                     4296

O‘qituvchi: Agar ko‘paytuvchilarning ikkalasi ham ko‘p xonali son bo‘lsa ko‘paytirishni ikkinchi qisqacha usuldan foydalanib bajaramiz.

2-misol     537

              * 108

               4296

            + 0000

             53700

             57996

 

Ikkinchi  sonnining birliklari, o‘nliklari, yuzliklarini alohida alohida  birinchi songa ko‘paytirdik, so‘ng  natijalarini  qo‘shdik, ortiqcha yozuvlarni har safar bajarib o‘tirmaslik uchun ko‘paytirishni quyidagicha tasvirlash mumkin.

 

                537

              * 108

               4296

          + 537__    

             57996

Esda saqlash uchun qoidalar:

1. Ixtiyoriy sonning 1 ga ko‘paytmasi o‘sha sonning o‘ziga teng.

                  Masalan    7*1=7;         1*789=789       umuman     a*1= a 

2. Ko‘paytuvchilarning biri  0 ga teng bo‘lsa ko‘paytmaning o‘zi ham  0 ga teng bo‘ladi.

                  Masalan   7*0=0;           0*789=0          umuman     a*0= 0

3. Agar ko‘paytma  0 ga teng bo‘lsa xech bo‘lmaganda bir ko‘paytuvchi  0 ga teng

 

O‘qituvchi: Ko‘paytirish amalini bajarishda ko‘paytuvchilar o‘rnini o‘zgartirishdan ko‘paytma o‘zgarmaydi,

Masalan   2*3=3*2=6  bu tenglik umumiy holda    m*n=n*m  ko‘rinishida ifodalanib ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonuni deyiladi.

Ko‘paytmada 3 yoki undan ortiq ko‘paytuvchi qatnashsa ularni o‘zimizga qulay holatda yozib olish uchun ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonunidan foydalanib ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirgan holda guruhlarga ajratish mumkin.

Masalan:  2*7*5=7*2*5=7*(2*5)=7*10=70  bu tenglik umumiy holda  (m*n)*k=m*(n*k)  ko‘rinishida ifodalanib ko‘paytirishning guruhlash qonunini ifodalaydi.

Yig‘indi yoki ayirmani boshqa songa ko‘paytirishda quyidagi tengliklardagi xossalardan foydalanish mumkin  5*(6+4)=5*6+5*4,

5*(6-4)=5*6-5*4   umumiy xolda  m*(n+k)=m*n+m*k ,

m*(n-k)=m*n-m*k bu  uchunchi qonun ko‘paytirishning taqsimot qonuni deyiladi

 

5. Yangi bilimlar o'zlashtirilishini tekshirish va mavzuni mustahkamlashga o'tish.

    Savollar yordamida tushunilganlik darajasini aniqlash.                 
    Mavzuga doir misollarni yechish ko‘nikmalarini hosil qilish.

     167,168,169- mashqlarni (5-sinf matematika M.AMirzaaxmedov,

     A.A. Rahimqoriyev. Toshkent 2007)yechish

    Mavzuga doir bilimlarni mustahkamlash, mashq yechish malakalarini hosil qilish 170- mashqni mustaqil

yechishlarini tekshirish va rag‘batlantiruvchi baholar qo‘yish

 

O‘qituvchi: Qani bolajonlar, ko‘paytirish bizga hayotda zarur bo‘ladigan muhim matematik amal ekanligini ko‘rdingiz. Aytinglarchi sinfda tez yuguradigan o‘quvchini, she’rlarni ifodali aytadigan o‘quvchini bilasizlar ko‘paytirishni tez va to‘g‘ri bajaradigan o‘quvchini topishni istaysizlarmi, unda o‘zlarimizning sevimli matematik o‘yinimizga o‘tamiz.

 

6. «O‘rtog‘ingni tekshir» o'yini

 

    Sinf o'quvchilari o'tirgan qatorlariga qarab 3-guruhga bolinadilar. Har bir qator o'quvchilari bilimlari darajasiga qarab 1,2,3,… 10 bo'lib raqamlanadilar. Bunda o‘quvchilarning o‘rinlari har bir musobaqadan so‘ng, musobaqa natijalariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, yani ikkita musobaqadan so‘ng ko‘p ball olgan o‘quvchi o‘zidan oldingi o‘rinda turgan lekin kam ball olgan o‘quvchi o‘rniga siljishi mumkin.

 

Musobaqa tartibi quyidagicha;

har bir qatordagi birinchi raqamli o'quvchilar o'zaro, ikkinchi raqamlilar o'zaro va hokazo barchalari 1-tadan yangi mavzuga  oid misol tuzadilar va uni ikki nushada yozib, qolgan ikki qatordagi o'z nomeridagi o'quvchilar bilan almashinadilar. Masalan  1-qator 1-raqamli o'quvchi 2-qator va 3-qatordagi o'quvchilardan jami 2 ta misol qabul qiladi va 3 daqiqa mobaynida uni yechib egalariga qaytarib berishi kerak va o'zi esa ularga o'zi bergan misollarini qabul qilib olib, tekshirib berishi kerak. Demak sinfdagi barcha o'quvchilarni har biri turlicha bo'lgan 3 tadan turli mashqni qisqa vaqtda echadi va baholaydi.

Bunda

1. O‘quvchida o‘zi mustaqil mashq tuzish malakasi hosil bo‘ladi

2. Ko‘paytirishni tez va aniq bajarishi kerak bo‘lganligi uchun darsda har bir tushunchani etibor berib qabul qiladi

3. O‘zi tekshirishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning mashqlarini tekshirishda o‘quvchida ularning va o‘zining hatolarini ilg‘ab olish hissini paydo qiladi.

4. Ularda darsga qiziqish va masuliyatni bo'lishni o'rgatadi.

Bu bellashuvda baholash 3 xil tizimda bo'ladi.

    O'rinlar orasida baholash.
    Qatorlar orasida baholash.
    O'quvchilaring individual bahosi

O'quvchilar barchasi o‘z o‘rtoqlari tomonidan baholanib, o‘qituvchi faqat  qatorlarning umumiy baholarini aniqlab e'lon qiladi va g'olib qator o'quvchilari natijasi jurnalga qo'yiladi.«O'rtog'ingni tekshir» o'yini o'quvchilarni sog'lom raqobat, halol musobaqalashish, ilmga qiziquvchanlik, adolat parvarlik his tuyg'ularni rivojlantiradi. Va o'z aro hurmat tuyg'usini shakllantiradi.

 

                                                        7. Yakuniy baholar e'loni.

    Mavzu to'liq o'zlashtirilganligiga ishoncha hosil qilish.
    Yaxshi natija ko'rsatganlarni ma'naviy rag'batlantirish.
    Baholash. Dars samaradorligini tekshirish.

 

8. Uyga individual vazifa bersih.

    183-185-mashqlarni yechish.
    Ko‘paytirishning uchta qonuniga oid bellashuv musobaqasi uchun misollar tuzib kelish.
    179 qiyinroq masalani yechish yuzasidan iqtidorli o‘quvchilar orasida rag‘batlantiruvchi baho uchun 

kurash hissini uyg‘otish

    Bilimi bo'shlami birga vazifa tayyorlsh uchun, a'lochi qo'shnilariga biriktirish.


 

Изоҳ: “Ўртоғингнитекшир” ўйиниижодкорваташаббускорўқитувчинингкўпйилликизланишлариватажрибалариасосидаяратилганбўлиб, мазкур “ўйин” данамалиётчиўқитувчиларимизбарчафанларданўқувчиларнингўтилганмавзуюзасиданўзлаштирганликдаражасинианиқлашдафойдаланади. Шунингдек, ҳар бир ўқувчининг дўсти, синфдоши, тенгдошини ҳам назорат қилиш, синаш масъулиятини ҳосил қилади. Натижада бунда ўқувчилар ўртасида ўзаро ҳамкорлик, дўстона талабчанлик ва муносабат каби  туйғулар шакллантирилади ва ривожлантирилади.

 Ixniyr Qurbonboevich Matmurotov – Shovot tumanidagi 5 son umumiy o`rta ta`lim maktabining  matematika fani o`qituvchisi (+99898)277-05-91. E-mail:Ixtiur@mail.ru

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.