топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
0.00
avatar

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati

Батафсил

D. I. Mendeleyev hayoti va ijodi

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Aql  aytur, abadiy gavharlar aro,
Topilmas ilmdan yaxshiroq kimyo.
Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun                                va davriy sistemaning ahamiyati.
Dimitriy  Ivanovich  Mendeleyev 1834-yil  27-yanvar (8-fevral)da  Tobolsk  shahrida  gimnaziya  direktori  oilasida  tug’ildi.U  Tobolsk  gimnaziyasini  tugatib ,Peterburg  pedagogika   institutida  o’qidi  va  uni  1855-yilda oltin  medal  bilan  tamomladi. 1859-yilda  “Solishtirma  hajmlar”  mavzusida  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgandan  keyin  ikki  yil  davomida   chet  elda  ilmiy   safarda  bo’ldi. Xorijdan  qaytgandan  keyin  33  yil  davomida, dastlab  Peterburg  Texnologiya  institutida, keyin  Peterburg Universitetida professor  lavozimida  ilmiy  va  pedagogik  ish  olib  bordi.
  1869-yilda  D.I.Mendeleyev  davriy  qonunni   kashf  etdi  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasini  yaratdi. U  “Spirtning  suv  bilan  birikishi” va  “Eritmalarni  assotsiatlar sifatida  tushunish “  mavzusida  doktorlik  dissertatsiyasini  yoqladi.
    D.I.Mendeleyevning  ilmiy  faoliyati  juda  ko’p  qirrali  bo’lib, uning  pedagogik  merosi  o’ziga  xos  qiymatga  ega. U  1861-yilda  organik  kimyodan   birinchi  darslikni yozdi. Ayniqsa  ,uning  2  tomonlik  “Kimyo  asoslari “  asari  kimyogarlarning   bir  necha  avlodini  tarbiyalash  uchun  xizmat  qildi.
   Mashhur rus  olimi  L.A.Chugayevning  ta’ biri  bilan  aytganda “D.I.Mendeleyev  genial  kimyogar, birinchi  darajali  fizik, gidrodinamika, metrologiya, geologiya,kimyo  texnologiyasining  turli  sohalarida  unumli  izlanish  olib  brogan  olim, kimyo  sanoatini   mukammal  biladigan  ajoyib  mutaffakkir”  bo’lgan. U Rossiya  kimyogarlar  jamiyatini  tuzgan (1868 ) tashabbuskorlardan  biri  edi.  Hozir  bu  jamiyat  D. I.  Mendeleyev  nomi  bilan  ataladi.
Elementlar  davriy  jadvali  har  bir  kimyoviy  element  haqida  atroflicha  ma’lumot  olishga  muhim  ahamiyatga  ega.  Kimyoviy  elementlarning  juda
 ko’p  xossalarini  ularning  davriy  jadvaldagi  o’rniga  qarab  aytib  berish  mumkin.
Elementning  tashqi   qavaqtidagi  elektronlar  soniga  qarab,  bu  elementning  metal  yoki  metallmas  ekanligini,  kislorodga  nisbatan  yuqori  valentligini,  vodorod  bilan  uchuvchan  birikmasi  va  bu  birikmadagi  valentligini  aniqlash  mumkin. Kimyoning  fan  sifatida  shakllanishida  davriy  qonunning  ijobiy  ta’siri  juda  kata  bo’ldi. 
1)    Atomlarning  ichki  tuzilishini  bilishga  va  atom  energiyasidan  foydalanishga  yo’l  ochildi.
2)    Kimyoviy  elementlarni  kashf  qilishda  ularni  qaysi  minerallardan  izlash  kerakligini  aniq  reja  asosida  tashkil  etish  yuzaga  keldi.
3)    XX  asrdagi  kimyo  va  fizika  fanlaridagi  kashfiyotlar  uchun  bosh  omil  bo’ldi.
4)    Radioaktivlik  hodisasi,  radioaktiv  izotoplardan  texnikada,  tibbiyotda,  qishloq  xo’jaligida  keng  foydalanishga  imkon  yaratildi. 
Davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlarning  davriy  sistemasida  tabiatdagi  rivojlanishning  umumiy  ob’yektiv  qonuniyatlari  o’z  isbotini  topgan,  chunonchi;
a)    Atomlar  yadro  zaryadlarining  ortib  borishi  va  tashqi  energetik  pog’onalarda  valent  elektronlar  sonining  ortib  borishi  bilan  elementlar  xossalarining  o’zgarisi,  tabiat  rivojlanishining  umumiy  qonuni  --  miqdor  o’zgarishlarining  tub  sifat  o’zgarishlarga  o’tish  qonuning  yaqqol  isboti  hisoblanadi.
    b)Atom  yadrosida  musbat  zaryadlangan  zachalar,  ularning  atrofida  esa  manfiy  zaryadlangan  zarrachalarning  bo'lishi  ikki   qarama-qaqrshi  zaryadli   zarrachalarning  ma’lum  miqdoriy  nisbatlari  tufayli  atom  mavjud  ekanligi  tabiatning  yana  bir  qonuni--  qarama  qarshiliklar  birligi  va  ularning  kurashi  qonuninig  yaqqol tasdig’idir.
d) Har  bir  davr  ishqoriy  metallardan  boshlanib  inert  gaz  bilan  tugaydi.  Bunda  yangi  davr  boshidagi  element  o’zidan  oldin  joylashgan  nodir  gaz  xossasidan  tubdan  farq  qiladi.  Bunday  tabiiy  hodisa  har  bir  yangi  davr  boshlanganda  kuzatiladi.  Shu yo’sinda  eng  muhim  qonunlaridan  biri—inkorni-inkor  qonuni  o’z  isbotini  topadi.
Xulosa  qilib  shuni  aytish  lozimki,  davriy  qonun  va  kimyoviy  elementlar  davriy  sistemasi  insonda  ilmiy  dunyoqarashning  shakllanishi  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega.

Kimyodan zakovat savollari

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
“Zakovat” bellashuvi dasturi .

     Tadbirni o’tkazishdan maqsad: o’quvchilarning kimyo  va fizika fanlariga doir bilimlarini va dunyoqarashlarini kengaytirish, fanlarning hayotdagi o’rni haqida ma’lumot berish.
      Kutilayotgan natija: o’quvchilarga fanga doir qiziqish uyg’otish, o’quvchilar bilimini shakllantirish.
Tadbirning borishi .
1.Tashkiliy qism: tadbir ishtirokchilari va bellashuv shartlari e’lon qilinadi .Bunda 7 tadan 9-sinf o’quvchilari, 2 ta guruh bo’lib bellashadilar.1-guruh “Akva”.   2- guruh “Evrika”deb nomlanadi. Guruh sardorlari novbat bilan savollarni oladi. Savol javobini topish uchun  1 min. vaqt beriladi. Guruh sardori tavsiyasi bilan savolga 1 ishtirokchi javob beradi.
2.Asosiy qism .
  1. Bu oila a’zolari radioaktiv elementlarni kashf etish bo’yicha kimyo tarixida bir necha marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lishgan. Ulardan biri ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan yagona olima hisoblanadi. Bu oilaning familiyasini ayting. (Kyuri.)
 2. Kunlardan birida bir olimning kalishidan suv o’tib ketadi. U uyiga kelgach, jahl bilan kalishini qizib turgan pechkaning ustiga otib yuboradi. Biroz vaqtdan keyin qarasa, kalishlar suyuqlanmagan. Kalishlar sovigandan keyin ancha mustahkam bo’lib qolgan edi. Pechkaga tashlangan oyoq kiyimida qanday kimyoviy jarayon sodir bo’lgan? (Vulkanlash.)
 3. Bu qomusiy olim oltin, simob, qo’rg’oshin, kumush, mis, temir va qalayning solishtirma og’irligini shu darajada aniq topganki, oradan deyarli ming yil o’tib zamonaviy usullar yordamida aniqlangan solishtrma og’irlik bilan solishtirilganda ular orasidagi farq atigi 0,1…0,3 %ni tashkil etadi. Bundan tashqari, u juda ko’p minerallarning xossa va xususiyatlarini ham to’liq tavsiflab bergan. Olimning nomini ayting. ( A.Rayhon Beruniy)                               
  4. Ma`lumki, ba`zi  organik moddalarning kimyoviy formulasi bir xil bo’lsa-da, ular kimyoviy xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Uzum va vino kislotalari turli xil bo’lishiga qaramasdan bir xil emperik  formula bilan ifodalanadi. Kimyogarlardan biri 1830-yilda bunday birikmalarni izomeriya deb atashni taklif qilgan. Qaysi kimyogar bu taklifni kiritgan? (Berselius)
  5. Sof holatda bu elementni olish ustida ishlagan olimlardan bir nechtasi halok bo’lishgan. Ingliz kimyogarlari aka-uka  Nokslar, fransuzlardan Gey-Lyussak va L.J.Tenar jarohat olishgan. Uni hatto mashhur olim M.Faradey ham ololmagan. 1886-yili fransuz kimyogari A.Muassan bu “qo’lga tushmas qasoskor”ni sof holda olganini e’lon qilgan. Bu paytda uning bir ko’zi jarohat tufayli bog’liq edi. Olimlarni ko’p yillar sarson qilgan elementning nomini ayting. ( Ftor.)

  6. 1890-yillarda Lord Raley va ser Uilyam Ramzay uran minerallarida ulardan ajralib chiqadigan gazlarni o’rganish jarayonida noma`lum spektr chiziqlari borligini aniqlaydilar. Ular uran na`munasini Lokyerga tekshirib ko’rish uchun yuboradilar. Lokyer namunani sinab ko’rib quyosh nurini kuzatgandagi jarayonga o’xshashligini aniqlagan. Hozirda bu gaz kundalik hayotda havo sharlarini va dijabllarni to’ldirishda qollaniladi. Reley va Ramzay bu gazni ,,dangasa’’ yoki ,,befarq’’ so’zlarining grekcha nomi bilan ataganlar. gap qaysi element haqida ketyapti? (Argon.)
   
  7.Gamburglik savdogar Xenni Brand kimyoga juda qiziqqan. U o’zicha juda ko’p tajribalar o’tkazgan. jumladan, siydikni bulg’atib, hosil bo’lgan och sariq rangdagi qoldig’iga ko’mir va qum aralashtirgan hamda retortada havosiz qizdirgan. Natijada 1669-yili yangi, qorong’ida yrug’lik chiqarish xossasiga ega bo’lgan moddani hosil qilgan. u modda tabiatda muhim ahamiyatga ega. U qaysi kimyoviy elementni ixtiro qilgan edi? (Fosfor.)
  8. 1811-yilda fransiyalik kimyogar-texnolog  Bernar Kurtuaning otasi selitra pishirish bilan, Kurtuaning  o’zi esa dengiz o’simliklari kulini o’rganish bilan shug’ullanishar edi. O’sha paytda soda dengiz o’ti kulidan olinardi. Kurtua kul eritmasini mis qozonda bug’latganda qozonning tez yemrilishini kuzatgan. Uikkita kolba olib, bittasiga sulfat kislota bilan temir, ikkinchisiga esa kul va suv aralashmasini solidi. Tadqiqotni o’tkazayotgan paytda laboratoriyaga kirib qolgan mushuk kolbalarni yiqitib yuboradi. Natijada kolbadagi eritmalar bir-biriga aralashib ketadi va aralashmadan siyohrang tutun chiqa boshlaydi. Buni ko’rgan yosh olim hayron bo’lib qoladi.U aslida o’zi bilmagan holda yangi kimyoviy elementni ixtiro qilgan edi. Bu kimyoviy elementning nomini ayting. (Yod.)
  9. Ingliz kimyogari Robert Boyl labaratoriyada navbatdagi tajriba o’tkazayotgan paytda  bog’bon unga bir savat binafsha olib keladi.Gullarni yaxshi ko’rgan Boyl ularni hidlab, saqlash uchun stakandagi suvga solib qo’yadi.O’sha paytda laboratoriyani achchiq gaz hidi qoplab olgan edi.Birozdan so’ng gullar rangi to’q siyohrangdan qizil rangga o’tib qoladi. Buni ko’rgan olim shogirdlariga bir necha xil eritma tayyorlashni buyuradi va ularga gul bargidan solib ko’radi.Lakmusli lishaynik eritmasi yaxshi natija beradi. Boyl  uni ko’rsatkich so’zining lotincha nomi bilan atagan. Hozirda bu pereparat kimyoviy laboratoriya analizlarida keng qo’llaniladi.Uning nomini ayting. (Indikator.)
  10.Amerikalik Garas Uells azot oksidlari ustida tajribalar o’tkazardi. Bir kuni azot oksidlaridan birini, kolba sinig’idan shikastlangan laborantining og’rigan yuziga hazillashib surtadi.Tasodifni qarangki, birozdan so’ng og’riq to’xtaydi.Shundan so’ng Uells bu moddani og’riq qoldirish uchun ishlata boshlaydi.1772-yildan boshlab esa ixtiro qilingan modda stomatologiyada ishlatila boshlanadi.Bu qanday modda edi? (N2O.)
   11.Shotlandiyalik olim Alekandr Flemingning ish joyi doimo tartibsiz bo’lardi. Uning labaratoriya ishlari:Petri kosachasi, kolba va probirkalardan iborat bo’lib, ularda zararli va zararsiz bakteriyalar o’sib yotardi.Kunlarning birida olim ish joyini tartibga keltirish niyatida keraksiz idishlarni axlatga tashlagan. Zarur shisha idishlarni suv bilan chayayotgan paytda esa biriga mog’or tushib qolib, bu mog’or infeksiyaga qarshi kurashda samarali modda bo’lib chiqqan. Flemning  1928-yilda ixtiro qilgan modda hozirgacha tibbiyotda keng ko’lamda ishlatiladi. Bu moddaning nomini ayting. (Penitsilin)
   12. Yosh rus emigrant Filbert amerikalik A. Remesenning laboratoriyasida 1872-yilda tadqiqotchi bo’lib ishlar edi. navbatdagi tajribasini tugatmasdanoq tushlik qilish uchun oshxonaga bogan olim qo’llarini yuvishni ham unitib, ovqatlanishga o’tiradi. Ovqatlanish paytida u og’zida shirin ta’mni sezadi. Buning sababini bilish uchun laboratoriyaga kelib, sintez uchun qo’llagan reagentlarni ko’zdan kechiradi. Idishdagi tashlab yuborish uchun mo’ljallangan oraliq mahsulotni tekshirib ko’rsa, u juda shirin bo’lgan.Hozirda bu modda diabet xastaligiga uchragan odamlan uchun mo’ljallangan shirinlik bo’lib, uning shirinlik darajasi odatdagi shirinliklardan 500 marta yuqori. Bu modda qanday nomlanadi? (Saxarin.)
   13. Nemis kimyogari Vyoler kalsiy karbonat va ko’mir aralashmasini kalsiy metalini ajratib olish uchun uzoq vaqt qizdirganda kulrang massa hosil bo’ldi. Uni keraksiz modda deb, hovlidagi chiqit tashlaydigan joyga tashlaydi. Yomg’ir yog’ganda toshga o’xshagan bu massadan gaz ajralib chiqqanini ko’radi. tekshirib ko’rganda bu gaz 1836-yilda E. Devi tomonidan ixtiro qilingan asetilenligi ma’lum bo’ladi. Vyoler ixtiro qilgan toshga o’xshash kulrang massa qanday modda bo’lgan? (Kalsiy karbid.)
   14. Qaysi olim o’z kashfiyoti tufayli o’zini bir umr kechira olmagan,  lekin uning bu kashfiyoti haligacha uni nomini mashhur qilib kelmoqda. (A. Nobel.)
   15. Kimyo fanidagi birinchi nazariya “moddalar yonishining boshlanishi” deb atalgan(metallarning oksidlanish qaytarilish jarayoni). Bu jarayon qanday nomlangan? (Flagiston.)
   16. 1774-yili Jozef Pristli tajribalar o’tkazib, ammoniy xlorid kukuni bilan kalsiy gidroksidni aralashtirdi. Bunda u o’tkir bo’g’iq gaz ajralib chiqa boshladi. Qizdirganda esa bu gazning ajralib chiqishi yanada kuchayadi. J.Pristli qanday gazni ixtio qilgan? (Ammiak.)

   17.  G.Devi kaliy elementi ustida tajriba o’tkazayotgan paytida portlash sodir bo’ladi va u bir ko’zidan ajraladi. G.Devi quyida keltirilgan qaysi modda bilan reaksiya o’tkazayotgan paytda bu hodisa sodir bo’lgan deb o’ylaysiz? (Suv.)
    18.Yosh M.Faradey dastlab kitoblarni muqovalaydigan ustaxonada ishlagan.G. Devining ma’ruzalarida qatnab yurgan. G.Devi M. Faradeyning harakatchanligi va qobiliyatini sezib o’ziga laborant qilib olgan. Faradey faoliyati davomida Devi yordamida bir necha ilmiy maqolalarni chop ettiradi. Maykl Faradey 1831-yili birinchi, eng muhim ixtirosini qiladi. Bu ixtiro qanday nomlanadi? ( Elektromagnit induksiyta hodisasi.)
   19. 1602-yil boloniyalik kimyoga qiziquvchi etikdo’z Kassiarolo juda og’ir tosh topib oladi. Uning tarkibida oltin bo’lishi mumkin,deb o’ylab,toshni ko’mir va olif moyi aralashmasida qizdiradi;sovigandan so’ng undan to’q qizil nur chiqishini kuzatadi. 1774-yili shved kimyogari K.Sheyele va Yuganlar bu toshni barit deb o’ylab,uning tarkibidan yangi elementni ajratib olganlar. Etikdo’z qaysi elementning ochilishiga sabab bo’lgan? (Bariy.)
   20.22 yashar yosh kimyogar Robert Chizbro 1859-yili Pensilvaniyada joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga boradi. U bu yerga mahsulot saqlanadigan idish tubidagi parafinni ko’rib qoladi. Uni ishchilar jarohatlangan qo’llariga surtish uchun ishlatishar edi.Chizbro parafindan namuna olib, labaratoriyada tajribalar o’tkazadi. Namunadan yangi mahsulot oladi va uni ishlab chiqarishni tashkil etadi. Keyinchalik Afrika va yevropa mamlakatlarida zavodlar tashkil etib, yirik kapitalistga aylanadi. R. Chizbro qaysi moddani ixtiro qilgan edi? ( Vazelin.)

   21. 1831-yili 19 yashar laborant Sharl Soria Bertolle tuzining oltingugurt bilan aralashmasiga qattiqroq kuch bilan ta`sir qilganda yengil portlash yuz beradi. Bo’lg’usi olim mazkur aralashmaga fosfor qo’shib, uni cho’p yorfdamida aralashtiradi. Aralashmani cho’p bilan aralashtirilganda cho’p yonib ketadi. Olim nimani ixtiro qilgandi? (Gugurt.)
   22. Ingliz olimi kimyogari M.Faradey o’z tajribaklarida kimyoviy eritmalarda elektronlarning anoddan katoga qarab harakatlanishni kuzatgan va bu oksidlanish –qaytarilish reaksiyasi deb ta`kidlangan. Bu jarayon qanday nomlanadi? (Elektroliz.)
  23.Ispaniya admiral X. Kolumb o’zining Gaita orollarida qilgan sayohatida mahalliy kishilarning nima qilib yurganini ko’rib nihoyatda hayratlangan edi? (koptok o’ynab yurganini.)
  24.Yerning 3 sutka davomida Quyoshdan oladigan energiya miqdori qanchaga teng? (tabiatdagi barcha neft, gaz, ko’mir va yog’och zapaslarining yoqishidan ajralib chiqadigan energiya miqdoriga teng.)
  25. 1-ptotivogazni kim ixtiro qilgan? (Zelinskiy).
26.Eramizdan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy qo’shinlari Hindistonni bosib oldi. Hind daryosi  sohillarida qo’nim topgan askarlar yoppasiga oshqozon-ichak kasalligiga chalinib qolishdi.Qizig’i shundaki sarkardalar bu kasallikdan xoli edilar. Sababi maxsus idishlardan foydalanishgan. Bu idishlar tarkibida qanday modda bo’lgan? (kumush.)
27. Sichqonlarning “margi”ni beradigan modda nima? (Mishyak.)
28.Aslida o’zi bo’lmagan qanday tosh kimyoning fan sifatida rivojlanishida katta turtki bo’lgan? ( falsafa toshi.)
 29. D. I. Mendeleyev 1869 yilda Karlsruedagi kimyogarlar anjumanida davriy qonunni kashf etganligini e’lon qilganida unga eng kata mukofot sifatida nima sovg’a qilishgan? (aluminiy metalidan yasalgan krujka.)
30. Nima uchun shamning alangasi yorug’lik beradi-yu, spirt lampasining alangasi yorug’lik bermaydi?(sham yonganda undagi uglerodning bir qismi to’liq yonmay cho’g’lanadi va cho’g’langan uglerod atomlari shula tarqatadi, spirt bug’lanib to’liq yonadi va yorug’lik tarqatmaydi.)
31.Skandinaviya, Yevropa, Germaniya, Amerika Fransiya Kaliforniya, Polsha. Bu geografik nomlarni nima birlashtiradi? ( bular radioaktiv elementlarning nomlari.)
32.Germaniya-3-,Rossiya-44-,Polsha-84-, Fransiya-87-,Amerika-95-o’rinda, 1- o’rindachi? ( vodorod)
33. Hindular bu moddani “daraxt ko’z yoshlari” deb atashgan, o’z vaqtida u oltindan ham qimmat bo’lgan. Bu qanday modda.( kaychuk.)
34.Pol Gogen uni “temirdan yasalgan badiiy asar” deb aytgan. Uning nomi…(Parij shahrida qad ko’targan Eyfel minorasi.)
35.Bundan 500 yil avval Siri-Lanka orolining shimolida bir maqbara bunyod etilgan. Haligacha uning bitta ham g’ishti ko’chmagan. Tekshirishlar aniqlashicha binoning g’ishti oddiy loy yoki sement  bilan  emas, balki qimmatbaho mahsulot  bilan terilgan ekan. Bino gishti nimadan terilgan  bo’lishi mumkin? (asaldan.)
Yakunlovchi   qism. Barcha  shartlar   asosida guruhlarning  olgan   ballari  aniqlanadi.G’olib  guruh   rag’batlantiriladi .Tadbir  
yuzasidan  xulosa  fikrlar  bildiriladi.   

Buxoro viloyati Gijduvon tumanidagi  51- umumiy o’rta ta’lim maktabi kimyo fani o’qituvchisi Norbibish  Ashurova.

Ёш авлоднинг интеллектуал салоҳиятини ривожлантиришда интернетнинг тутган ўрни ва ундан фойдаланиш этикаси

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасида ёшларнинг медиа саводхонлигини оширишга қаратилган давра суҳбати доирасида 2015 йил 4 ноябрь куни ZiyoNET Ресурс марказининг Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги бўлими ходимлари томонидан «Ёш авлоднинг интеллектуал салоҳиятини ривожлантиришда интернетнинг тутган ўрни ва ундан фойдаланиш этикаси» мавзусида тадбир ташкил этилди.
    

Халқаро шоколад куни

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан

Бу кун илк бор французлар томонидан 1995 йил ўйлаб топилган. Тарих манбааларидан маълумки, шоколад тайёрлаш ацтеклар томонидан ўйлаб топилган бўлиб, улар шоколадни «илоҳлар таоми» деб ҳисоблашган. Испан босқинчилари эса шоколадни илк бор Европага олиб кириб, унга “қора олтин” деб ном беришган ва ундан жисмоний куч-қувват ҳамда чидамлилик мақсадида фойдаланишган. Бир оз вақтдан сўнг Европада шоколад истеъмоли аслзодалар даврасида чекланган.

TA’LIM TIZIMIDA O‘QUV FANLARNI INTЕGRATSIYALASHNING AYRIM ASPЕKTLARI

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Norbek TAYLAQOV,
Toshkent shahar XTXQTMOI rektori,
Akram  SUYAROV,
Samarqand DU o‘qituvchisi
 
 
TA’LIM TIZIMIDA O‘QUV FANLARNI INTЕGRATSIYALASHNING AYRIM ASPЕKTLARI
 
Maqolada ta’lim tizimida o‘quv fanlarni integratsiyalashning ayrim aspektlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, mualliflar fanlararo aloqadorlikni  amalga oshirish yo‘llari hamda ta’lim muassasasida yagona axborot ta’lim muhitini shakllantirish, axborotlar  bazasini yaratish va undan samarali foydalanish bo‘yicha bir qator tavsiyalarni berib o‘tishgan.
Kalit so‘zlar. Integratsiya, integratsiyalash, fanlararo aloqadorlik, ta’lim muassasasi, axborotlar, bazasi.
 .
В статье рассмотрены некоторые аспекты интеграции учебных предметов в системeобразования. Определеныпути реализации межпредметной связи, а также  условия создания информационной среды и информационной базы, даны рекомендации по их эффективному использованию.
Ключевые слова.Интеграция, интегрирования, взаимосвязь учебных предметов, образовательное учреждение, аспекты.
 
In еруarticle some aspects of integration of subjects in system of education are considered. Ways of realization of interrelation of subjects, and also conditions of logic drawing up of plans of subjects are opened.
Key words. Integration, integrating, interrelation of subjects, education, of logic drawing.
 
Respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan  islohotlar ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirishni, an’anaviy o‘qitish mazmunini qayta ko‘rib chiqish, o‘quv fanlarini  integratsiyalash, o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish asosida tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasida yagona axborot ta’lim muhitini shakllantirish, axborotlar  bazasini yaratish va undan samarali foydalanish, o‘quv, me’yoriy hujjatlarni fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish zaruriyatini tug‘diradi.
Integratsiya – lotincha so‘z bo‘lib, tiklash, to‘ldirish, qismlarni bir butun qilib birlashtirish degan ma’nolarni anglatadi.
Ta’limda bilimlar integratsiyasi yoki fanlararo bog‘lanishdan ko‘p foydalaniladi. Ta’lim tizimidagi  global muammolardan biri o‘quv fanlarini integratsiyalash va tabaqalashtirish hisoblanadi.
Integratsiyalash fanlar o‘rtasida tarkibiy bog‘lanishni mustahkamlash, ularni umumlashtirish, o‘quvchi-talabalarninng tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi yaxlit tasavvurlarini yanada boyitish uchun xizmat qilsa, tabaqalashtirilgan ta’lim talabalarga  mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim berishni nazarda tutadi.
 Integratsiyalash muammosini hal etish ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida zamonaviy axborot va yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur jarayonni to‘g‘ri tashkil etish o‘qitish samaradorligini oshiribgina qolmasdan, o‘qitishning loyihaviy yaratuvchanlik modeli asosini  ta’minlaydi.
Axborotlar ko‘lamining kun sayin o‘sishi, talabalarga beriladigan bilimlar hajmining ko‘payishiga, mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar miqdorining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘z  navbatida talabalarga psixologik jihatdan og‘irlik qilib, ularning bu fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini susaytirmoqda hamda bilimlarni o‘zlashtirish darajasining  pasayishi kuzatilmoqda. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun o‘quv fanlarini integratsiyalash muammosini muvaffaqiyatli hal etish zarurati lozim.
Integratsiya tufayli talabalar bilishlari zarur bo‘lgan axborotlar hajmi ma’lum darajada qisqaradi, talabalar  zo‘riqishining oldi olinadi va vaqt tejaladi.
Ta’lim muassasasining  maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda  muayyan fanning  ichki va tashqi aloqalarini o‘rganish, uning boshqa fanlarga tatbiqini ta’minlash o‘quvchining nafaqat bilish doirasini kengaytiradi,  balki unga atrof-muhit haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lishi, dunyoqarashining shakllanishi, shuningdek, mavjud bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishiga imkoniyat yaratadi.
Pedagogik lug‘atlarda “predmetlararo aloqalar” tushunchasi o‘quv dasturlarining o‘zaro moslashuvi sifatida ta’riflanadi. Ta’lim jarayonidagi predmetlararo aloqalar o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Bunda, talaba o‘z faolligini tanish predmet bilimlarini mavjud bo‘lgan noma’lum munosabatlarni izlashga  yoki aniq o‘rnatilgan predmetlaro aloqalar asosida yangi tushunchalarni shakllantirishga safarbar etadi. Predmetlararo aloqalarni  o‘zlashtirishdagi tajriba natijasida olingan bilimlarga intilish faolligini kuzatiladi.
Predmetlararo aloqadorliklar har bir o‘quv predmeti uchun maxsus bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar orasidagi aloqadorliklarga va turli  fanlar uchun umumiy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar orasidagi aloqadorliklarga bo‘linishi mumkin.
Fan asoslarini tashkil etadigan bilimlarni o‘rganishda ular o‘rtasidagi aloqalarning fan asoslari orasidagi aloqalarga mosligini unutmaslik kerak. Циклическая диаграмма     
1-rasm.Fan asoslari orasidagi aloqalar
 
 Predmetlararo aloqadorlik bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish sohasida ham, ijodiy faoliyat va borliqdagi o‘zlashtiriladigan obyektlarga hissiy-qadriyatli munosabatni shakllantirishda ham o‘rnatilishi kerak.
Ta’limda integratsiyani qaror topdirishda quyidagi  vazifalarni hal etish lozim bo‘ladi:
§      ixtisoslik yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarish obyektlarini tanlash;
§      ta’lim muassasasi hamda ishlab chiqarish subyekti o‘rtasida hamkorlikni vujudga keltirish imkoniyatlarini aniqlash;
§      ishlab chiqarish subyekti bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning barqarorligini ta’minlovchi shartlarni belgilash.
Fanlararo aloqadorlik o‘quv-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy elementlari (mazmun, shakl, metod, usul va vositalari)ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Fanlararo aloqadorlikni  amalga oshirish yo‘llari  quyidagilar:
·                        turli xil fanlarni o‘rganish ketma-ketligi va izchilligini vaqt bo‘yicha shunday tanlash lozimki, ulardan birini o‘rganish ikkinchisini o‘rganishga ko‘maklashsin;
·                        umumiy tushuncha, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga bir
xil yondashuvni ta’minlash;
·                        bilimlarni o‘zlashtirish hamda ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan talablar birligini ta’minlash;
·                        bir o‘quv faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘rganishda boshqa fanlarga oid bilim, ko‘nikma va malakalardan keng foydalanish.
Ta’lim muassasalarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etmoqda. Chunki o‘rgatuvchi, modellashtiruvchi, namoyish etuvchi va nazorat qiluvchi pedagogik dasturiy vositalar o‘quvchilarga bilimlarni umumlashtirish va sintezlash, bilish va masalalar yechishning umumlashgan metodlarini o‘zlashtirishga imkon beradi.
O‘quv   fanlar rejasini o‘zaro aloqadorlikda mantiqiy tuzish shartlari quyidagilar:
·                        turli o‘quv predmetlarida ko‘rib chiqiladigan ob’ektlar orasidagi aloqadorlik o‘rnatish;
·                        turdosh qonun va nazariyalar orasidagi aloqadorlikni tashkil etish;           
·                        tadqiqot usullari va talabalarning amaliy faoliyatlari orasidagi aloqadorlikni yuzaga keltirish;
·                        fizik qonuniyatlar va falsafiy tushunchalar orasidagi aloqadorlikni yaratish;
·                        hisob-o‘lchov va grafik xarakterdagi aloqalarni o‘rnatish;
·                        pedagogik, psixologik va falsafiy bilimlar hamda ta’lim-tarbiyaning metodik usullari, uslublari orasidagi aloqadorlikni tashkil etish.
 
 
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Taylaqov N.I. Uzluksiz ta’lim tizimida informatikani uzviy o‘qitishning fundamental asoslari //Uzluksiz ta’lim. –2005. –№4. –B. 33–38.
2.Галиченко А.Ю. Реализация междисциплинарной интеграции в образовательном процессе ВУЗов культуры и искусств. Интеграция образования.№2, 2009. 
3.Данилюк А.Я. Теория интеграции образования. Ростов-на-Дону: Изд-во РПУ, 2000. 
4.Липотникова И.Г., Нефедорова А.С. Реализация механизмов интеграции образования при обучении студентов математике/ Саранск, Интеграция образования № 1, 2009. — с. 111-114. 
5.Носков М.В., Шершенева В.А. Междисциплинарная интеграция в условиях компетентностного подхода. – Москва; Высшее обраование сегодня. № 9, 2008 — с. 23-25. 
 
 
 

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

"Xalq ta'limi" hamda "Xalq ta'limi axborotnomasi" jurnallari tahririyati
Илм-фан
Axmaran NISANBAYЕVA,
Nizomiy nomidagi TDPU  o‘qituvchisi 
 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA NUTQ O‘STIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
 Maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini o‘stirish muammolari ochib berilgan. Unda og‘zaki va yozma nutqning muhim xususiyatlari, ichki va tashqi nutq ustida ishlashning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga shaxsni  shakllantirishda  nutqni  rivojlantirishning ahamiyatli tomonlari bayon qilingan.