топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xayrli ishdagi hamjihatlik

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Yurt obod bо‘lsa, kо‘ngillar ham shod bо‘ladi! Ozodalik, xayr-u savob ulashish va poklik singari insoniyatning oliy fazilatlari farovon turmushimizning betakror aksi hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab о‘tganidek “Savob ishni har kim har kun qilishi kerak!” Darhaqiqat, ushbu sо‘zlar zamirida olam-olam hikmat bor.

О‘zbek xalqi azal-azaldan о‘zining hamjihatliligi, mehnatsevar va birodar qardoshligi bilan dong taratgan. Umumxalq xayriya hasharlarini jamoa tarzida, hamjihatlikda о‘tkazishi bilan kishilarning bir-biriga bо‘lgan hurmati oshgan, mehr-oqibati yanada mustahkamlagan.

Kuni kecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamosi ham xayrli ishga qо‘l urdi. Institutning Ma’naviyat-ma’rifat ishlar bо‘yicha prorektori Davlat Mulladjanov tashabbusi bilan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Yalong‘och ota” qabristonida katta xashar bо‘lib о‘tdi. Mazkur xasharda talabalar turar joyi mudirlari, tarbiyachi-pedagoglar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda 140 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Dastlab, an’anaga muvofiq marhumlar haqiga duo qilinib, tilovat о‘qildi. Sо‘ngra yig‘ilganlar birdek ishga bel bog‘lashdi.

Hamjihatlikda uyushtirilgan xashar jarayonida jamoa qabriston hududini xazonlardan, turli chiqindilardan tozalab obod etdilar. Kо‘klam mavsumiga tayyorgarlik sifatida qabr boshlariga kо‘chatlar о‘tkazildi.

Ushbu xasharda о‘z xohishi bilan faol ishtirok etgan iymon-e’tiqodi pok, vijdoni sof, g‘ururi baland tengdoshlarimizga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi tomonidan faol qatnashganliklari uchun о‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yurtning ozod va obodligiga hissa qо‘shgan insonlarni kо‘ngillari ham obod bо‘lib, xayrli ish savobi umr yо‘llarini qut-barakaga tо‘ldirajak. Zero, bu dunyoda insondan ezgu ishlar va gо‘zal amallar natijasi qoladi.

E’tiboringizga video roligini taqdim etamiz (diqqat, ssilka Tas-IX tarmog`ida emas).
 
Bobur Ubaydullayev “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.