топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Respublika davlat qо‘g‘irchoq teatrlarini professional faoliyatini takomillashtirishning ilmiy-amaliy yechimlari” seminari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
2018 yil 6 iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalarida tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli hamda 2018 yil 7 may sanasidagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ-3698-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, institutning “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi hamda Respublikada ijodiy faoliyat olib borayotgan о‘nta davlat qо‘g‘irchoq teatrlari hamkorligida “Respublika davlat qо‘g‘irchoq teatrlarini professional faoliyatini takomillashtirishning ilmiy-amaliy yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari bо‘lib о‘tdi.

Seminarni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori G.Xolikulova ochib berdi. Shundan sо‘ng, markaziy ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzachilar san’atshunoslik fanlari doktori S.Qodirova “Qо‘g‘irchoq teatri san’atiga ilmiy nazar”, kafedra professori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi M.Ashurova “Qо‘g‘irchoq teatrining ijtimoiy ahamiyati, professional faoliyatdagi muammo va yechimlar” va D.Yuldasheva “Важные аспекты проблем театра кукол на современном этапе (на примере Узбекистанского государственного театра кукол)” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ular о‘z ma’ruzalarida bugun jamiyatimizda kechayotgan isloxotlar, har bir sohada bо‘lgani kabi qо‘g‘irchoq teatri san’atidagi ijodiy yangiliklar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan о‘z qarashlarini seminar ishtirokchilariga bildirdilar. Bugun davrning о‘zi eskicha qarashlarni parchalab, novatorlik, yangi g‘oya va ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etishni taqazo etmoqda. Bu ma’noda mazkur ilmiy-amaliy seminarda sohani yanada rivojlantirish, ta’lim hamda amaliyot о‘rtasidagi integratsiyaga tо‘siq bо‘layotgan obyektiv va subyektiv sabablarni, yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish yuzasidan sо‘z boradi. Zero, “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasidagi ta’lim yо‘nalishlari talabalari, teatrning ertangi ijodiy jamoalari safini tо‘ldirish bilan birga, uning repertuarini shakllantiruvchi kuch sifatida namoyon bо‘ladilar.

Har bir ma’ruzadan sо‘ng seminar ishtirokchilari masala yuzasidan fikr, muloxazalarini bildirib, baxs-munozaralar tinglandi. Ma’ruzachilar fikrini goh qо‘llab, gox о‘z qarashlarini qо‘shimcha sifatida takliflar kiritish bilan munosabatlarini qizg‘in bildirdilar.

Yana bir muhim masala sohada tinimsiz ijodiy jarayonlar davom etayotgan bо‘lsada, uni zamonaviy, ilg‘or xorijiy tajribalar bilan qiyosiy tahlil qilingan xolda tadqiq etilmayotgani qayd etildi. Muammolarni tо‘planib qolgani ilmiy yondoshuvning kerakli darajada bо‘lmayotganida, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviyligiga erishilmaganida. Bir tomondan “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasidagi bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari zamonga mos ilmiy topilmalarga boy bо‘lishiga qaramay ishlab chiqarishga tadbiq etilmaganida bо‘lsa, teatrlar ham о‘z muammolariga yechim qidirib institutga murojaat etmaganlaridandir. Shu kuni seminar doirasida xech kim vaziyatga befarq bо‘lmadi. Avvalo har bir teatrning direktori va bosh rejissyorlarining ishtiroki mas’uliyatdan darak desak, kadrlar buyurtmachisi sifatida bundan keyin kafedra bilan maqsadli, manzilli ish tashkil etilishiga kelishildi. Kelishuvning amaliy natijasi о‘laroq tomonlar maqsad va vazifalari aniq aks ettirilgan shartnomalar imzolandi. Unga kо‘ra endi teatrlarni ta’lim jarayonidagi meyoriy xujjatlarni shakllantirishda buyurtmachi sifatida talablari inobatga olinib ishlab chiqiladigan bо‘ldi. Xuddi shu kabi talabalarning amaliyot davrini har bir bosqichini shakllantirishda teatr jamoasi tomonidan natijakorlik asosida tashkil etishga kelishildi.

Kafedrada amalga oshirilgan ilmiy ishlanmalar о‘quv labaratoriyalarida tajribadan о‘tgach, albatta professional teatr sahnasiga olib о‘tilishi orqali talabalarnin malakasini oshirishga kelishib olindi. Har ikkala tomonning о‘zaro manfaatlarini ifodalovchi bu kabi takliflar seminar davomida talaygina bо‘ldi.

Seminarni о‘tkazishdan maqsad, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ma’naviy olamini yuksaltirish, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bо‘lishlari yо‘lida xizmat qilib kelayotgan qо‘g‘irchoq teatri san’atining bebaho an’analarini davom ettirgan holda zamonaviy, jaxonning ilg‘or mamlakatlari erishayotgan yutuqlarini sohaga tadbiq etish orqali bu san’at turining ijtimoiy о‘rni va ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, bahs-munozaralar asosida muammo va yechimlarni ilmiy о‘rganishdan iborat edi.

Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish о‘rtasidagi innovatsion hamkorlik va integratsiyani yanada takomillashtirish, kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yо‘nalishlarini ham belgilab olishda muhim asos bо‘lib xizmat qildi.
 
“Qо‘g‘irchoq teatri san’ati”kafedrasi mudiri A’zamjon Abduxalilov

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.