топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Рейтинг
+47.64
avatar

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi

Батафсил

Sening ovozing…

Илм-фан
“Kamolot” deganga avvalo ko’z o’ngingizda bugungi kunda yoshlarni birlashtiruvchi, ularni faollikka chorlovchi, har tomonlama qo’llab quvvatlovchi tashkilot keladi. Chindan ham bugun yoshlar ushbu tashkilotda o’z faolligini ko’rsatib kelmoqda. Institutimizda “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkilotining yetakchisini saylash marosimi bo’lib o’tdi.

Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari

Илм-фан
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 21 fevral kuni professor-о‘qituvchilar va talaba-yoshlari о‘rtasida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari ”mavzusida profilaktik tadbiri о‘tkazildi.
Tadbir avvalida “Qiyomatga qolgan qarz” hujjatli filmi namoyish etildi. Talabalarga filmni kо‘rsatish orqali ularni yana bir bor ogohlikka, sergaklikka, ogohlikka da’vat etish orqali ularning ongi va shuurida mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda hamjihatlik yurtimiz taraqqiyoti yо‘lida amalga

Ona tilim – afsona tilim, jonu jahonim dilim

Илм-фан
“Ko’ngil maxzaning qulfi til va ul qulfning kalidin so’z bil”. Darhaqiqat, hazrat Navoiyning purma’no hikmatlarida aytilganidek, qalb xazinasining qulfi bu til, ana shu qulfni ochuvchi kalit so’zdir. Hazrat Navoiy bu fikrni o’z hayoti va faoliyati davomida nechog’lik haqiqat ekanini amalda isbot etdi.

Shu yilning 21-oktabr kuni O’zDSMI ning O’quv teatrida O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilganligiga 27 yil to’lishi munosabati bilan “Ona tilim-afsona tilim, jonu jahonim dilim” mavzusida ilmiy-ijodiy, badiiy kecha bo’lib o’tdi. Bu institutimizda har yilgi an’anaga aylangan.

“О‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” konferentsiyasi

Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2016 yil 21 aprel kuni “О‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya о‘z ishini boshladi. Ushbu konferensiyaning tashkil etilishiga 2014 yil 15 may kuni Samarqandda Yurtboshimiz tashabbusi bilan о‘tkazilgan “О‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya zamin yaratdi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 yanvardagi 33-sonli Farmoyishiga muvofiq о‘tkazilgan konferensiyada о‘rta asrlarda Sharqda yashab ijod etgan

Практическая студенческая конференция "Актуальные вопросы воспитания молодёжи с высоко художественным и интеллектуальным потенциалом"

Илм-фан
23 марта 2016 года в Государственном институте искусств и культуры Узбекистана состоится традиционная научно-теоретическая и практическая студенческая конференция. Тема конференции — «Актуальные вопросы воспитания молодёжи с высоким художественным и интеллектуальным потенциалом.

Актуальность и цель данной конференции обусловлены дальнейшим совершенствованием образовательного процесса, выявлением и поддержкой талантливой молодежи, которая несет в себе научно-исследовательский потенциал.

Rangli maqsadlar sari!

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Maqsadlar inson hayotining mо‘jizaviy olamini yaratadi. Har bir inson ana shu olamda yashar, mо‘jizalarning mо‘jaz ranglaridan tinmay bahra oladi. Bugungi kunda yoshlarimizning ulkan maqsadlaridan biri oliygohga о‘qishga kirish, mana shu ulug‘ maqsad yо‘lida tinimsiz harakatda bо‘lishdir. Bizning О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutimizda mо‘jizaviy bayram, ya’ni talabalikka qabul qilish marosimi bо‘lib о‘tdi.


Bahodir Yо‘ldoshev makon va zamonda” va “Rejissura asoslari” nomli kitoblar taqdimoti

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
2015 yilning 10 sentabr kuni “Diydor” teatr-studiyasida “Bahodir Yо‘ldoshev makon va zamonda” va “Rejissura asoslari” nomli kitoblar taqdimoti bо‘lib о‘tdi.Taqdimotda О‘zbekiston respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Majidovich Ahmedov, О‘zDSMI rektori Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich, ilmiy ishlar bо‘yicha prorektor G. Xoliqulova, kafedra mudirlari M.Ahmadjonova, M.Xojimatova, О‘zDSMI professor-о‘qituvchilari M.Tо‘laxodjayeva, T.Bayandiyev, S.Qodirova, I.Jumanov, R.Qodirov; tо‘plam mualliflaridan N.Zohidova, О‘zDSMI talabalari, OAV xodimlari ishtirok etdilar.
 
Yuqorida nomlari tilga olingan har ikki kitob О‘zbekiston xalq artisti, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at Bahodir Yо‘ldoshevning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bо‘lib, ular rejissyor tavalludining 70 yilligi munosabati bilan chop etildi.


Китоб ҳаётнинг бадиий кўзгусидир

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон  Миллий кутубхонасида шу вақтга қадар турли семинар, анжуман ва маънавий-маърифий тадбирлар ўтказилиб келинмоқда.   
  
2015 йил 28 август куни Мустақиллигимизнинг 24 йиллиги арафасида яна шундай тадбирлардан бири китобхонларга туҳфа сифатида Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси кичик мажлислар залида Ўзбекистон  давлат санъат ва маданият институти ҳамкорлигида муаллифлар жамоаси томонидан яратилган  “Санъат ва маданият атамаларининг изоҳли  луғати” номли китобнинг тақдимоти бўлиб ўтди.   


Sarhisob vaqti yetdi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Oliy maqsadlar sari odimlayotgan bitiruvchilarning sarhisob vaqti yetdi. Xususan, 2012-yilda Davlat prizedentining 1771 qaroriga muvoffiq ikkita oliygohni bir butun bo’lib tashkil tapishi barobarida amalga oshirilgan samarali va sifat darajasi ortib borayotgan islohatlar sirasiga 2014-2015- o’quv yilida magistrlik maqomiga ega bo’lgan bir guruh san’at va madaniyat soha vakillari hamda to’rt yil davomida o’z mutaxasisliklari bo’yicha taxsil olgan bakalavriat yo’nalishi talabalari bugun parvozga shay.

Iqtidorli yoshlarni kashf etish va ularni har taraflama qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish maqsadida “Talaba yoshlar festivali” yakuni hamda har ikki bosqich talabalarining bitiruviga bag’ishlangan tantanali marosim doimgidan-da o’zgacha ruh oldi. O’quv yili davomoda qilingan mehnat, ijodiy izlanishlar, shu bilan birga festivalda namoyish etilgan ishlar orasidan professional hamda o’zida yuqori saviya, umuminsoniy g’oyalarni aks ettirganlari saralanib, munosib ravishda 15 namanatsiya bo’yicha g’oliblar taqdirlandi.

Tadbirda so’z olganlar yig’ilganlarni bu kun bilan qutlab, bitiruvchilarga ijodiy yutuqlar, ulkan zafarlar yor bo’lishini tiladilar. Tashrif buyurgan mehmonlar orasida el arog’idagi san’atkorlar, xalq artistlari ham tabrik yo’llar ekanlar: yaratilgan keng imkoniyatlardan quvonib, samimiy tilak va istaklari ila oq yo’l tiladilar.

Har yili an’anaviy tarzda tus olayotgan talaba yoshlarning ijodiy festivali madaniyat, san’at sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning yangi bosqichga kirib borayotganligi, jahon talablarini o’zida ifoda etayotganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Mahliyo Teshaboyeva

“San’at ta’limi: innovatsion jarayonlar, natijalar, izlanishlar” konferensiyasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Har bir soha istiqboli bevosita pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonlariga mas’ulligi va yangi uslubiy andozalar asosida faoliyat olib borishi bilan bog‘liq. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bо‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Shu ma’noda, insonni ruhan poklanishga, qalban yuksalishga chorlaydigan san’at yо‘nalishi bо‘yicha о‘quv tizimini rivojlantirish, samaradorligini oshirish ham muhim chora-tadbirlar sirasiga kiradi.
 


Yuksak maqsadlarni kо‘zlab

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Yosh ijodkorlarda intelektual salohiyatni, tafakkurini yuksaltirish, izlanishlarni qо‘llab-quvvatlash, ularni professional mahoratlarini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masallalaridan hisoblanadi. Bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Institutda an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali va “Ochiq eshiklar kuni”ni о‘tkazilishi ham bu kabi izlanishlarga yorqin misol bо‘ladi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda о‘tkazilib kelinayotgan “Ochiq eshiklar kuni” va “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali yosh iste’dodli san’atkorlarning mahoratini yuzaga chiqishida ulkan imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Ushbu tadbirlarda ishtirok etgan, munosib taqdirlangan shu ilhom bilan katta ijod ostonasiga qadam qо‘ygan bir necha san’atkor yigit qizlar bugungi kunga kelib xalqimiz sevgan ijodkorlar sarasiga kirish bilan birga davlatimizning yuksak unvonlariga ham ham sazovor bо‘lib kelishmoqda. Yuksak maqsadlarni kо‘zlab 1-iyundan 13-iyunga bо‘lib о‘tishi rejalashtirilgan bu yilgi festival rang-barang mavzudagi, zamonaviy va mumtoz asarlarni о‘zida mujassam etgani bilan yangicha qiyofa kasb etadi.
afisha-sm

“Yuksak badiiy va intellektual salohiyatli yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi talabalarning konferensiyasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Yosh avlod vakillarini ilmiy izlanishlarga jalb etish, ilmiy tafakkur va salohiyatini yuksaltirish, kelgusida yirik tadqiqot va loyihalarni amalga oshirishlari uchun zamin hozirlash nihoyatda muhim vazifalardan biri bо‘lib, shubhasiz, bu maqsad-muddaolarning amaliy rо‘yobini ta’minlashda ilmiy-amaliy anjumanlar muhim о‘rin tutadi. Hozirda yer yuzining qariyb barcha mamlakatlarida dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va mazkur anjumanlarda ilgari surilgan nazariy fikrlarni amaliyotga tadbiq etish orqali istiqbolli natijalarga erishish mumkinligi allaqachon о‘z tasdig‘ini topib ulgurdi. Faqat minbardan turib aytilgan fikr quruq mavoza bо‘lib qolmasligi, albatta jamiyat hayotining qaysi bir sohasida о‘z yechimini topishi va insonlarning amaliy faoliyatida asqotishi masalaning asosiy jihatidir.


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy tarzda о‘tkazib kelinayotgan “Yuksak badiiy va intellektual salohiyatli yoshlar tarbiyasining dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham institutimizda tahsil olayotgan talaba yoshlarning iqtidori, iste’dodi, ilmiy salohiyatini namoyon etish bilan bir qatorda, ularning dunyoqarashi, bahs-munozara va musohabalarda о‘z shaxsiy fikrini erkin bayon etishi, mavzuga yondashuvi va ilmiy xulosalar chiqarish kо‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilayotgani bilan e’tiborlidir. Ushbu anjumanni katta munozaralar, davrayu izdihomlar arafasidagi о‘ziga xos debochaga qiyoslash mumkin. Zero, ulkan kashfiyotu tadqiqotlar ham oddiy eksperimentlar, tajribayu izlanishlar zamirida bunyod bо‘lishi oddiy haqiqatdir.



“Ta’lim va mutaxassislik” XII xalqaro kо‘rgazmasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
2015 yilning 2-3-4 aprel kunlari Yoshlar ijod markazida О‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar prokuraturasi, О‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmasi hamkorligida “Ta’lim va mutaxassislik” XII xalqaro kо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Mazkur kо‘rgazmaga 70 000 nafardan ziyod yoshlar tashrif buyurdi. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning kamoloti yо‘lida qilinayotgan kо‘plab ezgu ishlar, bir-biridan kо‘rkam ta’lim muassasalari barpo etilayotgani, ta’lim muassasalarida yoshlarimizning bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlarning yaratilganligi haqida kо‘plab ma’lumotlar, shuning bilan birga о‘zlari qiziqqan sohalar bо‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bо‘ldilar.


Экспорт и интеграция высшего образования

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
 

Первого апреля в Ташкенте состоялась «Конференция по экспорту и интеграции высшего образования», организованная Посольством Латвии в Узбекистане, представительствами Европейского союза и Балтийского Центра в Узбекистана.


 


Цель Конференции заключалась в укреплении сотрудничества между Латвийскими и Узбекистанскими высшими учебными заведениями в сфере образования.


 



Tо‘ylar tо‘ylarga, bayramlar bayramlarga ulansin

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Xalqimiz orasida “Tо‘ylar tо‘ylarga, bayramlar bayramlarga ulansin” degan ezgu tilak bor. Bu bejiz aytilmagan, albatta. Zero, osmoni musaffo, tinchligi barqaror yurtdagina shodiyonalar keti uzilmaydi, bayramlar bayramlarga ulanadi. Xususan, 29 mart О‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida bо‘lib о‘tgan “Navrо‘z” bayram dasturi ham shundan dalolat.


 




Zamonaviy va milliy liboslar uyg’unligi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


Kiyim inson yaratgan ixtirolar ichida eng qadimiysidir. Shuningdek, har bir insonning ziynati bo’lgan liboslar, uning jamiyatdagi darajasini ham bildiradi. O’zining uzoq va boy o’tmishiga ega liboslar tarixi hech kimni befarq qoldirmasa kerak?.. Dastlab liboslar tashqi muhitdan himoya vazifasini bajargan bo’lsa, keyinchalik asrlar osha zamon talabi va insoniyat ehtiyoji tufayli u o’z ko’rinishini o‘zgartirib borgan. Endilikda liboslar nafaqat himoya vazifasini, balki insonning odob-axloqini, millatini, estetik didini, moda va uslub borasidagi tanlovini hamda kiyinish madaniyatini ifodalaydi.


 


 



Umumxalq Hayriya hashari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Hashar-elga yarashar, ushbu iborada qancha katta ma’no mazmun mujassam. Yurtimizda 14-15 mart kunlari Umumxalq Hayriya hashari deb e’lon qilinishi ham bejizga emas. Bu borada, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham katta obodonlashtirish, kо‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Hayriya hashariga institut professor-о‘qituvchilari hamda talabalarning faolligi о‘z aksini topdi. Institutda ariq-zovurlar, kо‘chalar, kafedralarga ajratilgan hududlar tozalandi. Manzarali daraxt kо‘chatlari о‘tqazildi. Bundan tashqari №1 va №2 talabalar turar joylarida ham hashar ishlari olib borildi. Derazalar tozalanib, kо‘chalar obodonlashtirildi.


 



 



Yurt tinch ― sen tinch

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан


 


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida diniy ekstremizm, missionerlik va ularning zararli oqibatlarini keng yoritish, talabalarning huquqiy bilimini oshirish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bо‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hamda ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida huquq targ‘ibot organlari hamkorligida tadbir о‘tkazildi. Tadbirga soha mutaxassislaridan Oliy va о‘rta maxsus ta’lim Vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Komilov Muzaffar Muratovich hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bо‘yicha qо‘mitasi mas’ul xodimi Murodil Mirvohidovich Haydarovlar tashrif buyurishdi.



Ulug‘ shoiraga ehtirom: “bahor keldi seni sо‘roqlab...”

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Yurtimizda ajdodlar yodi, madaniy merosi, ruhi-poklarini hurmat-ehtirom bilan ulug‘lash hamda asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilgan. Ana shunday amaliy tadbirlar sirasida ajdodlarimiz tavallud ayyomiga bag‘ishlangan bayram kechalarining tashkil etilishi ahamiyatlidir.


 



 


2014 yil 31 oktabrda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “О‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaning 100 yilligini nishonlash tо‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Sevimli shoiramiz milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga qо‘shgan ulkan hissasini va xotirasini kо‘tarinki ruhda xotirlash imkonini berdi.


 



Otajon Xudoyshukurovni yod etib

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан

Xorazm – azal-azaldan ijodkorlar, san’atkorlar, hofizlar diyori sanaladi. Bu elning dilrabo ohanglari, boshqa joylardan ajralib turuvchi aytim yо‘llari bugun ham dillarni maftun etib kelmoqda. Mazkur uzoq yillik an’ana bir qator fidoyi va iste’dodli san’atkorlar ijodi bilan Xorazm maktabining shakllanishiga sabab bо‘ldi. Ana shunday zabardast va о‘z uslubiga ega ustoz san’atkorlardan biri, shubhasiz, Otajon Xudoyshukurovdir.


 



 


Kuni kecha hofiz о‘zi tahsil olgan dargoh – О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 70 yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi. Bu nafaqat ijodkor shaxsi, qoldirgan boy musiqiy merosiga bо‘lgan hurmat-ehtirom, ayni paytda, Otajon Xudoyshukurov an’analarining ustoz-shogird kо‘rinishida davom etayotgani va har bir yurak torlarida uning о‘lmas navolari yangrab turganidan dalolatdir.