топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Munosib hissa

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Atrofni muhitni muhofaza qilish, turli ekologik muammolarni bartaraf etish bо‘yicha yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xuddi shu yо‘nalishda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida joriy yilning 2 fevral kuni ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tahlil etish, eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tdi. Mazkur yig‘ilishda kо‘plab ekologik masalalar bilan bir qatorda о‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari ham atroflicha muhokama qilindi.
Shu munosabat bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi rektor Ibrohim Yuldashev boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududining ekologik muhitini yaxshlishga doir turli amaliy ishlarni yо‘lga qо‘ymoqda. Hozirda institutning Farg‘ona viloyati filiali hamda Nukus shahar filiali bilan birgalikda butun jahonni tashvishga solayotgan Orol bо‘yi hududlarida 100 ming tup nihol ekish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Obyektda Koliforniya teragi, turli tol, turang‘il va boshqa kо‘plab mevali va manzarali daraxt kо‘chatlari о‘tkaziladi.

Ayni kunlarda Qо‘qon shahridan Nukusgacha maxsus transport hozirlanib, ishchilarni tashish, ekish uchun qalamchalar tayyorlash, asbob-uskunalarni olib borish vazifalari amalga oshirilmoqda. Ishchilar guruhi institutning va filiallarning xо‘jalik xodimlari, professor о‘qituvchilari va boshqa kо‘ngilli talaba-yoshlar tarkibidan tashkil etilgan bо‘lib, quvonarlisi barcha ulkan islohotlar rivoji uchun munosib hissa qо‘shishga bel bog‘lagan. Iqlim sharoitiga qarab mart oyi boshidan ishlar qizg‘in sur’atlarda jadal rivojlanib ketishi kо‘zda tutilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, respublikamizda faoliyat yuritayotgan har bir oliy ta’lim muassasasi turli maydonlarga 100 ming tupdan kо‘chat о‘tkazsa, butun mamlakat miqyosida jami taxminan 100 mln.ga yaqin yangi nihol ekilish mumkin. Agarda bu nihollarni qariyb 60-65%i saqlanib qolib, kelgusida yashab ketsa, u holda mamlakatimizda katta daraxtzor, bog‘-rog‘ va о‘rmonzorlar hosil bо‘ladi. Natijada davlatimiz rahbari ekologik holatni yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borayotgan keng islohotlar besamar ketmaydi. Mazkur ishlar aholi salomatligi, ekologik toza havo normasining oshishi, turli kasalliklarni oldini olishga ham katta foyda beradi. Ekologik muammolar о‘z-о‘zidan barham topib, kelajak avlodning yaxshi ob-havo sharoitlarida yashash uchun imkoniyatlar tug‘iladi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti respublikamiz hududida olib borilayotgan ulkan islohotlar yо‘lida barcha bilan qadamba-qadam bо‘lib, beminnat xizmat kо‘rsatish uchun bel bog‘lagan. Nasib qilsa, bobolarimiz ta’kidlaganidek, yangi nihol о‘tkazishdek savobli ishlarni amalga oshirish yо‘lidagi fidoyi mehnatlar zoye ketmaydi. Biz esa jamoaga ulkan omadlar tilaymiz!
 
Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.