топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kutilayotgan hayajonli lahzalar

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
О‘zbek milliy san’atini yanada rivojlantirish, sohada yetuk va malakali kadrlarni yetishtirish, iste’dodli hamda faol talaba-yoshlarni tayyorlash yо‘lida yurtimizda qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillar О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar strategiyasi” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda san’at va madaniyat sohalarida iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni yanada qо‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 8-30 iyun kunlari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlab an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali hamda “Ochiq eshiklar kuni” о‘tkaziladi.

Har yili о‘tkazib kelinayotgan mazkur festivalda institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan teatr, kino, televideniye, folklor, estrada va shu kabi sohalardagi yaratilgan yuksak namunadagi ijodiy ishlarning tantanali namoyishi bо‘lib о‘tadi. Eng sara ijod namunalari professional mutaxassislardan tarkib topgan nufuzli Hay’at a’zolari tomonidan munosib baholanib, festivalning yakuniy qismida tantanali ravishda taqdirlanadi. Mazkur taqdirlash marosimi 30 iyun, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ta’sis etilgan “О‘zbekiston Yoshlar ittifoqi” tashkilotining bir yilligi kunida yuqori saviyada hamda kо‘tarinki ruhda о‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivalining bu yilgi kunlari о‘zgacha shukuhga, samimiy ruhga yо‘g‘rilganligi bilan san’at va madaniyat sohasida tahsil olayotgan faol ijodkor yoshlarimiz uchun kutilayotgan unutilmas hayajonli lahzalarni tuhfa etishi shubhasiz.

О‘zbek milliy san’atiga ixlosmand barcha yurtdoshlarimizni, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda barcha ijodkorlarni festivalga taklif etib qolamiz.
Dostonbek Rahmatullayev
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi


0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.