топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Kulol” spektakli namoyish etildi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali davom etmoqda. Festivalning navbatdagi kuni institutning О‘quv teatrida “Qо‘g‘irchoq teatri aktyorligi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarining “Kulol” nomli diplom spektakli namoyish etildi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor kursning badiiy rahbari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Fatuxulla Xо‘jayev, pyesa muallifi “Teatr san’ati” mutaxassisligi 1-kurs magistranti Sirojiddin Rustamov bilan hamkorlikda insonni keng mushohadaga chorlovchi mavzuga qо‘l urishgan. Spektaklda noyob va qadimiy kasb sanalmish kulolning mehnati kо‘rsatilib, ona zamin bag‘rida yashab, tuproqni qadrlash g‘oyasi ilgari surilgan. Falsafiy-didaktik jihatdan izchil tanlangan voqealar rivojlanib, tomoshabinlarni ta’sirlantiradi. Asar uchun tanlangan folklor qо‘shiqlar va raqslar milliy urf-odatlarimiz, asriy an’analarimizni yoshlar ongiga singdiradi. Kulolchilik kasbining xalqona mehnat bilan qorishib ketganligini, kulolning hayoti, yashash tarzi, insoniy kechinmalari о‘zi kabi halollikka va zahmatga yо‘g‘rilganligi tasvirlandi. Talaba Ulug‘bek Musinov bosh rolni maromiga yetkazib ijro etdi. Haqiqatan, sahnada haqiqiy kulolning qiyofasi kо‘rsatilgan. Aktyorlar Islom Berdimurodov, Shahnoza Nabiyeva, Akbar Nursaitov, sahna orti yordamchilari Nodirbek A’zamov, Abbos Anvarjonovlarning mahorati, о‘quv yillari mobaynida ustozlardan olgan bilimlarini sahnada namoyon etishdi. Gо‘zal ijrolar, yoshlarning sof muhabbat talqini, ezgulik va yovuzlik о‘rtasidagi kuchli konfliktlar, kulolchilik mehnati orqali tiriklik falsafasi, ya’ni insonni tuproqdan yaralganligi, shu bois ham ona zaminni ulug‘lab yashash lozimligi aks ettirildi.

Spektakl badiiy va dekorativ mazmunga boy bо‘lib, rassomlar Alisher Tо‘laboyev, Nigora Faxriddinova, dizayner Iroda Bahromova, musiqa bezakchilari Eldor Tursunov, Shahzodbek Diyorovlarning mahoratli yondashuvi kо‘zga tashlandi. Sahnadagi qо‘g‘irchoqlarni jonlantirishda pedagoglar Venera Yusupova, Ravshan О‘taganovlarning xizmatlari katta bо‘lgan. Maroqli tomoshaga kichik yoshdagi bolalardan tortib, professor-о‘qituvchilar ham jalb etildi.

Muhokama jarayonida kо‘rik-festivalning hay’at raisi О‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov professional rejissura, mazmunli asar hamda aktyorlarning betakror ijrolariga alohida tо‘xtalib, bitiruvchi talaba-yoshlarni katta hayotga mana shunday gо‘zal va mazmunli sahna asari bilan qadam qо‘yayotganligi bilan tabriklab о‘tdi.

“Kulol” spektakli iste’dodlilar maydonidagi an’anaviy “Talaba-yoshlar ijodiyoti” festivali doirasida taqdim etilayotgan betakror sahna asarlari qatoriga kiradi. Bugun ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod dunyosini tarbiyaviy jihatdan mazmunli asarlarga boyitish an’analari davom etayotgan bir paytda “Kulol” spektakli о‘zining asl tomoshabinlarini albatta topajak. Ijodkorlarga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Dostonbek Rahmatullayev
 
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.