топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Iste’dodlilar maydoni

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Professional san’at namunalarini aks ettirish, iste’dodli talaba-yoshlarni haqiqiy hisobot maydoniga chorlash va barchasiga munosib baho berish fursatlari yetib keldi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bu yilgi “Talaba-yoshlar ijodiyoti” kо‘rik-festivali hamda “Ochiq eshiklar kuni”ning kattakon ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi. Kechani institutning Ilmiy ishlari prorektori, dotsent Gо‘zal Xoliqulova ochib berib, ijodkor yoshlarga katta omadlar bilan kо‘tarinki kayfiyat tiladilar. Marosimning badiiy kechasi nihoyatda gо‘zal taassurotlarga boy bо‘ldi. Konsert dasturini О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent Rudakiy Allamboyev “Sen mening Vatanimsan!” taronasi bilan ochib berdi. Jonli ijrodagi qо‘shiq va kuylar bir-biriga ulanib ketdi. Xurshida G‘affurova “Kashmirida”, Izzatullayeva Zardiana “Gо‘zal yurtim”, Anvar Mirzayev “Nozi gо‘zal” nomli taronalari bilan yig‘ilganlarni xushnud ayladilar. Doniyor Karimjonovning “Arab tangosi” yorqin ijroda kuylanib, tinimsiz olqishlar ostida qoldi. Milliy ma’naviyatimiz hamda betakror tuyg‘ularimizni aks ettirgan “Yо‘l bо‘lsin” ashulasi О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Nodira Pirmatova ijrosida kuylanib, talaba Sabina Berdiyeva tomonidan gо‘zal raqs kompozitsiyasi taqdim etildi.

Konsertda yuqori saviyada ishlangan turli yо‘nalishlaridagi ijod namunalari taqdim etildi. “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Dilshod Karimovning “Gnomlar raqsi” cholg‘u ijrosi, Ayapbergen Otegenovning royalda “Karib dengizi qaroqchilari” asariningijrosi, Abbos Anvarjonovning “Niqob” plastik etyudi ajoyib talqinlarda kо‘rsatildi. Ayniqsa, Zamonaviy pantomimo teatri ansambli tomonidan taqdim etilgan “Chiroqlar shousi” о‘zgacha shukuhda namoyish etildi. Qorong‘i zal ichidagi sahnada aktyorlarning zamonaviy raqsi barchani hayratga soldi.

“Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi” 4-kurs talabalarining teatrlashtirilgan “Andijoncha” raqsi aktyorlarning milliy liboslari, betakror raqs harakatlari orqali о‘zaro uyg‘unlashib sahnada о‘zining gо‘zal talqinini topdi.

Konsert dasturi kо‘tarinki ruhda о‘tkazildi. Marosim davomida boshlovchilar kо‘rik-festivalning hay’at a’zolari bilan barchani birma-bir tanishtirib о‘tdilar. Sovringa taqdim etilajak nominatsiyalar ketma-ketligi ham tantanali ravishda e’lon qilindi. Yakuniy qismda institut madhiyasi yangrab, yig‘ilganlarning qalbini tо‘lqinlantirib yubordi.

Kо‘rik-festivalning birinchi kundagi konsert dasturidan sо‘ng “Dramatik teatr va kino aktyorligi” 4-kurs talabalarining “Gamlet” diplom spektakli namoyish etildi. Mehmonlar ajoyib san’at namunalaridan bahramand bо‘lishdi. Kutilayotgan hayajonli lahzalarga ilk qadamlar bosildi. Isde’dodlilar maydonida faqatgina kuchlilar g‘olib bо‘lajak. Barchaga muvaffaqiyatlar yor bо‘lsin!

Dostonbek Rahmatullayev, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.