топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ijodiy uchrashuvlar samarasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Shaxs ma’naviyatini о‘stirish tamoyillari barkamol avlod tarbiyasida muhim о‘rin tutadi. Ayni dam yurtimizning har jabhasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, ularni faol kitobxonlikka safarbar etish, beqiyos о‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan bahramand bо‘lish kabi qator vazifalar о‘z amaliy tasdig‘ini topmoqda.

Shu maqsadda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti О‘quv teatrida anchadan buyon kutilayotgan “Kitobxonlik – vazifamdir!” shiori ostida О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi. Kechani institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev ochib berdilar. О‘z nutqlarida adabiyot yо‘lida izlanayotgan, ijod qilayotgan yoshlar borasida samimiy fikrlarni aytib о‘tdilar. Uchrashuvning asosiy mehmoni Iqbol Mirzo sо‘zga chiqib kitobxonlik xususida talaba-yoshlar bilan qizg‘in suhbat qurib, ularning fikrlarini ham tingladilar. О‘zining gо‘zal ijodidan betakror she’rlarni о‘qib, zalga yig‘ilganlarni xushnud ayladi. Haqiqatan, ta’sirli misralar barchani kо‘nglini tо‘lqinlantirib yubordi. Shuningdek, tabir yakunida san’atshunoslik fanlari doktori, professor Abdusalom Umarov sо‘zga chiqib, mavzu yuzasidan qator masalalarni о‘rtaga tashladilar. Bugungi yoshlarimiz ma’naviyati, tarbiyasi borasida sо‘zlab, ilmga bо‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish kerakligi haqida sо‘zladilar.

Institutning “Ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi” hamda “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur ijodiy uchrashuv kutilgandan a’lo bо‘ldi. О‘ylaymizki, talaba-yoshlar hozirda kitobga mehr qо‘yishi, о‘z dunyoqarashlari, hayot haqidagi fikrlarini yanada teranlashtirishlari lozimligi haqida kerakli xulosaga kelishdi.

Millat tarixi buyuk shaxslarning abadiy merosi, butun dunyo tamadduniga hissa qо‘shgan betakror va beqiyos asarlari silsilasida yashamoqda. Shunday ekan, ajdodlarga munosib avlod bо‘laylik! Mutolaa madaniyatini о‘stirib, buyuk kelajaknni birgalikda barpo etaylik!

 
Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.