топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Festivalga umidlar bilan...

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Joriy yilning 26-30-may kunlari poytaxtimiz Toshkent XI- an’anaviy Respublika professional qо‘g‘irchoq teatrlari festivaliga mezbonlik qilmoqda.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi professori, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi Maryam Ashurova 7-11may kunlari Farg‘ona viloyat qо‘g‘irchoq teatri rahbariyatining taklifi bilan “Oq qushlar orzusi” nomli spektaklni sahnalashtirdi. Ushbu asar muallifi rejissyorning о‘zi bо‘lgani, sahnalashtirishda ijodiy jamoa bilan ishlash jarayonini aptemallashuviga va yangicha topilmalar kiritilishiga sabab bо‘ldi. M.Ashurova Farg‘ona viloyat qо‘g‘irchoq teatri jamoasi bilan kо‘p yillardan buyon ijodiy hamkorlik qilib kelgan. Jumladan; “О‘z uyingni о‘zing qadrla”, “Mо‘jiza”, “Sog‘lom tanda sog‘ aql”, “Alla” kabi spektakllarni sanab о‘tish mumkin. Ushbu spektakllar qо‘g‘irchoq teatri san’atidagi turli qо‘g‘irchoq turlari bilan birgalikda jonli plan (sahna oldi planida aktyorlarning ijrosi)da sinteztashuv asosiga qurilgan bо‘lib, bu о‘z navbatida aktyorlarni serqirra ijod qilishga undaydi. Teatr jamoasi ham M.Ashurovaning bu ijodiy uslubini yaxshi о‘zlashtirgan va har doim sidqi dildan о‘z obrazlarini talqin etib kelganlar.

M.Ashurova sahnalashtirgan spektakllar aksariyat Respublika professional qо‘g‘irchoq teatrlari festivalida ishtirok etib, nufuzli о‘rinlarni egallab keldi. Navbatdagi “Oq qushlar orzusi” spektakli ham aynan XI- an’anaviy Respublika professional qо‘g‘irchoq teatrlari festivali uchun Farg‘ona viloyat qо‘g‘irchoq teatri nomidan qatnashishi rejalashtirildi.
Biz “Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi professor-о‘qituvchilari jamoasi ushbu spektaklga va Farg‘onalik ijod axliga parvoz tilab, festivalda muvoffaqiyatli ishtiroklarini kutib qolamiz.

“Qо‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi mudiri A.Abduxalilov


0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.