топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Fayzli kunlar tantanasi

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Xotira – insonning vafotidan keyingi umri hisoblanadi. Uni ardoqlab, har dam yodga olib yashash saodati insoniylik belgisi, hayotda yashash maqsadining ma’nolarini anglatadi. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasi ham doimo qalbimizda saqlanib, ularning ezgu ishlari esa nafaqat о‘tmish tonglarini, balki oldindagi kunlarni ham ma’nolarga tо‘ldirib boraveradi.
4-6 may kunlari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Yoshlar ittifoqi” tashkilotining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Istiqbol yoshlari” jamoasi 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Birinchi Prezident Islom Karimovning muqaddas xotirasiga bag‘ishlangan “Ozodlik” nomli spektaklni namoyish etishdi. Xalqimizning mustaqillik yо‘lida chekkan zahmatlari, ajdodlarimiz, jumladan, Qodiriy, CHо‘lpon, Fitrat, Avloniy va boshqa shu singari yetuk adiblarning nohaqlik yо‘lida qatag‘on qilinishining oqibatlari, о‘sha davrdagi chirkin hayot va tuhmatlar aksi sahnada jonli ijroda tomoshabinlarga havola etildi. Qiziqarli va ta’sirli syujet mahoratli ijro bilan uyg‘unlashdi. Yig‘ilganlarning olqishlari va kо‘zlaridagi yosh tomchilari talaba-yoshlarni tо‘lqinlantirib yubordi.

Shu bilan birga jamoa tomonidan Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan turli hududlarda xayriya konsertlarini tashkil etmoqda. Ilk bor konsert dasturlari Farg‘ona viloyatining Quva tumanida о‘tkazildi. Mazkur hududda joylashgan madaniyat va istirohat bog‘iga yig‘ilgan vodiy xalqi talaba Jumagul Nishonova ijrosida milliy va zamonaviy qо‘shiqlarni tinglab, maroqli hordiq chiqarishdi.
Har yili yurtimizda о‘zgacha shukuh ila nishonlanadigan 9 may sanasi xalqimiz ozodlikka erishish yо‘lida chekkan zahmatlarining yakuni, bu bayram -fayzli kunlarimizning tantanasi, necha yillab jabr kо‘rgan qondoshlarimizning shukronaga tо‘lgan lahzalari bо‘lib qolmoqda.

“Istiqbol yoshlari” jamoasining kelgusi dasturlarida deyarli barcha viloyatlarga safar kunlari uyushtirilgan. Professional darajada sahnalashtirilgan spektakl hamda jonli ijrodagi betakror konsert dasturlari barchaga birdek manzur bо‘lishi shubhasiz. “Xotira va qadrlash kuni” arafasida amalga oshirilayotgan ezgu barcha ishlarning savobi osuda va farovon kunlarimiz uchun xizmat qilsin. Fayzli kunlar tantanasi bardavom bо‘lsin!
 
Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.