топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Book crossing – erkin kitob almashish

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 2017 yilning 16-oktabridan boshlab Respublikamizda ilk marotaba book crossing (erkin kitob almashish shaxobchasi) xizmatini tavsiya etdi.
Book crossing xizmati О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 12 yanvar kuni imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bо‘yicha komissiya tuzish tо‘g‘risida”gi Farmoyishida kо‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat bо‘lib, bu xizmatdan foydalanish mutloq erkin va о‘z qiziqishiga kо‘ra kitob tanlash imkoniyatini beradi.
Book crossing bu kitob mutolaasi va mutolaa madaniyatini yanada takomillashtirish, о‘z xohishiga kо‘ra qiziqqan kitobni tanlab о‘qish, boshqalarga ham tavsiya etish, tengdoshlar о‘rtasida erkin kitob almashinuvini yо‘lga qо‘yish, xizmatdan xohlagan vaqtda, xohlagan muddatgacha foydalanish, book crossing fondini boyitish maqsadida mustaqil kitoblar taqdim etish, faoliyat jarayonida zarur deb topilgan kitoblarni kitobxonga sovg‘a qilish demakdir. Bundan kо‘zlangan maqsad kitob mutolaasi jarayonini jadallashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iborat. Bu bilan ularning bilimlari ortib, dunyoqarashi, ongi о‘sadi, fikrlashi oydinlashadi, tasavvur olami boyib boradi. Zero, kitob insonga yaxshi va yomon kunda eng yaxshi dо‘st, dono ustoz, maslaxatgо‘y hamroh bо‘lib xizmat qiladi. Ushbu xizmat turida о‘ziga hos jixat shundan iboratki bu kutubxona ochiq kutubxonadir va u hech qayerdan rо‘yhatdan о‘tmaydi, kitoblar fondi hayriyaga bel bog‘laganlar tomonidan tо‘ldirib boriladi. Book crossing shahobchasini shahar yoki tuman markazidagi biron tashkilotning fayesida yoki shahar markazining bir qismida pana holatda kitob jovonini tashkil etish mumkin. Shu о‘rinda bir savol tug‘iladi: kitobni olishsayu uni qaytarishmasa nima bо‘ladi axir shaxobcha xech qayerdan rо‘yxatdan о‘tmaydiku? Biz insonlarni majburlab kitob о‘qishga targ‘ib eta olmaymiz bu tizim eskirgan. Kitob о‘qish erkin bо‘lganligi foyda keltiradi. Agar kimgadir biron bir kitob yoqib qolgan bо‘lsa, uni о‘qib о‘ziga kerakli bilim olsin. Agar shu kitobni kimgadir о‘qishga tavsiya qilsa, bu savob lekin kitobni о‘z о‘rniga qaytarishmasa bu ularning vijdonlariga xavola bundan ranjish kerak emas. Zero, olingan kitobni о‘qib bо‘lgach uni о‘z о‘rniga qaytarish va boshqalarga tavsiya qilish ham aslida mutolaa madaniyatining bir qismiga kiradi.
Mutolaa madaniyati juda keng qamrovli tushuncha bо‘lib, unga quyidagicha soddagina ta’rif berish mumkin: kitobxon biron bir badiiy yoki ilmiy asarni mutolla qilish jarayonida uning mag‘zini chaqib, asar syujetlarini aniq tahlil qilib о‘qishi hamda о‘qilgan asardan о‘ziga hulosa chiqara bilishi va eng asosiysi ushbu hulosasi yuzasidan olgan bilimlarini hayotga tatbiq eta olishi sо‘ngra ushbu kitobni asrab-avaylab, shahsiy kitob jovonida saqlashi va uni yana kimlargadir tavsiya etishi mutolaaning eng oliy madaniyati hisoblanadi.
Book crossing – erkin kitob almashinuvi shaxobchasini Respublikamizning kо‘plab hududlarida joriy etish maqsadga muvofiq. Viloyat markazlari va chekka-chekka qishloqlargacha joriy etish zarur. Insonlar bilan suhbat qurish natijasida shu ayon bо‘ldiki kimlardir uyimda kitoblar yо‘q, yana kimdir dо‘konlarda kitoblar juda qimmat turadi, kutubxonaga borib, kitob olishga va uni о‘z vaqtida qaytarishga vaqtim bо‘lmaydi kabi vajlarni keltirishdi. Mana shu bois ham ushbu erkin kitob shaxobchasini tashkil etish maqsadga muvofiq. Mayli kitoblar yо‘qolsin, mayli uni о‘qiganlar о‘z о‘rniga qaytarishmasin uni qattiq nazorat qilinmydi ammo eng asosiysi uni mutolaa qilishganiku! Kitobni olishsin, sevib mutolaa qilishsin, unga oshno bо‘lib qolishsin va unga chindan mehr qо‘yishgandagina uni о‘z о‘rniga qaytaradilar, nafaqat qaytaradilar balki uni boshqalarga ham tavsiya etadilar, ana о‘shanda biz maqsadimizga erishgan bо‘lamiz, ya’ni xalq kitobga oshno bо‘ladi, mutolaa madaniyati shakllanadi va о‘sadi buning natijasida esa, ma’rifat о‘choqlari lovillab yonadi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” ta’lim yо‘nalishi 2-bosqich talabasi, Rustamaliyeva Shahnoza

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.