топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Betakror dо‘stlik munosabatlari

O`zbekiston Davlat San'at va Madaniyat instituti blogi
Илм-фан
Jahon xalqlari bilan о‘zaro hamkorlik, diniy bag‘rikenglik, yaqin qо‘shnichilik aloqalarini yaxshilash kabi egzu fazilatlar yо‘g‘rilgan ijtimoiy-siyosiy aloqalar mamlakatimizda sodir bо‘layotgan zaruriy islohotlar rivojiga hissa qо‘shadi. Kunikecha О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan Geydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi о‘rtasida hamkorlik yuzasidan yirik memorandum imzolandi. Mazkur ulkan hodisa madaniy hayotimizdagi katta о‘zgarishlarga yо‘l ochishi shubhasiz.

Memorandum imzolanishi о‘ziga xos bayram sifatida nishonlandi. Institutning О‘quv teatrida “Ozarbayjon – Kavkaz durdonasi” nomi ostida musiqiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni institutning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bо‘yicha prorektori Davlat Mullajonov ochib berib, ozarbayjon xalqiga bо‘lgan chuqur hurmat va ehtiromini izhor etdi hamda davraga Ozarbayjon Respublikasi elchixonasining madaniyat atashesi, О‘zbekistondagi Geydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi rahbari Samir Abbasovni taklif etdi. Samir Abbsasov о‘z sо‘zida katta maqsadlar yо‘lida bosilgan qadamning shukuhi davomiy bо‘lajagini, qardosh xalqlar bilan kо‘p yillik an’analar yanada davom etajagini bildirib, bu voqeadan bag‘oyatda shodonligini ta’kidladi. Institut rahbariyatiga minnatdorchilik tuhfasi sifatida Ozarbayjon gilamdо‘zlik san’ati kitobini taqdim etdi.

Shundan sо‘ng tadbirning badiiy-musiqiy qismi boshlandi. Monitorda о‘zbek va ozarbayjon xalqlarining dо‘stlik aloqalari mustahkamlangan qо‘shiqlar kompozitsiyasi aks etgan “Ozarbayjon uchun kuyla, Karabax” nomli video yozuvi qо‘yildi. Yosh va mahoratli Dilnoza Akbarova, Yusufxon Nurmatov, Omadbek Ahmadjonov, Mashhurbek Raimjonov, “Surxon” guruhi va shu kabi qator xonandalar birgalikdagi ijrosida gо‘zal tarona yangradi. Klipda Ozarbayjon Respublikasining betakror tabiati, sо‘lim gо‘shalari, bog‘-rog‘lari, madaniyat о‘choqlari kо‘rsatildi.

Kechada mehmon xalqning milliy qо‘shiqlaridan, shо‘x va serjilo raqslaridan kompozitsiyalar ijro etildi. “Ozabayjon qizlari” ansambli faol ishtirok etdi. Tadbirda kuylangan “Mexriban aylya”, “Oyna yarim, oyna”, “Chal-chal” singari betakror qо‘shiqlar о‘ziga xos ijrosini topdi. Tomoshabinlar davomiy olqishlar bilan tadbirga kо‘tarinki kayfiyat ulashishdi. Ozarbayjon xalqining milliy liboslari ishtirokida an’anaviy liboslar namoyishi ham bо‘lib о‘tdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli talabalari ijrosida ozarbayjon yozuvchisi Uzeir Xojibekovning dunyoga mashhur “Arshin mol-olan” asaridan parcha ijro etildi. Institut talabasi Mahmudali Guseynov ijrosida “Mening Ozarbayjonim” taronasi shо‘x yangradi.

О‘ylaymizki, nihoyatda gо‘zal va kо‘tarinki kayfiyatda о‘tgan mazkur tadbir ulkan maqsadlar yо‘lida imzolangan memorandumning amaliy tasdiqlaridan biri bо‘lib qoladi. Tilagimiz О‘zbekiston va Ozarbayjon xalqi о‘rtasidagi о‘zaro madaniy aloqalarning mustahkamligi va dо‘stlik munosabatlari bardavom bо‘lsin.
 
Dostonbek Rahmatullayev О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati kotibi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.